Tekshirishning tavsifi, muddati va hajmini belgilashda auditor quyidagilarni o’z e’tiboriga oladi:
- muhim noto’g’rilik ehtimolini;
- har qanday oldingi kelishuvlar bajarilishida olingan bilimlarni;
- istiqbolli moliyaviy ma’lumotni tayyorlash yuzasidan subyekt rahbariyatining kasbiy xabardorligini;
- subyekt rahbariyati mulorhazasining istiqbolli moliyaviy ma’lumotga ta’sir etish darajasini;
- eng muhim ko’rsatkichlarning etarliligi va ishonchliligini.
Moliyaviy hisobotni sharhlash bo’yicha kelishuvlar Moliyaviy hisobotni sharhlashdan maqsad, auditorga moliyaviy hisobot barcha muhim jabhalari bo’yicha belgilangan moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha kontseptual asosga muvofiq tayyorlanmagan deb hisoblashga asoslar taqdim etuvchi auditda talab qilinadigan barcha dalillarni taqdim etmagan qandaydir jabhalar, muolajalarni o’tkazish paytida auditorni e’tiborini jalb qilganligini ta’kidlash imkonini berish hisoblanadi (salbiy ishonchlilik).
Do'stlaringiz bilan baham: |