“Istiqbolli moliyaviy ma’lumot” deganda subyektning ehtimoliy harakatlari natijasida kelajakda sodir etilishi mumkin bo’lgan hodisalar yuzasidan taxminga asoslangan moliyaviy ma’lumot tushuniladi. Ushbu ma’lumot favqulotda noxolis tavsifga ega va uni tayyorlashda mulohazalar chiqarish uchun ko’p ish talab qilinadi. Istiqbolli moliyaviy ma’lumot bashorat qilish, istiqbolga baho berish yoki ularning birlik shaklida bo’lishi mumkin, masalan bir yilga bashorat qilish bilan besh yillik istiqbolga baho berish.
“Bashorat” deganda subyekt rahbariyati kutishi bo’yicha sodir etilishi mumkin bo’lgan hodisalar hamda ma’lumot tayyorlanishi sanasiga subyekt rahbariyatining taxmin qilingan harakatlari yuzasidan taxminlar asosida tayyorlangan istiqbolli moliyaviy ma’lumot tushuniladi (eng aniq taxminlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |