5-MAVZU: AUDITORLIK TEKSHIRUVINI REJALASHTIRISH
MAVZU BO‘YICHA TESTLAR
1. Agar xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobining u yoki bu usullarini mustaqil ishlab chiqadigan bo‘lsa u holda auditor nimalarga e’tibor berishi va nimalarni tekshirishi lozim.
A. Korxonada yuritilayotgan hisob siyosati “Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga” mos kelishini.
B. Statistika, moliya va soliq organlari talablariga mosligini.
C. Buxgalteriya hisobiga oid me’yoriy hujjatlarda belgilangan qoida va talablarga mos kelishini.
D. Javoblarning barchasi to‘g‘ri.
E. To‘g‘ri javob berilmagan.
2. Auditorlik tekshiruvini o‘kazish to‘g‘risida shartnomani bajarmaganligi yoki qoniqarsiz bajarganligi uchun buyurtmachi va bajaruvchi amaldagi qonunchilikka muvofiq qanday so‘mmada mulkiy javobgarlika tortiladi?
A. 5 minimaldan 10 minimalgacha.
B. Mazkur shartnoma so‘mmasidan ikki barobar miqdorida.
C. Yuqori tashkilot organlari xulosasiga binoan.
D. Mazkur shartnoma so‘mmasi doirasida.
E. To‘g‘ri javob berilmagan.
3. Auditorlik tekshiruvi obyektlari auditini rejalashtirish qaysi AFMS orqali tartibga solinadi?
A. 3-son AFMS.
B. 13-son AFMS.
C. 14-son AFMS.
D. 90-son AFMS.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
4. Auditni rejalashtirish jarayoni qachon boshlanadi?
A. Auditorlik tashkiloti bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘rtasida shartnoma tuzilgandan so‘ng boshlanadi.
B. Auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyektga pul to‘laganidan so‘ng boshlanadi.
C. Auditorlik tashkiloti bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘rtasida shartnoma tuzilgunga qadar boshlanadi.
D. Auditorlik tashkiloti bilan ekspert o‘rtasida shartnoma tuzilgunga qadar boshlanadi.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
5. 3-son AFMSga muvofiq auditni rejalashtirish necha bosqichga bo‘linadi?
A. 2.
B. 3.
C. 4.
D. 5.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
6. Rejalashtirishning qaysi tamoyili tekshiruvda ishtirok etadigan auditorlarga kelishilgan topshiriqlar belgilanishi va rejalashtirish bosqichlarining muddatlar hamda tarkibiy bo‘linmalar bo‘yicha bog‘liqligida ifodalanadi?
A. Mustaqillik.
B. Uzluksizlik.
C. Oshkoralik.
D. Konfidentsiallik.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
7. Auditorning umumiy rejasida qanday ko‘rsatkichlar aks ettiriladi?
A. Audit o‘tkazish muddati.
B. Amalga oshiriladigan ishlarning davomiyligi.
C. Auditor qo‘llaydigan usullar.
D. Bajariladigan ishlar hajmi.
E. Barcha javoblar to‘g‘ri.
8. Auditorlik tekshiruvini rejalashtirish qaysi jarayondan boshlanadi?
A. Moddiylik darajasini aniqlashdan.
B. Tekshiriladigan korxona faoliyatini batafsil o‘rganishdan.
C. Korxona hisob siyosatini o‘rganishdan.
D. Tavakkalchilik darajasini aniqlashdan.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
9. 3-son AFMSga binoan auditor qaysi hujjatda audit o‘tkazish muddatlari va audit o‘tkazish grafigini tuzishni, auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi tuzishni nazarda tutishi lozim?
A. Umumiy rejada.
B. Audit dasturida.
C. Auditning umumiy dasturida.
D. Shartnomada.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
10. Auditni rejalashtirish bosqichlari to‘g‘ri va tartib bilan ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
A. 1-auditning umumiy rejasini tayyorlash, 2- audit dasturini tayyorlash, 3-bevosita audit o‘tkazish.
B. 1-auditni dastlabki rejalashtirish, 2-audit dasturini tayyorlash va tuzish.
C. 1-audit maqsadini belgilash, 2-audit dasturini tuzish, 3-audit o‘tkazish.
D.1-auditni dastlabki rejalashtirish, 2-auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish, 3-audit dasturini tayyorlash va tuzish.
E. 1-auditni rejalashtirish, 2-audit dasturini tayyorlash va tuzish, 3-auditni o‘tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |