Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 7,06 Mb.
bet192/387
Sana06.09.2021
Hajmi7,06 Mb.
#166195
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   387
Bog'liq
Аудит УМК тўлиқ

T/r


Xo‘jalik

operatsiyasining

mazmuni

So‘mma,

so‘m


Hisobvaraqlar

korrespondensiyasi

Yozuvlarni

tasdiqlovchi

hujjatlar

Debet

kredit

1

Kompensatsiya to‘lash uchun bankdan kassaga pul mablag‘lari olindi



280 000

5010

5110

Chek, bank ko‘chirmasi, kirim kassa orderi, hisoblash qaydnomasi, limit-zabor kartalari

2

Me’yor doirasida kompensatsiya hisoblanishi va to‘lanishi aks ettirildi

220 220

9430

5010

Chiqim kassa orderi, to‘lov topshiriqnomasi, Qayta baholash qaydnomasi, schot fakturalar

3

Me’yordan yuqori kompensatsiya hisoblandi va to‘landi


50 780

9430

6710


6710

5010


Buxgalteriya hisob-kitobi, inventar kartochkalar, moliyaviy hisobot shakllari

Talab qilinadi:

1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?

2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?

3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalarni to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshiring va auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
Masala. Korxona jismoniy shaxsdan xususiylashtirilgan kvartirani sotib oldi va uni nomoddiy aktiv sifatida 0490 «Nomoddiy aktivlar» schotiga o‘tkazildi. Notarial idorasiga sotish va sotib olish shartnomasini rasmiylashtirish uchun uning xizmatiga 52100 so‘m naqd pul to‘landi. Xaridor bilan hisob-kitob muomalalari korxonaning hisob-kitob schotidan xaridorning omonat kassasidagi shaxsiy schotiga 11000000 so‘m o‘tkazib berildi? Bu muomala uchun omonat bankining xizmatiga 78000 so‘m to‘lab berdi.

Notarial idorasiga va omonat bankining xizmati uchun to‘langan 130100 so‘m chet tashkilotlar xizmati xarajatlariga hisobdan chiqarilgan. Buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv qilingan:



  1. Notarial idorasining xizmatiga:

Debet 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schoti - 52100 so‘m;

Kredit 5010 “Kassa”schoti - 52100 so‘m;.



  1. Sotib olish qiymatiga;

Debet 0490-“Boshqa nomoddiy aktivlar” schoti - 11000000 so‘m

Kredit 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti - 11000000 so‘m .

3. Bank xizmati uchun:

Debet 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schoti - 78000 so‘m.;

Kredit 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti - 78000 so‘m.

Talab qilinadi:

1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;

2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?

3. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.
Masala. Korxona dasturiy ta’minotni QQS bilan birgalikda 246000 so‘mga sotib oldi. Maslahat uchun firma tomonidan QQS bilan birgalikda 36000 so‘m to‘langan. Korxona buxgalteriya hisobida quyidagicha buxgalteriya yozuvlari qilingan.

1.Dasturiy ta’minotga to‘lov qilindi:



Debet 6010 -“Mol yyetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti- 240000 so‘m;

Kredit 5110 -“Hisob-kitob schoti” schoti - 240000 so‘m.



2.Dasturiy ta’minot sotib olindi:

Debet 0830 -“Nomoddiy aktivlarni sotib olish” schoti- 200000 so‘m.;

Kredit 6010 -“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti - 200000 so‘m.

3. Maslahat xizmati so‘mmasiga:

Debet 9420 -“Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari” schoti schoti -30000 so‘m;

Kredit 6010 -“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti -30000 so‘m.

4. Dasturiy ta’minoti kirimga olindi - 200000 so‘m:

Debet 0430 -“Dasturiy mahsulot” schoti- 200000 so‘m;

Kredit 0830 -“Nomoddiy aktivlarni sotib olish” schoti .

5.Maslahat xizmati uchun to‘lov amalga oshirildi.

Debet 6010 -“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti- 36000 so‘m;

Kredit 5110 -“Hisob-kitob schoti” schoti - 36000 so‘m.

Talab qilinadi:

1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;

2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?

3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?

4. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.



Masala. Tashkilot tovar belgisi ishlab chiqadi. Reklama agentligiga tovar belgisi ishlab chiqish yuzasidan firma xarajatlari 100000 so‘m, shu jumladan, QQS-20000 so‘m. Tovar belgisini ro‘yxatga olish xarajatlari 18000 so‘m. Hisob registrlarida quyidagiga buxgalteriya yozuvlari qilingan.

Debet 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti;

Kredit 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti – 120000 so‘m

Debet 0830-“Nomoddiy aktivlarni sotib olish” schoti;

Kredit 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti - 100000 so‘m

Debet 6410-“ Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar (turlari bo‘yicha)”schoti - 20000 so‘m;

Kredit 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti - 20000 so‘m.

Debet 6990-“Boshqa majburiyatlar” schoti - 18000 so‘m;

Kredit 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti - 18000 so‘m.

Debet 9420-“Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari” schoti - 18000 so‘m;

Kredit 6990-“Boshqa majburiyatlar” schoti - 18000 so‘m.



Debet 0410-“Patentlar, litsenziyalar va nou-xau” schoti - 100000 so‘m;

Kredit 0830-“Nomoddiy aktivlarni sotib olish” schoti - 100000 so‘m.

Debet 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti- 20000 so‘m;

Kredit 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti - 20000 so‘m.

Talab qilinadi:

1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;

2. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.

3. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.


Masala. Korxona tovar belgisidan foydalanish huquqini 5-yilga 100000 so‘mga QQS so‘mmasi 20000 so‘mga sotib oldi. Buxgalteriya hisobida berilgan xo‘jalik muomalalari quyidagicha aks etdi:

Debet 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti-120000 so‘m;

Kredit 110-“Hisob-kitob schoti” schoti -120000 so‘m.

Debet 0420-“Savdo markalari, mahsulot belgilari va sanoat namunalari” schoti -120000 so‘m;

Kredit 6010 - “Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti -120000 so‘m.

Talab qilinadi:

1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;

2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?

3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?

4. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.


Masala. “Coca-cola”firmasida 2006 - yili 1-dekabrda 10 000$ qiymatli shartnoma imzolandi “Pepsi” firmasi yaxna ichimliklar savdosi bilan Pepsi firmasi 10- dekabrda 10000$ so‘mmani “Coca-cola” firmasiga to‘lab bergan. Ammo Coca-cola ichimliklari 2007- yilda yetkazib berilishi kelishilgan Coca-cola firmasi bosh buxgalteri 10000$ so‘mmasini 9010 schotiga kirim qilgan 2006-yilda firmaning soliqqa tortilguncha foydasi 300 000$ coliq stavkasi 20% tashkil etadi.

Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.

Masala. “Dilnoza” korxonasi o‘z nomoddiy aktivini boshqa tashkilotga sotdi. Nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati-700000, amortizatsiya 350000, shartnoma qiymati (QQS bilan) 950000. nomoddiy aktivdan voz kechish shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun boj 100000 so‘m.

QQS ni hisoblash:



[950000-(700000-350000)]*20%/120=100000 so‘m;

Moliyaviy natija:



950000-100000-350000-100000=400000 so‘m;

Yuqoridagi muomalalarga buxgalter tomonidan quyidagi provodkalar berilgan.



1) Debet 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar” schoti;-950000 so‘m;

Kredit 9220-“Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schoti - 950000 so‘m;

2) Debet 9220-“Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schoti; -100000 so‘m;

Kredit 6990-“Boshqa majburiyatlar” schoti, -100000 so‘m;

3) Debet 6990-“Boshqa majburiyatlar” schoti; -100000 so‘m;

Kredit 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti, - 100000 so‘m.

4) Debet 9220-“Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schoti; -100000 so‘m;

Kredit 9320-“Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda” schoti, -400000 so‘m;

5) Debet 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti, -950000 so‘m;

Kredit 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar” schoti;- 950000 so‘m.

Talab qilinadi:

1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?

2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?

3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.

4. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.


Masala. Ishlab chiqarish korxonasi boshqa korxonani 100 mln so‘mga sotib oldi. Sotib olinayotgan korxonaning balans ma’lumotlariga ko‘ra, uning aktivlari qiymati 80 mln majburiyatlar so‘mmasi 15 mln so‘mga teng. Hosil bo‘lgan gudvill so‘mmasi 20 mln korxona hisob siyosatiga ko‘ra gudvillning foydali xizmat muddati 10 yil, deb belgilangan.

Debet 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schoti; - 83333 so‘m;

Kredit 0480-“Gudvill” schoti - 83333 so‘m.

Talab qilinadi:

1.Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.

2.Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?


Masala. “Feruza” XF balansida nomoddiy aktiv mavjud bo‘lib, uning boshlang‘ich qiymati - 1000 ming, amortizatsiya – 200 ming so‘mni tashkil qiladi. Inventarizatsiya natijasida ushbu nomoddiy aktivdan kelgusida foydalanish maqsadga muvofig emas. Ushbu muomalalarga buxgalter quyidagicha yozuv berilgan.

Debet 9220-“Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schoti; - 1200000;



Kredit 0470-“ Mualliflik huquqi” schoti- 1200000;

Debet 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” schoti;– 800000;

Kredit 9220-“Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schoti, – 800000.

Talab qilinadi:



1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?

2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?

3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
Masala. “Sharq” XF mualliflik sharti bo‘yicha 1 mln. so‘m to‘lab, “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” kitobini 5 yil davomida 400 ming nusxada nashr qilish huquqini sotib oldi. Hisob siyosatida amortizatsiya hisoblash usuli to‘g‘ri chiziqli usul, deb tanlangan. Yil davomida hisoblangan amortizatsiya so‘mmasiga berilgan provodka

Debet 2010 - “Asosiy ishlab chiqarish” schoti - 400000 so‘m;

Kredit 0500-“Nomoddiy aktivlar eskirishi” - 400000 so‘m.

Talab qilinadi:



  1. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?

Masala. Korxona qimmatli qog‘ozlar sotib olish maqsadida uch oyga yillik stavkasi 55% bo‘lgan miqdorda 300000 so‘m kredit oldi. Remoliyalashtirish stavkasi 60%. To‘lanishi shart bo‘lgan kreditdan foydalanish foiz so‘mmasi quyidagicha hisoblangan.

300000 55% / 12x3=41250;

Qimmatli qog‘ozlar 300000 so‘mga sotib olingan buxgalteriyada quyidagicha provodkalar berilgan:



Olingan kredit so‘mmasiga:

Debet 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti-300000 so‘m;



Kredit 6810-“Qisqa muddatli kreditlar” schoti - 300000 so‘m,

Kirimga olingan aksiyalarga to‘langan so‘mmaga:

Debet 0610 - “Qimmatli qog‘ozlar”schoti-300000 so‘m;

Kredit 5110 -“Hisob-kitob schoti” schoti-300000 so‘m.



Hisobga olingan kredit foizi so‘mmasiga:

Debet 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” schoti-41250 so‘m;

Kredit 6810-“Qisqa muddatli kreditlar” schoti 41250 so‘m,

To‘langan kredit foizi so‘mmasiga:

Debet 6810-“Qisqa muddatli kreditlar” schoti- 41250 so‘m;

Kredit 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti-41250 so‘m.

Talab qilinadi:

1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;

2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?

3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshiring va holatga baho bering.



Masala. Kompaniya boshqa kompaniyaga tegishli obligatsiyalarni 10000000 so‘mga sotib oldi. Ularning nominal qiymati 8500000 so‘m Obligatsiyalar bo‘yicha yillik 20 % daromad har 6 oyda to‘lab berilishiga kelishilgan.Obligatsiyani sotib olish va nominal qiymati o‘rtasidagi farq 10000000-8500000--1500000 so‘m muomala davri - 5 yil.

Obligatsiyani sotib olish qiymatiga:



Debet-0610 “Qimmatli qog‘ozlar” schoti-10000000 so‘m;

Kredit-5110 “Hisob-kitob schoti” schoti-10000000 so‘m;

Yarim yildan so‘ng obligatsiyaning yillik stavkasining yarmi miqdorida daromad olingan (8500000*10%) 850000 so‘m:

Debet-4010-“olingan dividend” schoti-850000 so‘m;

Kredit 4610-“Dividend ko‘rinishidagi daromad” schoti- 850000 so‘m

Bir vaqtning o‘zida obligatsiyani sotib olish va nominal qiymati urtasidagi farq amortizatsiyalandi, (1500000*10%)-150000 so‘m:

Debet-9430-”Foiz ko‘rinishidagi xarajat” schoti-150000 so‘m;

Kredit-0610-“Qimmatli qog‘ozlar” schoti-150000 so‘m.

Talab qilinadi:

1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?

2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?

3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?

4. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.


Masala. Tekshirilayotgan korxona tomonidan muassis yuridik shaxsga 2 800 ming so‘m dividend hisoblab yozilgan. U tayyor mahsulot (qurilish materiallari) bilan to‘langan. 2520 ming so‘mlik mahsulot berilgan, uning tannarxi - 2000 ming so‘m. To‘lov manbayida korxona ushlab qoladigan soliq so‘mmasi 280 ming so‘mni (2800 x 10%) tashkil etgan. Korxona umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchi korxona hisoblanadi. Hisobda dividendlarni mahsulot bilan to‘lash quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:




Download 7,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish