Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,99 Mb.
bet78/295
Sana07.02.2023
Hajmi6,99 Mb.
#908589
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   295
Bog'liq
Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua

Bosh ijrochi direktor tasdiqnomasi
Men, Endro Guld, quyidagilarni tasdiqlayman:

  1. Men Shlumberger Limibedolon 10-k shakl bo’yicha ushbu yillik hisobotini ko’rib chiqdim;

  2. Mening fikrimcha, bu hisobotda jiddiy faktlar haqida yolg’on yozuvlar yo’q va ushbu hisobot o’zi qamrab olgan davr uchun foydalanuvchilarni chalg’itmaydi.

  3. O’z bilimlarimga tayanib shuni aytishim mumkinki, ushbu moliyaviy hisobotlar va undan boshqa moliyaviy axborotlar barcha tomondan korxona moliyaviy holatini, operatsiyalar natijalarini va o’tgan yil holati va ushbu hisobotda ko’rsatilgan davr uchun pul oqimlari haqidagi haqqoniy ma’lumotlarni o’zida aks ettiradi;

  4. Tashkilot auditorlari va direktorlar kengashining audit bo’yicha qo’mitasi (yoki vazifa jihatdan shunga teng funktsiyani bajaruvchi shaxslar) bizning ichki nazoratga bergan baholarimizni va moliyaviy hisobot tuzish jarayonida ko’zga tashlangan kamchiliklar haqidagi ma’lumotlarni oldilar;

  5. (A) ichki nazoratdagi moliyaviy hisobotlarni tuzish jarayonida aniqlangan, ehtimoli ko’zda tutilgan, korxonaning moliyaviy axborotlariga ishlov berish, umumlashtirish va ochib berish jarayonlariga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo’lgan ichki nazoratdagi hamma muhim kamchiliklar va ichki nazoratning zaif joylari.

  6. (B) boshqaruvdagi va moliyaviy hisobotlarni tuzish jarayonida asosiy ahamiyatga ega bo’lgan xodimlar bilan bog’liq har qanday firibgarliklar.

Sanasi: 3 mart 2004 y Endro Guld ------------- imzo
Endro Guld
Rais va bosh ijrochi direktor

4. Auditorlik hisobot(xulosasi)ining elementlari


XAS-700 “Moliyaviy hisobotlar bo’yicha auditorlik xulosalari”da shunday deyiladi: “Auditor moliyaviy hisobotlar haqidagi fikrlarini bildirish uchun asos sifatida olingan auditorlik dallillarni tahlil qilishi va xulosalarni baholashi lozim”. Auditorlik xulosasi umumiy moliyaviy hisobotlar haqida aniq bildirilgan yozma fikrni ifodalashi kerak.
Auditorlik xulosalari ushbu bo’limda batafsilroq muhokama qilinadigan quyidagi asosiy elementlarni o’z ichiga olishi kerak:

  • nomi;

  • oluvchi;

  • kirish qismi;

- Moliyaviy hisobotlarni aniqlash;
- Sub’ekt rahbariyati va auditorning javobgarliklari haqida bayonnoma;
- qayd etish qismi (audit tabiatini ta’riflash)
-AXSga yoki amaliyotga havola;
-Auditor tomonidan qilingan ishni ta’riflash;

Nomi
Auditorlik hisoboti (xulosasi) mazkur hisobot (xulosa) mustaqil auditorning hisoboti (xulosasi) hisoblanishini aniq ko’rsatadigan nomga ega bo’lishi lozim.
Adresat (oluvchi)
Auditorlik hisoboti (xulosasi) kelishuv shartlariga muvofiq tegishli adresat ko’rsatilgan holda tuzilishi lozim. Xulosa qoidaga ko’ra kompaniyaning yoki aktsionerlarning yoxud kuzatuv kengashiga yo direktorlar kengashiga yuboriladi. Nederlandiyaga o’xshash ayrim mamlakatlarda auditorlik hisobotlari umuman ko’rib chiqilmaydi, chunki hisobotlar (anonim holda) butunlay jamoatchilikka mo’ljallangan.
Kirish paragrafi
Auditorlik hisoboti (xulosasi)ning kirish paragrafida:
(a) Audit qaysi tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy hisobotlari bo’yicha o’tkazilganligini qayd etish;
(b) Mazkur moliyaviy hisobotlar bo’yicha audit o’tkazilganini qayd etish;
(v) Moliyaviy hisobotlar tarkibiga kiruvchi har bir hisobot nomini qayd etish;
(g) Hisob siyosati asosiy qoidalarining qisqacha tavsifiga va boshqa sharhlovchi izohlarga havola etish; va
(d) Moliyaviy hisobotlarni hosil qiluvchi har bir moliyaviy hisobotda aks ettirilgan sana yoki davr aniq ko’rsatilishi lozim.
(e)Tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgarligi
Masalan, “Biz AVS kompaniyasining 31dekabr 2013 yil holatiga ilova qilingan buxgalteriya balansi, shuningdek, tugayotgan yil uchun daromadlar va pul mablag’lari harakati haqidagi tegishli hisobotlar auditini o’tkazdik. Ushbu moliyaviy hisobotlar bo’yicha javobgarlik Kompaniya rahbariyati zimmasida. Bizning majburiyatlarimiz, o’tkazilgan auditimiz asosida ushbu moliyaviy hisobot ishonchliligi haqida o’z fikrlarimizni bildirish hisoblanadi”.
Shuningdek, xulosada tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgarligi ham aks etadi. Auditorlik hisoboti (xulosasi)ning mazkur qismida tadbirkorlik sub’ektida moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgar bo’lgan shaxslarning majburiyatlari tavsiflanadi. Auditorlik hisoboti (xulosasi)da faqat “tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati”ga havola etish kerak emas, muayyan yurisdiktsiyaning me’yoriy-huquqiy bazasi kontekstiga mos keladigan atama ishlatilishi lozim. Ayrim yurisdiktsiyalarda tegishli havola boshqaruv yuklatilgan shaxslarga qaratilishi mumkin. Auditorlik hisoboti (xulosasi) “Tadbirkorlik sub’ekti [yoki boshqa mos keladigan atama] rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgarligi” degan sarlavhali qismni o’z ichiga olishi lozim.
Auditorlik hisoboti (xulosasi)da tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgarligi tavsiflanishi lozim. Tavsif tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobotlar taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosiga muvofiq tayyorlash va tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati firibgarlik yoki xato tufayli yuzaga kelgan muhim buzib ko’rsatishlar mavjud bo’lmagan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun zarur deb hisoblagan ichki nazorat tizimini ta’minlash uchun javobgar bo’lishi to’g’risida tushuntirishni o’z ichiga olishi lozim.
Agar moliyaviy hisobotlar haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq tayyorlangan bo’lsa, auditorlik hisoboti (xulosasi)da tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgarligi tavsifi, vaziyatga qarab, “mazkur moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va haqqoniy taqdim etish” yoki “to’g’ri va haqqoniy tasavvur beradigan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash”ga havola etishi lozim.
Auditorning javobgarligi. Auditorlik hisoboti (xulosasi) “Auditorning javobgarligi” degan sarlavhali qismni ham o’z ichiga olishi lozim. Auditorlik hisoboti (xulosasi)da auditorning javobgarligi u moliyaviy hisobotlar bo’yicha o’zi o’tkazgan audit asosida o’z fikrini bildirishidan iborat ekanligi ko’rsatib o’tilishi lozim.
Qayd etish qismi. Auditining ushbu holatda zarur deb hisoblanuvchi auditorlik protseduralarini bajarish qobilyatiga taalluqli. Qayd etish xatboshisi o’zida auditor tekshiruv davomida qilgan ishlarni haqiqiy tasdig’ini ko’rsatadi. Bu o’quvchiga audit o’rnatilgan standartlar yoki bunday majburiyatlar uchun amaliyotlarga mos o’tkazilganligiga ishonch tug’diradi.
Qayd etish xatboshisi, audit moliyaviy hisobotlarda jiddiy xatoliklar yo’qligiga etarlicha ishonch hosil qilish uchun o’tkazilgani va o’tkazilgan audit o’z fikrini bildirishi uchun etarlicha asos berishini isbotlash uchun rejalashtirilgan va o’tkazilganligi haqidagi bayonnomani o’z ichiga olishi zarur. Bunday iboralardan yoki shunga o’xshash rasmiyatchiliklardan foydalanish audit ishonchliligining yuqori darajasini ta’minlashini bildiradi, lekin bu kafolat hisoblanmaydi.
Hisobotda auditda mamlakatda o’rnatilga auditning xalqaro standartlariga (MSA) suyangan holda o’tkazilganligi borasida foydalanilgan standartlar ko’rsatilishi kerak. Masalan, agar kompaniya AQSh fond birjalarida savdo qilsa, audit bo’yicha auditning umum qabul qilingan standartlari, AQShda umum qabul qilingan standartlar yoki AICPA o’rnatilgan standartlarga nisbatan havolalar bo’lishini talab qiladi.
Fikrning mazmuni aks etgan xatboshi. Auditorlik hisoboti (xulosasi) “Fikr” degan sarlavhali qism bo’lib, unda haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlar bo’yicha modifikatsiyalanmagan fikr bildirishda auditorning fikrida (agar qonunchilik yoki me’yoriy hujjatlarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa) teng (ekvivalent) deb baholanadigan quyidagi iboralardan biri qo’llanilishi lozim:
(a) Moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda, ... [moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan asos]ga muvofiq haqqoniy taqdim etadi; yoki
(b) Moliyaviy hisobotlar ... [moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan asos]ga muvofiq to’g’ri va haqqoniy tasavvur beradi. Muvofiqlik asosi talablariga binoan tayyorlangan moliyaviy hisobotlar bo’yicha modifikatsiyalanmagan fikr bildirishda auditorning fikrida moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda [moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan asos]ga muvofiq tayyorlangani ko’rsatilishi lozim.
Xulosa sanasi. Xulosaga sana qo’yilishi lozim. Auditor xulosaga audit tugagan kun sanasini qo’yishi kerak (qoidaga ko’ra, topshiriqning oxirgi kuni). Bu o’quvchilarga hodisalarni moliyaviy hisobotga ta’sirlarini ko’rib chiqishdava hodisalar yoki bitimlar natijasi bo’yicha auditorga bu sanagacha nimalar ro’y berganligi haqida axborot beradi. Auditorlik xulosalari rahbariyat tomonidan tayyorlangan va taqdim etilgan moliyaviy hisobotni tekshirish natijasi hisoblanadi, auditor xulosasiga rahbariyat tomonidan moliyaviy hisobot imzolangan yoki tasdiqlangan sanadan avvalgi sanani qo’yishi kerak emas.
Auditorning manzili
Hisobotda auditorning ofisi joylashgan va u mijozlarga xizmat ko’rsatadigan aniq joy, shahar aytilishi kerak. Auditning umum qabul qilingan standartlari ham auditor auditorlik xulosasi berilgan shahar yoki shtatni (auditor AQShdan tashqarida bo’lsa, shahar va mamlakatni) qo’shishni talab qiladi. Eslatma: ayrim mamlakatlarda tekshiruv haqidagi hisobotda auditorning aniq manzili ko’rsatish shart emas.
Imzo
Hisobot auditorlik firmasi nomidan yoki auditorning shaxsan nomidan yoki vaziyatga ko’ra, ikkalasining nomidan imzolanishi lozim. Auditor hisoboti, odatda, firma nomidan imzolanadi, chunki firma audit uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Eslatma: Ayrim mamlakatlarda (masalan AQSh, Buyuk Britaniya, Nederlandiya) hozirda auditorlarning shaxsiy imzosi talab qilinmaydi. Ularni havola sifatida qo’shib qo’yilishi etarli.


6. Auditorlik xulosasining turlari: modifikatsiyalanmagan xulosa


Avvalo modifikatsiyalanmagan auditorlik xulosasiga misol ko’raylik:

Download 6,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish