173
izoxlanganicha yo`q, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun
iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko`pgina ta’riflari mavjud.
Respublikamizning pedagogik olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan xamda
O’zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va
ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo’llashga intilmoqdalar. Bu borada nima uchun bugungi kunda
pedagogik texnologiyalarning milliy nazariy asosini yaratish va amaliyotga tadbiq etish zaruriyati
tug’ildi, degan savol paydo bo’lishi mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda ta’lim soxasida ulkan o’zgarishlar sodir bo`layotgan bir davrda
ta’lim tuzilishida innovatsion jarayonlar fan oldiga yuqori malakali, mustaqil, ijodiy va tankidiy
fikrlovchi shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish, xayotga tayyorlash masalalarini ko’ndalang
qo`ymoqda. SHunday muammolarni yechishda ta’lim tizimiga pedagogik texnologiyaning kirib
kelishi ta’lim tizimi va jamiyat oldida turgan muxim masalalarni yechishga imkon yaratadi.
O’qitish jarayonining yangilanishi va rivojlanishi faqatgina bilim berish sifatini bildirib qolmay,
balki bilim berishni tashkil etishning ilmiy darajasida, uning uslub va qoidalarida xam aks etadi.
SHu ma’noda, muammoli ta’lim texnologiyasidan yosh fiziologiyasi va gigena, valeologiya
asoslari, sport tibbiyoti va shunga o’xshash turli fanlar darslarni o’tishda foydalanish ijobiy
natijalarni kafolatlab beradi. Ma’lumki, bu ta’lim turidan aniqrog’i uning ayrim elementlaridan
qadimdan pedagoglarimiz foydalanib kelishgan. Biroq, ma’lum fan darajasida foydalanish, uning
natijalarini, kamchilik va yutuqlarini aniqlash dolzarb masalalardan bo’lib qolmoqda. SHu nuqtai
nazardan fiziologiyaga oid darslarini o’qitishda muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanishda
quyidagilarni e’tiborga olish lozim deb o’ylaymiz.
1. Har bir dars aniq maqsadga yo’naltirilishi va puxta rejalashtirilishi lozim.
2. Fanlararo aloqalarga, o’tilgan mavzularga mantiqiy bog’langan muammoli savol, vaziyatlar
tanlanishi lozim.
3. Muammola savollar, vaziyatlar o’kitish usullariga muvofiq kelishi lozim.
4. O’quvchilar faolligini oshirish maqsadida muammoli rasmlar, she’rlar, muammoli ko’rinish va
vaziyatlarni fan doirasi va maqsadidan chetlamagan xolda qo’llash kerak.
5. Mavzuning mazmunidan kelib chiqqan xolda tabiat, jamiyat, inson tafakkuri, taraqqiyoti
xaqidagi ilmiy bilimlarga ega bo’lishi maqsadga muvofiq.
Muammoli ta’lim texnologiyasidan fiziologiyaga oid darslarini o’qitishda
qo’llashning ijobiy
jixatlariga to’xtalsak.
1. O’qituvchi va o’quvchi orasidagi to’siq yo’qolib, o’quvchida mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash
malakasi shakllanadi.
2. O’quvchi o’z ustida mustaqil ishlashga, muammolarni mustaqil xal qilish va ichki xoxish bilan
o’zi bilgani xolda fiziologiya fanining sir-sinoatini ochib berishga odatlanadi.
3. Darslikdan tashqari qo’shimcha adabiyotlar bilan tanishadi, o’z fikrini bayon qilishga o’rganadi
va o’zgalar fikrini xam xurmat qilishga o’rganadi. Ichki madaniyatga ega bo’lib boradi.
4. Fanga nisbatan qiziqishi ortadi. Har bir narsani xam ijobiy, xam salbiy nuqtai nazardan
baxolashga odatlanadi. Bu yerda o’qituvchi kuzatuvchi, o’quvchining o’ziga bildirmagan xolda
boshqaruvchi vazifasini o’taydi. SHuni ta’kidlash lozimki, o’qituvchi muammoli ta’lim
texnologiyasidan yosh fiziologiyasi va gigena, valeologiya asoslari, sport tibbiyoti darslarini
o’tishda foydalanar ekan metodik bazaga (muammoli savollar, vaziyatlar, testlar, rasmlar) ega
bo’lib boradi va keyinchalik muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish uning uchun
qiyinchilik tug’dirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: