38
tarbiya berish tizimi islohatlar talablari bilan chambarchas bog`langan bo’lishi muhim ahamiyat
kasb etadi. Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, davlat talablari
asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan
dolzarb masalalardan biridir.
Talabaning bunday yuksak kamoli uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonining
tashkil qilinishiga, boshqarilishiga bog`liq bo`ladi. Har tomonlama rivojlangan shaxsning tarkib
topishi uchun avvalo u ham ma’nan ham jismonan sog`lom bo’lishi, yuqori saviyadagi, sifatli
ta’lim-tarbiya olgan bo`lishi kerak.
“Odam skeleti va suyaklarning tuzilishini o’rganish” mavzusida dars o`tishning yangi
zamonaviy metodikasini yaratish, talabaning ma’lum bir faoliyatga bo`lgan qiziqishini orttirish,
muloqot madaniyatini rivojlantirish, talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishning yangi
usullarini ishlab chiqish hisoblanadi.
Hamkorlikda o`qitishning asosiy g`oyasi o`quv topshiriqlarni nafaqat birgalikda bajarish,
balki hamkorlikda o`qishni o`rganishdir.
Hamkorlikda o`qitish har bir talabani kundalik qizg`in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil
fikr yuritishga o`rgatish, shaxs sifatida ongli mustaqillikni tarbiyalash, har bir talabada shaxsiy
qadr-qimmat tuyg`usini vujudga keltirish, o`z kuchi va qobiliyatiga bo`lgan ishonchni
mustahkamlash, tahsil olishda ma`suliyat hissini shakllantirishni ko`zda tutadi.
Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi har bir talabaning tahsil olishdagi muvaffaqiyati guruh
muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga,
o`quv topshiriqlarini sifatli bajarishga, o`quv materialini puxta o`zlashtirishiga, o`rtoqlariga
hamkor bo`lib, o`zaro yordam uyushtirilishiga zamin tayyorlaydi.
Odam skeleti va suyaklarning tuzilishini o’rganishda BBB, tezkor savol-javoblar, klaster
metodlaridan foydalanish mumkin.
Odam skeleti va suyaklarning tuzilishini o’rganishda BBB metodidan foydalanib mavzu
bo’yicha nimalarni bilish, nimalarni bilishni hohlashi va mavzu bo’yicha nimalarni bilib
olganligini bilib olish mumkin. Talabalarga mavzu bo’yisha nimalarni bilishini va nimalarni
bilishni hohlashini jadvalga yozishni taklif etiladilar. Va talabalar jadvalning birinchi va ikkinchi
ustunlarini to’ldiriladilar.
Klaster metodi yordamida talabalarga odam skeleti va suyaklarning tuzilishini o’rganish
xususida erkin, ochiq oylash va shaxsiy fikrlarini bemalol bayon etish ushun sharoit yaratishga
yordam beradi. Mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar to’g’risida fikrlash
imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi.
Talabalarning mavzu bo’yicha tushunchalarini bilish maqsadida va ularning mavzuni
qanchalik darajada tushunganligini va o’zlashtirganligini bilish maqsadida mavzu bo’yicha tezkor
savol-javoblardan ham foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: