Ats1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va dolzarbligi. Kommutatsiyalash uskunalarining rivojlanishi Reja



Download 5,61 Mb.
bet63/105
Sana12.02.2022
Hajmi5,61 Mb.
#444897
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105
Bog'liq
FULL LECTURE KAKT

Kirishni nazorat qilish

Kirishni nazorat qilish

2-sath (MAS bo‘yicha) va 3-sath (IP bo‘yicha)

MAS ro‘yxati bo‘yicha kirish. MAS adresni o‘zgartirish mumkin

Paketlarni tanish

Har bir CPE qurilmasi faqat o‘ziga mo‘ljallangan ma’lumotlarni qabul qiladi

Ma’lumotlar barcha CPE lar uchun ochiqdir

Ushbu texnologiya katta qiziqish uyg‘otadi, chunki elektr tarmoqlari barcha zamonaviy shaharlarda mavjud. Zamonaviy inson hayotini elektr tokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, shuning uchun elektr kabel tizimi barcha uy-joylarda mavjud. PLC texnologiyasi bu holatda NGN kirish tizimini potensial ravishda odamlar yashaydigan barcha joylarga kirib borish imkonini beradi.


Shu bilan birga elektr kabellari orqali ma’lumotlarni uzatish boshida ekzotik usul sifatida qabul qilindi – muvofiq texnik echimlarni rivojlantirish yo‘lida haddan tashqari ko‘p texnik muammolar. PLC texnologiyasi etarli darajada murakkab, uning taqdiri o‘zgaruvchandir. Uni bir necha marta uy axborot tarmoqlarini rivojlantirishda markaziy o‘ringa qo‘yishdi. Keyin u esdan chiqarildi. PLC ning rivojlanishi – bu tadqiqot g‘alabalari va strategik bozor mag‘lubiyatlarining ketma-ketligidir.
PLC texnologiyasi kirish tizimlari bozoriga faqat 21-asr boshlarida yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan raqamli signal protsessorlarining paydo bo‘lishi va OFDM-modulyatsiya (Orthogonal Frequency Division Multiplexing) kabi modulyatsiya usullaridan foydalanish bilan paydo bo‘ldi va NGN birinchi o‘n yillikda rivojlanishi bilan ushbu texnologiya keng polosali kirish tarmoqlarining juda istiqbolli rivojlanish yo‘li sifatida ko‘rilmoqda.
Bir necha yil odin kompyuter sanoati liderlari HomePlug Alliance deb nomlangan hamkorlik tashkilotiga asos soldilar. A’zo kompaniyalar birgalikda ilmiy-tadqiqot va amaliy-sinov ishlarini o‘tkazish, shuningdek, elektr tarmog‘i tizimlari orqali ma’lumotlarni uzatishning yagona standartlarini qabul qilish bilan shug‘ullanadilar. Intellon firmasining PowerPacket texnologiyasi PowerLine ning prototipi bo‘lib, u HomePlug 1.0 yagona standartining asosiga qo‘yilgan. Unda ma’lumotlar uzatish tezligi 14 Mbit/s gacha belgilangan bo‘lib, PLC asosidagi tizimlarni TriplePlay konsepsiyasining dominantligida ham butunlay raqobatbardosh qiladi. 2003-yildan PLC texnologiyasining rivojlanishi NGN keng polosali kirish tarmoqlarini yaratish yo‘nalishida bordi. Yangi texnologiya BPL (Broadband over Power Line) nomini olib, Amerika va Evropa bozorlarida birinchi sinovlardan o‘tdi. BPL foydalanuvchilari ma’lumotlarni uzatishning yuqori tezligini ta’kidladilar – 3 Mbit/s dan ortiq, bunda oylik abonent to‘lovi mavjud keng polosali echimlarga nisbatan kam bo‘ldi. Kun tartibida elektr ta’minotini etkazib beruvchilar va kommunikatsion kompaniyalar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish masalalari ochiq qoldi. IEEE da BPL uchun standart ishlab chiqilmoqda – IEEE 1675, uning 2008-yilda qabul qilinishi kutilmoqda.
PLC tizimlarining ishlash prinsipi asosida ADSL va CATV texnologiyalari orqali tanish bo‘lgan signallarni chastota bo‘yicha ajratish va shohlantirgichlardan foydalanish yotadi (5.16-rasm). Yuqori tezlikdagi ma’lumotlar oqimi bir necha past tezlikdagi oqimlarga ajratiladi va ulardan har biri alohida chastota bilan uzatiladi, so‘ngra barcha oqimlar bitta signalga birlashtiriladi. 4...21 MGs diapazonda 84 ta tashuvchi chastotalardan foydalanish simlar orqali oddiy elektr energiyasini uzatishga ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki elektr tokining 50 Gs chastotasi va ma’lumotlarni uzatish chastotasi o‘rtasida katta farq bor. Shu tarzda, oddiy elektr tarmog‘i bir vaqtda elektr ta’minotini ham, ma’lumotlarni ham bitta zanjir (liniya) orqali uzata oladi. Kam quvvatli abonent elektr tok tarmoqlari (9.16-rasmda – LV tarmoqlari) yoki o‘rta quvvatli taqsimlagich tarmoqlar (9.16-rasmda MV tarmoqlari) bilan ishlaydigan PLC qurilmalari mavjud. Shoxlantirgichlar va birinchi turdagi qurilmalar abonentlar xonadonlarida, ikkinchi tur qurilmalari esa – taqsimlagich tarmoqlarning tugunlari (transformator butkalari, elektr uzatish stolbalari va h.k.) da o‘rnatilib, u erda ma’lumotlarni uzatish signali regeneratsiya qilinadi.



9.16-rasm.PLC texnologiyasi asosid NGN kirish tarmog‘ining strukturasi


PLC texnologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan eng murakkab texnik echimlar – elektromagnit moslashuv, elektr xavfsizligi va yuqori chastotali signallarning elektr tarmoqlarida yuqori darajali so‘nishi bo‘ldi. Zamonaviy PLC texnologiyasi (va asosan BPL) yuqorida keltirilgan muammolarni har qilish imkonini beradi, shuning uchun eng yaqin vaqt ichida PLC texnologiyasining keng tarqalishini kutish mumkin va hozir hech kim ushbu texnologiyaga ekzotika sifatida qaramaydi.


PLC texnologiyasining so‘zsiz afzalligi potensial foydalanuvchilarni 100% qaram olishidir. Hech qanday boshqa texnologiya bunday afzallikka ega emas. Ammo shu bilan birga PLC texnologiyasi yangi bo‘lganligi sababli kamchiliklarga ega, xususan, PLC texnologiyasining amaliy realizatsiyasi 3...4 Mbit/s tezlikni namoyon qildi, bu esa zamonaviy NGN kirish tarmolari uchun etarli emas. Bundan tashqari, PLC ning asosiy kamchiligi bunday tizimlar uchun arzon abonent qurilmalarining mavjud emasligidir.
Rossiyada elektr liniyalari orqali ma’lumotl uzatish tizimlarinin realizatsiya qilish qo‘shimcha qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Avvalo, texnik xarakteristikalari bo‘yicha elektr tarmoqlar g‘arb davlatlari tarmoqlaridan farqlanadi, bundan tashqari, elektr liniyasi orqali ma’lumotlarni uzatishning asosiy parametrlarini aniqlovchi standartlar mavjud emas.


Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish