Ats1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va dolzarbligi. Kommutatsiyalash uskunalarining rivojlanishi Reja


-MA’RUZA Simli va mobil tarmoqlar kovergentsiyasi. IMS arxitekturasi va imkoniyatlari. IMS va SoftSwitch tizimlarini qiyoslash



Download 5,61 Mb.
bet73/76
Sana09.07.2022
Hajmi5,61 Mb.
#763501
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
Ats1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va dolzarbligi.

16-MA’RUZA


Simli va mobil tarmoqlar kovergentsiyasi. IMS arxitekturasi va imkoniyatlari. IMS va SoftSwitch tizimlarini qiyoslash
REJA:

14.1.IMSstrukturasi va boshqaruv tizimini qatlamlarga ajratish;


14.2. IMSni standartlash;
14.3. IMS va Softswitch ni qiyoslash.


Kalit so‘zlar:IMS platformasi, CSCF boshqaruv yadrosi, media-shlyuz.


16.1. IMS strukturasi va boshqaruv tizimini qatlamlarga ajratish

IMS texnologiyasining ichki arxitekturasini tadqiq qilishning eng sodda yo‘li soddan murakkabga qarab harakatlanishdan iborat. Birinchidan, IMS texnologiyasi NGN texnologiyasining va boshqaruv tizimlarini qurish sohasida barcha ishlanmalarning vorisi ekanligini tan olamiz. Ushbu meros doirasida IMS strukturasi bo‘yicha ko‘plab yechimlar tushunarli bo‘ladi.


IMS texnologiyasining strukturasi IMS konsepsiyasini uchta asosiy sathga ajratishni nazarda tutadi (14.1-rasm):

  1. Kirish sathi – unga IMS uchun tashqi bo‘lgan texnologiyalar VoIP, Wi-Fi, sotali tarmoqlar MSC, an’anavis telefon tarmoqlarining segmentlari va boshqalar kiradi;

  2. Tarmoqni boshqarish sathi – unga CSCF boshqaruv yadrosi, media-shlyuzlar va HSS tizimostisi kiradi;

  3. Ilovalar (yoki xizmatlar) sathi –unga turli serverlar ilovalari, tarmoqlarni boshqarish tizimli shlyuzlar OSS/BSS, shuningdek, SDP (Session Description Protocol – sessiyalarni boshqarish protokoli) asosidagi echimlar sinfi kiradi.

14.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, IMS texnologiyasining uch qatlamga birlamchi ajratilishi NGN ning bizga tanish bo‘lgan qurilish tamoyillaridan iborat. Birinchidan, bunday ajratish NGNSCTA klassifikatsion modeliga muvofiq keladi, transport tarmoq sathi bundan istisno. Ikkinchidan, kirish va boshqaruv sathlari o‘rtasidagi bevosita aloqa, satxlararo konvergensiyaning keyingi avlodi bo‘lib, u haqda 2.3.4 bo‘limda to‘xtalib o‘tildi.



16.1-rasm. IMS asosida simli va simsiz tarmoqlar konvergensiyasi


Uchinchidan, tarmoqni boshqarish va ilovalar sathlarini ajratish IN konsepsiyasining keyin avlodi bo‘lib, AS echimlarining alohida sinfi sifatida ajratish esa Softswitch texnologiyasining zamonaviy rivojlanish bosqichiga muvofiq keladi.



16.2-rasm. IMS taqsimlangan tizimida signalli almashuv


Umumiy ko‘rinishda IMS texnologiyasi kirish sathini o‘z ichiga olmaydi, ammo IMS an’anaviy va zamonaviy kirishning barcha turlarini xizmatlar bilan ta’minlashi kerak bo‘lganligi sababli, IMS texnologiyasiga kirish tarmoqlarini moslashtirish sathosti kiritilgan. Shu tarzda, uch sathli IMS modeli haqida gap borganida kirish tarmoqlarini adaptatsiya qilish echimi nazarda tutiladi. Odatda, kirish tarmoqlarini adaptatsiya qilish sathi echimlari Softswitch texnologiyasidan kanal shlyuzlari (TG) va kirish shlyuzlari (AG) asosida quriladi.


Tarmoqni boshqarish odatda ikki sathostiga ajratiladi (14.2-rasm): sessiyalarni boshqarish va sifatni boshqarish. Birinchi navbatda bunday ajratish o‘z vaqtida SDC ning paydo bo‘lishiga olib kelgan xizmatlarning sifatini ta’minlash masalasini hisobga olish zaruriyati bilan bog‘liq. Natijada, IMS ning zamonaviy qatlamlariga sifatni boshqarish sathostini shakllantirgan SBC va unga ekvivalent bo‘lgan qurilmalar kiritildi. Qolgan barcha qurilmalar sessiyalarni boshqarish sathostiga chiqarilgan.
Ta’kidlash joizki, keltirilgan strukturaviy qurilishlar faqatgina IMS ning g‘oyasini aks ettirib, qonuniy tarzda o‘rnatilgan struktura bo‘lib hisoblanmaydi. Shu bilan IMStexnologiyasini ishlab chiqaruvchilar demokratik tendensiyalarni texnologiyani rivojlantirishdan chegaralamaydilar. Oxir oqibatda, bunday tizimlarning g‘oyasi saqlanib qolishi uchun IMS tizimini qurishning har qanday strukturaviy variantlari taklif qilinishi mumkin.
IMS texnologiyasining eng ahamiyatli aspekti uning turli tarmoqlarni boshqarishning gorizontal strukturasidan farqli ravishda vertikal strukturasidir. Ushbu masala 2.5 da boshqaruv strategiyasining o‘zgarishi misolida muhokama qilindi. IMS texnologiyasining g‘oyasi simli va simsiz tarmoqlarni, turli xizmatlar va ilovalarni birlashtirish va ushbu simbiozni klient uchun maksimal ravishda egiluvchan, personallashtirilgan va operator uchun tarmoqni nazorat qilish uchun qulay qilishdir. Ushbu konsepsiya tarmoqlarning zamonaviy bosqichdagi unikal rolini aniqlaydi – bu hozirda tarmoqlarni konvergensiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha jarayonlar uchun tayanchdir. Konvergent kirish tarmog‘i har qanday foydalanuvchilar bir necha texnologiyalar, operatorlar va tarmoqlarni tanlashi mumkin bo‘lganida tarmoq va uning xizmatlarini boshqarishni ta’minlovchi boshqaruv tizimi mavjudligini anglatadi.
Kelajakda kirish tarmoqlari o‘zaro konvergensiya qilinib, kirish texnologiyalari ob’ektiv tarzda unifikatsiya qilinadi. Ushbu bosqichda IMS platformasining mavjudligi, shuningdek, kirishni adaptatsiya qilish vositalarini birlashtirish va tarmoqlarni xizmatlar bosqichida konvergensiya qilish imkonini beradi va kirish turidan mustaqil ravishda foydalanuvchi o‘ziga kerak bo‘lgan xizmatlar paketini qabul qiladi.
IMS platformasining keltirilgan konsepsiya va strukturaviy modeli sodda bo‘lib tuyuladi, ammo IMS etarlicha murakkab tizimdir. IMS tizimining ichki qurilishiga nazar solinsa, bevosita texnik echimlar haqida gap borganida global konvergensiya g‘oyasi unchalik sodda emasligi aniqdir.

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish