To‘qima yoki organning uzoq muddatli bosilishidan hosil bo‘ladigan (kom pression) atrofiya, masalan, o‘sma, exinokokkpufagi, yot jism lar, n o ‘xtalash va y uganning n o to ‘g ‘ri bogManishidanrivojlanadi. Buyrak jo m id a siydik to ‘xtab, siydik yollarida bosimining oshishidan buyrak parenxima hujayralarining atrofiyasi boshlanadi. Otlarning buyrak jomida tosh to‘planishi, buyrakning po‘stloq va magriz qavati atrofiyasiga olib keladi. O`pkaning bosimining oshishi o‘pka alveolalar devori atrofiyasiga olib keladi.
Kaxeksiya (y u n o n ch a kachexia — holatning yomonlanishi,kasalm andlik, og‘rish) organizm ning umumiy atrofiyasi bo‘lib,tana vazni keskin kam ayib, barcha fiziologik funksiyalarning pasayishi bilan namoyon bo‘ladi. Kaxeksiyada eng birinchi yog‘ to‘qimasi, keyinchalik skelet muskullari, jigar va taloq atrofiyalanadi.
Atrofiya jarayoniga eng kech bosh miya va yurak jalb qilinadi.Kaxeksiyada yog‘ to‘qimasi boshlang‘ich hajmidan 90% , muskul to‘qimasi 45% kamayadi. Kaxeksiyada qonda eritrotsitlar, gemoglobinva oqsillar kam ayadi. Skelet m uskullar tonusi zaiflashadi. Jinsiy faollik keskin pasayadi yoki mutlaqo to‘xtaydi. Ichki organlar atrofiyaga uchrab, ular hajmi kichrayadi va og‘irligi kamayadi.
Ba’zan hayvon shunchalik ozib ketadiki, u teriga o‘ralgan skeletgao ‘xshab qoladi Kaxeksiyaga olib keluvchi asosiy va eng ko‘p uchraydigan sabablarga hayvonlarning och qolishi, surunkali infeksion va invasion kasalliklar (tuberkuloz, paratuberkuloz, piroplazm oz, diktiokaulozva b.) kiradi. Kaxeksiya kimyoviy zaharli moddalar bilan surunkali zaharlanishlarda ham hosil bo‘lishi mumkin. Endogen tabiatli kaxeksiya chaqiruvchi sabablarga yumshoq to‘qimalar vasuyaklarning uzoq muddat yiringlab turuvchi katta kolamdagi jarohatlanishi oqibatida ozishi (yara, jarohatlan ish kaxeksiyasi)kiradi. Kaxeksiya ichki sekretsiya bezlari funksiyasi buzilganida,asosan, gipofiz va qalqonsim on bezlar funksiyasi buzilishidan hamhosil bolishi mumkin. Organizmlarda xavfli o‘smalar (rak o‘sm asi)ning ham o‘sishi kaxeksiya sabablaridan biri bolishi mumkin.Atrofiyalangan to‘qimaning funksional qobiliyati pasayadi.Skelet muskullarining atrofiyasida muskullaming qisqarish kuchli kuchsizlanadi. Atrofiyalangan suyak sinuvchan bo1lib qoladi.
Ko‘rish nervining atrofiyasi ko‘r bolishga olib keladi. Ichki sekretsiya bezlariningatrofiyasi um um iy alm ashinuvni buzadi. Masalan, oshqozonosti bezi Langergans orolchalarining atrofiyasi diabetga, tuxum -donning atrofiyasida, a alo , follikulalaring yetilishi zaiflashadi,keyinchalik mutlaqo to‘xtaydi va b. Organ hajmining kichrayishi hamma vaqt ham atrofiya bilan bog‘liq bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |