Bor (B5, 1808). Tarkibida bor elementi bo'lgan bura
birikmasining lotincha «boraks» nomidan olingan.
Uglerod (C6). Elementning lotincha nomi «karbonium»
bo‘lib, «karba» - «ko‘mir» so‘zidan kelib chiqqan. «Karba»
so‘zining negizi sanskritcha «kra», ya’ni «yonuvchi» degan
so‘zdan yasalgan.
Azot (N7, 1772). Yunoncha «a» - inkor etish ma’nosidagi
so‘z bilan «zoos» - hayot degan so'zning birga qo'shilishidan
kelib chiqqan. Ya’ni «azot» hayotni ta’minlamovchi ma’nosini
bildiradi. Azotning lotincha «nitrogenium» simvoli «selitra hosil
qiluvchi» demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: