7. Regiomontan Iogann Myuller(1436-1476) kenig-
sberglik mashhur nemis matematigi va astronomi. U 1468-
1471-yillarda Vena universitetining professori bo‘lib ishlagan.
1471 -yilda Nyumbergga ko‘chib kelib, o‘z shogirdi Valter
bilan birgalikda observatoriya qurib, uni zamonaviy asboblar
bilan jihozlaydi. «Almagest»ni yunoncha originalida o‘rganib,
uning turli matnlarini tanqidiy ravishda tekshiradi. Astronomik
jadvallar tuzib, uni «efemeridlar» deb atadi va bu jadvalni
1474-1475-yillarda bosmaxonada bostirdi. Bu bosmaxonada
bosilgan birinchi astronomik jadval va Ptolomeyning
geosentrik sistemasiga asoslangan oxirgi ish edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |