Atrofimizdagi ob’ektiv olam turli fanlarning o’rganish ob’ekti



Download 0,68 Mb.
bet30/38
Sana21.02.2023
Hajmi0,68 Mb.
#913382
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
Bog'liq
MFN2BH3oKZRW4iap369

Umumiy psixologiyaning maqsadi va vazifalari Psixologiya fanining predmeti. Har bir fan boshqa fanlardan o‘z predmeti bilan farq qiladi. Boshqa fanlardan farqli ravishda, psixologi-ya fanining predmeti, u bahs yurituvchi

hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va tushunish qiyinroq. Buning sababi psixik hodisalarning o‘zgaruvchanligi, odamni qurshab turgan tashqi olamdagi hodisalardan farq qilishida. Psixologiyaning predmeti psixika deb atalmish turli hodisalar (idrok, xotira, tafakkur, iroda va huquq) bo‘lib, ular voqelikdagi haqiqiy hodisa va fanlarga qarama-qarshi qo‘yib kelingan. Psixologiyaning predmeti bo‘lgan munosabat uning
nomida aks ettirilgan. «Psixologiya» so‘zi ikki (grekcha so‘z
«psyuxe» «jon, ruh», «logos» «ta’limot») birikmasidan iborat bo‘lib, «ruh, jon» haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi. Psixik hodisalarning barchasi «psixika», «odam psixi-kasi»,
«kishining ichki dunyosi», «ruhiy hayoti» kabi nomlar bilan ataladi.

Psixologiya rivojlanish tarixida psixologik bilimlarning


to‘planishi ikki yo‘nalishda amalga oshgan: Hayotiy psixologiyaning rivojlanishi; Ilmiy psixologiyaning rivojlanishi. Psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar, psixik holatlar haqidagi bilim-lar hali yuzaga kelmagan juda qadim zamonlardayoq hayotiy tajriba aso-sida yuzaga kelgan. Bu bilimlar turli amaliy faoliyat, hamkorlik, o‘zaro munosabatlar jarayonida shakllanib avloddan-avlodga o‘tib, tilda, xalq ijodiyotida, maqollarda, san‘at asarlarida o‘z ifodasini topgan. Masalan, odam xotira jarayonlari haqida ilmiy bilimga ega bo‘lmasa ham biror matnni takror-takror o‘qishi uni yaxshi esga olib qolishga yordam berishini bilgan. Bunday bilimlar keng
tarqalgan bo‘lib, ular atrofidagi odamlarning xulq-atvorini tushunishda, kishi o‘z faoliyatini tashqi olamga, voqelikka to‘g‘ri, mos tashkil qilishga xizmat qilgan. Ammo
psixologiyadagi hayotiy bilimlarning ostida haqiqat, qonuni- yat yotadi deb bo‘lmaydi. Ikkinchidan ko‘pchilik hayotiy bilimlardan turli kasblarga doir amaliy faoliyatda (pedagogika, tibbiyot, ishlab chiqarishda) foydalanib bo‘lmaydi. Bu
sohalarda ob’ektiv va ishonchli bilimlar talab qi-linadi.
Bunday bilimlar ilmiy bilimlardir. Ilmiy psixologiya hayotdagi psixik faktlarni miqdor (reaksiya tezligi, xotira hajmi,
diqqatning ko‘lami va h.k.) va sifat jihatdan (idrokning kon- stantligi, tafakkurning mustaqilligi, xotiraning anglanganligi va h.k.) o‘rganadi. Ilmiy psixologiya psixik faktlarni o‘rganish va ularni tasvirlash bilan cheklanib qola olmaydi. Ilmiy bilish hodisalarni tasvirlashdan ularni tushuntirib berishga o‘tishni
talab qiladi. Buning uchun o‘rganilayotgan psixik hodisa qaysi qonuniyatga bo‘ysunishini aniqlash va o‘rganish lozim. Chunki barcha psixik hodisalar doimo va bir xil tarzda yuzaga chiqmaydi. Bu hodisalar yuzaga chiqishi ma’lum
qonuniyatlarga bog‘liq. Shu sababli ba’zi hatti-harakat shakllari, odatlar kishining hayotga moslashishiga yordam bersa, boshqalari sharoit o‘zgarganda o‘zining maqsadga mu- vofiqligini yo‘qotadi va hatti-harakatning yangidan shakllantirishni talab qiladi. Hatti-harakatni samarali ravishda qayta qurish uchun uning mex-anizmlarini bilish lozim.
Hodisalar o‘rtasidagi qonuniy bog‘liqlikni bilishning o‘zi ana shu qonuniyatni keltirib chiqaradigan mexanizmlarni ochib bera olmaydi. Psixik faoliyat u yoki bu psixik jarayonni yuzaga keltiruvchi aniq anatomik hamda fiziologik apparatlarning ishi bilan bog‘liq bo‘lganligi tufayli psix-ologiya bu
mexanizmlarning tabiati va ta’sir masalalarini boshqa fanlar (fiziologiya, biofizika, bioximiya, kibernetika va boshqalar) bilan birgalik-da aniqlaydi.

  1. sezgi haqida tusjincha

. Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-


fiziologik asoslariMa’lumki bizni o‘rab turgan tashqi olamdagi
narsa va hodisalarning juda ko‘p belgi va xususiyatlari mavjud. Masalan, narsalarning rangi, ta’mi, hidi, qattiq yoki yumshoqligi, g‘adir-budur yoki tekisligi, harorat va boshqalar. Ana shu narsa va hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi a’zolarimiz orqali ongimizda aks ettiramiz.

Tashqi olamdan bizni tanamizga milliard qo‘zg‘ovchilar hujum qiladi. Bizning qorong‘i ichki dunyoimizda esa sirli miyamiz ishlaydi. Bu fakt esa psixologiyaning yuqori ming yildan ortiq fundamental muammosini ko‘taradi. Masalani echishda bundan yuz yil avval psixologiya fan sifatida rivojlandi: Atrof muxitimizni o‘rab turgan siymolar miyamizga tushadi?


Zamonaviy tilda esa uni quyidagicha talqin qilsa bo‘ladi: tashqi olam xaqidagi tasavvurlarimizni qanday tuzishimiz; lagerdagi gulxanni yonishidan chiqayotgan tutunining aktiv neyron zanjirlariga aylanishi? Qanday qilib biz tirik neyroximiyadan olovnito‘lqinini, temperaturasini hamda olovni tutunini hidini anglaymiz? Miyamizda dunyoni rasmini aks ettirishimiz uchun, tashqi dunyoni fizikaviy energiyasini bilishimiz va uni nerv signallari shaklida kodlashiiz, va bu


jarayon an’anaviy sezgi deyiladi. So‘ng esa biz buni olib biz o‘z sezgilarimizni tashkil qilishimiz va sharxlashimiz, va bu jarayon an’anaviy idrok deyiladi. Bizning kundalik amaliyotimizda sezgi va idrok uzilmas bir jarayonga aytiladi. 5 chi va 6 chi boblarda biz ikkala qismini birlashgan jarayonini ko‘rib chiqamiz.
Biz bu bobni sensor retseptorlardan boshlab, yuqori
darajadagi ma’lumotlarni ishlanmalarini ko‘rib chiqamiz. Kirish qismidagi sensor analiz, psixologiyada ma’lumotlarni sxema bo‘yicha pastdan yuqoriga qarab ishlash deb nomlanadi. Sezgi jarayonining buzilishi xar erda bo‘lishi mumkin bu sensor retseptordan boshlab to perseptiv
interpretatsiyada tugaydi. Masalan, inson ko‘zida katarakta bilan tug‘ilsa uni ko‘zlari yorug‘likni ko‘rmaydi, bu jarayonda eng murakkab mexanizm ishlasa xam ko‘rish ma’lumotlarini bilolmaydi. Miyasi shikastlangan bemorlarda ham qandaydir sezgi va idrok zanjirlari bor. Miya po‘stlog‘ining chakka qismi buzilganda, inson yuzini tanish javobgarligi yo‘qoladi va bu kasallik prosopagnoziya deb nomlanadi. Unda sezgilari
normal, lekin idroki normal emas. U ma’lumotlarni ko‘rib qabul qila oladi va insonni yuz tuzilishini xarakterlab bera oladi, lekin uni taniy olmaydi. Unga notanish chexrani ko‘rsatishganda u bunga e’tibor beraydi. Unga tanish chexrani ko‘rsatishganda, avtonom nerv sistemasi reaksiyasi
shuni ko‘rsatadiki u xavotirlanadi va terlashni boshlaydi, lekin bu inson kimligini aytib bera olmaydi. U o‘z chexrasini
ko‘zguda ko‘rganda, yana shu chalkashlikga keladi. Miyani buzilganligi sababli, u ma’lumotlarni sxema bo‘yicha tepadan pastga qrab ishlolmaydi – to‘plangan bilimlarni sensor ma’lumotlar bilan bog‘lay olmaydi. [1]

Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda xususiyatlari har doim ham bizning sezgi


a’zolarimizga ta’sir etib turadi. Natijada bizda turli sezgilar hosil bo‘ladi. CHunonchi, nurlarning ko‘zimizga ta’sir qilishi
natijasida ko‘rish sezgisi, har xil tezlik va kuchlanishdagi havo to‘lqinlarining qulog‘imizga ta’sir etishi natijasida eshitish sezgisi, nafas olish paytida havo bilan birga burun bo‘shlig‘iga kirgan har turli modda zarrachalarining ta’siri natijasida hid sezgisi, biror narsani qo‘limiz yoki badanimizga tegib ta’sir etish natijasida teri (taktil – biror narsaning terimizga tegishi) yoki bosim sezgisi va shu kabi sezgilar har doim hosil bo‘ladi.

Demak, sezgi deb, atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.




  1. Download 0,68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish