Atrof-muhitni muhofaza qilishning tashkiliy va huquqiy asoslari


Xalqaro xavfsizlik huquqi



Download 148,48 Kb.
bet9/17
Sana14.06.2022
Hajmi148,48 Kb.
#670173
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
2-maruzа

Xalqaro xavfsizlik huquqi – xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplariga muvofiq barcha davlat va xalqlar xavfsizligini, umumjahon tinchlikni ta’minlash va o’rnatish maqsadida xalqaro munosabatlarni tartibga solishga yo’naltirilgan xalqaro huquqning norma va prinsiplarining yig’indisidir.
- Xalqaro xavfsizlikni ta’minlash uchun nafaqat xalqaro huquqning asosiy prinsiplariga, balki xalqaro xavfsizlik huquqining sohaviy prinsiplariga rioya etish katta ahamiyatga ega. Xavfsizlikning umumiylik prinsipi xavfsizlikning (siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ijtimoiy, gumanitar, ekologik, axborot) turli tashkil etuvchilarini o’zaro bog’liqligini bildiradi. Xavfsizlikning bo’linmaslik prinsipi xavfsizlik barcha uchun bir xil bo’lishi lozim va bir davlatning xavfsizligi boshqa davlatlar xavfsizligi hisobiga ta’minlanishi kerak emasligini anglatadi.
Umumjahon tinchligini va xalqaro xavfsizlikni ta’minlash muammosi hozirgi zamon xalqaro munosabatlarida markaziy o’rinlardan birini egallaydi. Uning asoslari BMT Nizomida o’z ifodasini topgan hamda 1970 yil 16 dekabrdagi xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash to’g’risidagi Deklaratsiyada, BMT Bosh Assambleyasining 1986 yil 5 dekabr va 1987 yil 7 dekabrdagi “Xalqaro tinchlik va xavfsizlikning yalpi tizimini yaratish to’g’risida”gi qarorlarida belgilab berilgan yalpi xalqaro xavfsizlik konsepsiyasida, shuningdek, “Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni BMT Nizomiga muvofiq mustahkamlashga yalpi yondashuv” to’g’risidagi 1988 yil 7 dekabr qarorida rivojlantirilgan.
BMT kuch-g’ayratlari yer yuzida barqaror, xavfsizlik va zo’ravonlik ishlatilmaydigan tinchlik o’rnatilishiga imkon beradigan xalqaro munosabatlarni tashkil etishni taminlashga yo’naltirilgan. Huquq tushunchchasiga muvofiq, xalqaro xavfsizlik va davlatlararo munosobatlar sohalarida asos bo’lib xizmat qiluvchi voqeliklarga quyidagilar kiradi:
- mafkuraviy va sinfiy kurash jahon davlatlararo munosabatlari asosini tashkil etolmaydi. Bu shuni bildiradiki, bloklar bo’yicha qarama-qarshi turish va “tashqi” dushmanlarni izlash o’rniga xalqaro munosabatlarni mafkuradan xoli qilish, sherikchilik, umuminsoniy qadriyatlarni va ularning tor milliy manfaatlardan ustun ekanligini tan olish vaqti keldi;
- yadro urushi siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish vositasi bo’lolmaydi. Shubhasiz, yadro urushi – Yer sivilizatsiyasi uchun o’z joniga qasd qilishdir, unda g’oliblar bo’lishi mumkin emas; ayni vaqtda kelajakda yadro quroli istalgan bosqinchi uchun tiyilib turish rolini o’ynaydi.
Ayni vaqtda, bozor iqtisodiyoti va erkin raqobatni keng tatbiq etish yo’li bilan xatto tabiiy resurslarining eng kam miqdori (yoki hatto ular umuman bo’lmagan taqdirda ham) bilan ham sanoat rivoji va aholi farovonligining yuksak darajasini, siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash mumkin.
Hozirgi zamondagi mavjud holat halqaro xavfsizlikning ko’pqirraliligini va yalpi xarakterini hamda har bir alohida davlat xavfsizligining butun halqaro hamjamiyat xavfsizligi bilan uzviy bog’liq ekanligini yaqqol tasdiqlaydi.
BMT Ustavi (VIII bob) mintaqa miqyosida xalqaro tinchlik va xavfizlikni saqlash uchun mintaqaviy kollektiv xavfsizlik xalqaro tashkilotlari tuzishga ruxsat beradi. Bunda quyidagi shartlar albatta bajarilishi lozim:
- mintaqaviy asosdagi harakatlar BMT maqsadlari va prinsiplariga mos kelishi, faqat mahalliy nizolarga taalluqli bo’lishi va mazkur hudud doirasidan tashqariga chiqmasligi kerak;
- Xavfsizlik Kengashidan vakolat olmay turib hech qanday majburlov choralari ko’rilishi mumkin emas;
- biron-bir mintaqa davlatlari o’rtasida yuzaga keluvchi har qanday mahalliy nizolar faqat tinch yo’l bilan hal qilinishi lozim;
- Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun mintaqaviy bitimlar doirasida amalga oshirilgan yoki amalga oshirish mo’ljallanayotgan harakatlar haqida hamisha xabardor qilinib turilishi kerak;
- mintaqaviy asosdagi biron-bir harakat BMT xalqaro xavfsizlik universal tizimi doirasidagi harakatlarga zid kelishi mumkin emas.
Mintaqa davlatlari integratsiyasini yangi ko’rinishida namoyish etishda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) muhim hisoblanadi. 1992 yil 15 mayda Toshkent shahrida kollektiv xavfsizlik shartnomasining imzolanishi ushbu tashkilotning huquqiy poydevorini yaratdi. Uning yuzaga kelishini Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik tizimini yaratishga bo’lgan izlanishlar hosilasi deb aytish mumkin.
Avvalambor, KXSHTning tarixiga murojaat etadigan bo’lsak, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Rossiya va Armaniston ushbu tashkilotga asos soldilar. “Kollektiv xavfsizlik - BMT Ustavi bilan belgilangan va ushbu Butunjahon tashkiloti, mintaqaviy xavfsizlik tashkilotlari, kollektiv o’zini-o’zi himoya qilish bo’yicha tashkilotlar va kelishuvlar chegarasida amalga oshiriladigan davlatlarning xalqaro tinchlikni qo’lab-quvvatlash va agressiya aktlariga qarshi harakatlar qilish maqsadida bo’lgan hamkorlikdagi harakatlari tizimi. “Kollektiv xavfsizlik” termini xalqaro munosabatlar amaliyotiga 1922 yildan boshlab Millatlar Ligasi chegarasida kirib keldi. Ikkinchi Jahon urushidan keyin kollektiv xavfsizlik prinsipi BMT Ustavida, boshqa xalqaro shartnomalar va hujjatlarda (1975 yildagi Xelsinkidagi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo’yicha Kelishuvning yakuniy aktida va boshqalarda) yuridik jihatdan mustahkamlandi va tan olindi”1.



Download 148,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish