Biokimyoviy tozalashning aerob jarayoni tabiiy sharoitda na sun’iy inshootlarda o‘tkazi1adi. Oqova suvni tabiiy sharoitda toza- lash ishlari obodonlashtirish va filtrlash maydonlarida hamda bi- ologik havzalarda olib boriladi. Sun’iy inshootlarga aerotenk va turli tuzilishdagi biofiltrlar kiradi. Inshoot turi korxonaning joylash- gan maydonini, sharoitini, suv ta’minoti manbalarini, sanoat va maishiy oqova suvlar hajmini, iflosliklar konsentratsiyasi va tarki- bini hisobga olgan holda tanlanadi. Oqova suvni sun’iy inshootlarda tozalash jarayoni tabiiy sharoitlarda nisbatan juda katta tezlikda boradi.
Obodonlashtirish maydoni. Bu bir vaqtda oqova suvni toza- lash va agrosanoat maqsadlari uchun foydalaniladigan maxsus tayyorlangan yer uchastkasidir. Bunday sharoitda oqova suvlarni tozalash quyosh va havo harakati, o‘simliklarning hayot faoliyati ta’sirida boradi. Obodonlashtirish maydonlarida bakteriya, akti- nomisetalar, achitqilar, suv o‘t1ari, sodda va umurtqasiz hay- vonlar bo‘1adi. Oqova suv tarkibida asosan bakteriyalar uchraydi. Tuproqning faol qatlamidagi aralashgan biosenozlarida simbiotik va raqobat tartibdagi mikroorganizmlaming o‘zaro murakkab ta’siri vujudga keladi. Mikroorganizmlarning miqdori yil fasllariga bog‘1iq. Ular qishda yozdagiga qaraganda kamroq bo‘1adi.
Agar yer maydoniga qishloq xo‘jalik ekinlari ekilmasa va ular oqova suvni biologik tozalash uchun mo‘1jallangan bo‘1sa, bun- day maydonlar filtrlash maydonlari deyiladi. Obodonlashtirish maydonidagi yerlarning oqova suvi biologik tozalangandan so‘ng
o‘g‘it1ari boshoqli o‘sim1iklar, turli xi1 sabzavotlar, shuningdek, daraxtlar ko‘kartirish maqsadlarida ishlaiiladi. Obodonlashtirish maydonlari aerotenklarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
1) moddiy va ish kuchi sarfi kamayadi; 2) oqova suvni obodon- lashtirish maydonlaridan tashqariga tashlanmaydi; 3) qishloq xo‘ja1igi o‘simliklaridan yuqori va barqaror hosil olish ta’minlanadi;
4) qishloq xo‘jaligi uchun kamhosil yerlar jalb qilinadi. Tozalashning biologik jarayonida oqova suv tuproqning filtr-
lovchi qatlamidan o‘tadi va u yerda muallaq hamda kolloid zarra- chalar ushlab qolinadi, tuproq g‘ovaklarida mikrobli plyonkalar hosil bo‘1adi. Hosil bo‘1gaa plyonka kolloid zarracha va oqova suv- larda erigan moddalarni adsorbsiyalaydi. Havodan g‘ovaklarga kir- gan kislorod organik moddalarni mineral birikmalarga aylantirib, oksidlaydi. Tuproqning chuqur qatlamlariga kislorodning kirishi qiyin. Shuning uchun tuproqning yuqori qatlamida (0,2-0,4 m) oksidlanish yaxshi boradi. Tuproq qatlamlarida kislorod yetish- maganda tuproq qatlamlarida anaerob jarayon ustunlik qiladi. Shu sababli ham obodonlashtirish maydonlarini qum, qora tuproqli yerlarda barpo qilish kerak.
Oqova suvni bir vaqtning o‘zida ham sug‘orish, ham o‘g‘it sifatida ishlatib tozalash 3 ariantda olib borilishi mumkin: 1) me- xanik tozalashdan so‘ng oqova suvlar suv to‘p1ovchi havzalarga, so‘ng kanal bo‘y1ab bug‘latuvchi havzalarga va obodonlashtirish maydoniga tushadi; 2) fizik-kimyoviy tozalashdan so‘ng oqova suv biologik havzaga, so‘ngra obodonlashtirish maydoniga yoki avval filtrlash maydoni, keyin esa obodonlashtirish maydoniga tushadi;
3) mexanik, fizik-kimyoviy, biokimyoviy tozalashdan so‘ng oqova suv obodonlashtirish maydoniga yo‘na1tiriladi, sug‘ori1maydigan davrda oqova suv suv havzalariga tashlanadi (6.1- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |