АTROF - MUHITNI MUHOFАZА QILISH VА TАBIIY RESURSLАRDАN OQILONА FOYDАLАNISH MUHIM VАZIFАDIR
© O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi - 2022
aloqalarni rivojlantirish. 5. Dunyo okeanini ifloslanishdan saqlash. 6. Yovoyi
oʼsimliklar va hayvonlarni himoya qilish. 7. Energetika sohasida ekologiya
masalalarini hal qilish. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshida atrof - muhitni
muhofazasi bilan shugʼullanuvchi yana bir qator tashkilotdar mavjuddir: Butun
jahon salomatlik tashkiloti (VOZ), Yevropa iqtisodiy komissiyasi (EJ) va boshqalar.
1992 yil Stokgolmda oʼtkazilgan BMTning atrof - muhitni muhofazasi
muammolariga bagʼishlangan halqaro konferentsiyasida 5 iyunь kuni butun
jahonda atrof - muhitni muhofaza qilish kuni deb eʼlon etildi.
Аtrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy - nazariy asoslarini ishlab chiqish uchun
eng avvalo tabiat qonunlarini va nihoyat insoniyat jamiyati bilan tabiat oʼrtasidagi
bogʼliqlik qonunlarini mukammal ravishda oʼrganib chiqishimiz zarurdir. Koʼpchilik
falokatlar aynan ana shu bogʼliqlik qonuniyatlarini hisobga olmay insonlarning
tabiatga koʼrsatayotgan taʼsirlari oqibatidan kelib chiqayapti.
Shu muammolarni toʼgʼri hal qilishda insonlarni ishlab chiqarish faoliyatlari bilan
tabiat oʼrtasidagi bogʼliqlik qonuniyatlarini oʼrgatuvchi fan - «ekologiya» fanining
ahamiyati juda kattadir. Bu fan oʼz mohiyati bilan tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish, inson bilan tabiat oʼrtasidagi aloqaning strategiya va taktikasini ishlab
chiquvchi ilmiy baza vazifasini oʼtaydi. Shuning uchun atrof-muhit tirik
organizmlarining yashashi uchun normal ekologik parametrlarga ega boʼlgan
chegaralar miqyosida yaʼni biosfera chegaralari oʼrganiladi. Insonlarning tabiatga
koʼrsatayotgan taʼsirlari aytarli katta boʼlmagan taqdirda ushbu muammo iqtisodiy
muammolarga kiritilmas edi. Yaʼni tabiat har doim bizga cheksiz xizmat koʼrsatadi
deb tushunilar edi. Lekin bugungi kundagi axvol shuni isbotlab turibdiki, tabiat
insolarni oʼylamay, haddan tashqari koʼp koʼrsatadigan taʼsirlariga bardosh bera
olmas ekan, yaʼni u oʼz-oʼzini qaytadan tiklab ulgura olmayapti. Demak, tabiatni
har bir elementi oʼzining maʼlum «sigʼim chegarasiga» ega ekan.
Аntropogen taʼsir bu chegaradan oshib ketsa, u yemirila boshlar ekan. Masalan:
bir vaktlar gullab yashnab turgan Tigr va Yefrat vodiylari sugʼorish sistemasini
notoʼgʼri tuzilganligi va qishloq xoʼjalik ekinlarining koʼp ekilganligi tufayli tuproq
erroziyasi va shoʼrlanish jarayonlari hisobiga choʼlga aylanib qolgan. Uralьsk-Voljsk
choʼllari xam notugʼri chorva boqilishi hisobiga hosil boʼlgandir. Oxirgi vaqtlarda
yana shunday ekologik inqirozlardan biri Orol dengizini qurishi hisobiga uning
atrofida choʼllarning kengayib, tuproqda tuz miqdorini ortib borishidir. Natijada
ichimlik suvining sifati yomonlashib, turli kasallik turlari ortib boryapti. Аtrof
muhitning tabiy holatini buzilishi darajasi nafaqat antropogen taʼsiriga, balki tabiat
elementlarining aks taʼsir reaktsiyasi va xossalariga ham bogʼliqdir.
Tabiat elementlarining aks taʼsir reaktsiyasi koʼpgina hollarda notekicdip: maʼlym
miqdopgacha koʼpacatilayotgan ozginagina taʼcip hicobiga eca, tabiatda jyda
kychli akc taʼcipini boshlanishiga olib kelishi mymkin. Ushby taʼcip ekologik
cictemalapning chidamlilik octonaci deb ataladi. Keckin va intenciv pavishda
koʼpcatilayotgan taʼcip hicobiga biocfepa ichki oʼz-oʼzini boshqapish mexanizmi
byziladi, yaʼni ekologik inqipoz codip boʼladi.
Farhod Sharipov,
Umumkasbiy fanlar kafedrasi
katta oʼqituvchisi podpolkovnik.
Yorbek Mavlyanov,
3-bosqich kursanti.
АTROF - MUHITNI MUHOFАZА QILISH VА TАBIIY RESURSLАRDАN OQILONА FOYDАLАNISH MUHIM VАZIFАDIR
© O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi - 2022
Do'stlaringiz bilan baham: |