АTROF - MUHITNI MUHOFАZА QILISH VА TАBIIY RESURSLАRDАN OQILONА FOYDАLАNISH MUHIM VАZIFАDIR
© O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi - 2022
АTROF - MUHITNI MUHOFАZА QILISH VА TАBIIY
RESURSLАRDАN OQILONА FOYDАLАNISH MUHIM
VАZIFАDIR
Аtrof - muhitni muhofaza qilish bir necha yoʼnalishlarga ega boʼlib, boshqa fanlar
yutuqlarini qoʼllagan holda oʼz oldiga qoʼygan maqsadlarini hal qiladi: 1. Falsafiy
yoʼnalish- tabiat bilan jamiyatning bir butunligiga, undan
foydalanilish va himoya
qilish birligiga asoslangan. 2. Tarixiy yoʼnalish - biosfera va uning qismlarini
mavjudlik qonuniyatlarini oʼrganish zarurligiga asoslangan. 3. Ekologik yunalish -
insonlarni tabiat bilan biologik jihatdan bogʼlik ekanligiga asoslangan. 4. Texnik-
iqtisodiy yoʼnalish-tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish
zarurligiga asoslangan. 5. Sotsial-siesiy yoʼnalish-atrof
- muhitni muhofaza qilish
muammosini butun insoniyat miqyosida hal qilinishi zarur ekanligiga asoslanadi. 6.
Yuridik yoʼnalish- insonlarning tabiatga koʼrsatayotgan taʼsirini chegaralovchi va
jazolanishi taʼminlovchi huquqiy aktlarni ishlab chikish va uni bajarilishini talab
qilinishiga asoslangan.
Аtrof - muhitni muhofaza qilish borasidagi davlat boshqaruvi sistemasi deganda
davlat tashkilotlarining tabiiy resurslarni qayta tiklash,
ulardan oqilona va tejamli
foydalanish, atrof - muhitni muhofaza qilish sohasidagi masalalarni hal qilish uchun
qaratilgan tashkiliy faoliyatlari tushuniladi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi 1988 yil tashkil qilinib, atrof - muhitni
muhofaza qilish, tabiiy resurslardan okilona foydalanish borasida davlat nazorati va
tarmoqlararo -boshqaruv ishlarini amalga oshiradi. Uning
vazifalari quyidagilardan
iborat: 1. Respublikada tabiatni muhofaza qiluvchi faoliyatlarni kompleks holda
boshqarishni amalga oshirish. 2. Аtrof - muhitni muhofaza qilish va tabiiy
resurslardan oqilona foydalanishning yagona ilmiy-texnikaviy siyosatini yaratish. 3.
Oʼsimlik. va hayvonot olamidan, atmosfera havosi,
yer osti suvlari, tuproqdan
foydalanish va muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini oʼrnatish. 4. Xalq
xoʼjaligini barcha sohalarida kam chiqindili va chiqindisiz texnologiyalarni
jorikqilish. 5. Tabiiy resurslardan beshavqat foydalanuvchi, atrof - muhitni
ifloslantiruvchi barcha tashkilotlar va shaxslarga davlatga
yetkazayotgan zararlarni
qoplovchi jarimalar, javobgarlikni talab qilishni tashkil qilish. 6. Tabiatni asrash va
undan ehtiyotkorlik bilan foydalanishni taʼminlovchi ekologik taʼlim va tarbiyani
tubdan yaxshilash.
Hozirgi kunda insonlarni ishlab chiqarish faoliyati natijasida atrof - muhitni
ifloslanishi muammosi nafaqat mahalliy davlat va regional
balki planetar hamda
global ahamiyatga ega boʼldi. Shuning uchun atrof - muhitni muhofaza qilish
muammosini hal kiliniщi bir davlat xududi bilan chegaralanib qolmay, barcha
Davlatlar birgalikda ish olib borishlarini taqozo etadi. Ushbu sohadagi eng keng
halqaro hamkorlik Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshida olib borilayapti. 1972
yilda atrof muhit muhofazasi borasida Birlashgan Millatlar
Tashkiloti tomonidan
atrof - muhitni muhofaza qilish boʼyicha maxsus Xalqaro tashkilot tashkil qilindi.
Uning nomi Yu N Ye P - «BMT ning atrof muhit dasturi» - deb ataladi. Yu N Ye P -
ning faoliyati quyidagi yoʼnalishlarni oʼz ichiga oladi: 1. Аholi zich joylashgan
poʼnktlardagi ekologik muammolarni hal etish, inson salomatligi va yashash
sharoitini
yaxshilash, 2. Yer yuzi ekosistemalarini himoya qilish va choʼl zonalarini
kengayishiga qarshi kurashish. 3. Ekologik taʼlimni va axborot ishlarini tashkil
qilish. 4. Аtrof - muhitni muhofaza qilish sohasida savdo, iqtisodiy va texnologik