Atrof muhitni muhofaza qilish



Download 254,5 Kb.
bet3/16
Sana30.12.2021
Hajmi254,5 Kb.
#196488
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Atrof muhitni muhofaza qilish

Laboratoriya ishi 2

Mavzu: Ekologik muammolar tufayli kelib chiqayotgan ijtimoiy va iqtisodiy muammolar hamda ularni bartaraf etish yo’llari
Darsning maqsadi: Ekologik muammolar tufayli kelib chiqayotgan ijtimoiy va iqtisodiy muammolar hamda ularni bartaraf etish yo’llariini o`rganish.

Kerakli jihozlar: Biosfera chegaralari tasvirlangan rasmlar, slaydlar, jadvallar biosferada suv, kislorot, azot va uglerod elementlarining aylanishi tasvirlangan rasmlar, slaydlar, jadvallar

Topshiriqlar:

  1. Tirik organizmlar hayotining tashqi muhit bilan bog`liqligi

  2. O`simlik va hayvonlarning tashqi muhit bilan aloqasi.

  3. Ekologlar tomonidan tabiatni chog`ishtirma tasviriy usulda tadqiq etish

Tirik organizmlar hayotining tashqi muhit bilan bog`liqligi qadimdan ma’lum. Antik davrda yashagan faylasuflarning asarlarida hayvonlarning turli instinktlari, baliqlar va qushlarning migratsiyalari o`simliklarning tashqi qiyofasi tuproq va iqlim sharoitlari bilan bog`liqligi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Uyg’onish davridagi shularda o`simlik va hayvonlarning tuzilishi, yashash sharoitlari bilan bog’liq holda o’rganiladi. XVII- XVIII asrlardagi ekologik ma’lumotlar tirik organizmlarning ayrim guruhlarini o’rganishga karatilgan edi. Sh. Byuffon (1707-1778)ning ishlarida hayvonlarning tuzilishiga tashqi muhitning ta’siri masalasi ko`tarilgan. Sh.B. Lamark (1774-1829) dastlabki evolyutsion ta’limotni o’rtaga tashladi va o`simlik hayvonlarning evolyutsion o`zgarishlarida eng muhim omil bo`lgan tashqi muhit ta’siri deb hisobladi.

XIX asrdagi ekologik ma’lumotlar (A. Gumbol’t) o`simliklar geografiyasida yangi ekologik yo`nalishni keltirib chiqaradi.

1859 yil Ch. Darvin “Tabiiy tanlanish yo`li bilan turlarning kelib chiqishi” asarida tabiatdagi yashash uchun kurash ya’ni tur bilan muhit o’rtasidagi har qanday qarama-qarshiliklarning ko’rinishlari tabiiy tanlanishga olib keladi va evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchidir deb qaraydi. XIX asrning ikkinchi yarmida ekologiya fani o`simliklar hayvonlarning iqlim omillariga moslashishnni o`rgandi. A.N. Beketov (1825-1902) o`simliklar ichki va tashqi tuzilishidagi xususiyatlarni ularning geografik usullarning ekologiya uchun ahamiyati katta ekanligini ko`rsatdi. Ana shunday ishlar hayvonlar hayoti misolida F.Middendorf tomonidan o`rganildi. 1877 yil nemis gidrobiologi K. Myobiuus o`rgangan o`simliklar jamoasi haqida F. Morozov, N. Sukachev batafsil fikr yuritib bu sohaga asos soldilar. Rus olimlari N. Sukachev, A. Kellyer , V. Alexin, G. Ramenskiy, P. Shennikov va chet ellik olimlardan F. Klementes, K. Raunkiyer, T.Dyu Ris, I. Braun Blanko va boshqalarning fitotsenologiya ishlari umumiy biotsenologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo`shdi.

1940 yil boshlarida tabiiy sistemalarni o’rganishda A. Tensli, N. Sukachev 1950 yil boshlarida R. Margalef hissa qo`shdilar. O’rta Osiyolik olimlar Al Xorazmiy, A.N. Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, ibn sino ular hali ekologiya fani dunyoga kelgan davrda tabiat va undagi muvozanat o`simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash haqidagi qimmatli fikrlar aytadi.

Al Xorazmiy (782-847) 845 yilda “Kitob surat al- arz” degan asarini yozadi. Unda dunyo okeanlari, quruqlikdagi qit’alar, qutblar, ekvatorlar, cho`llar, tog’lar, daryo va dengizlar, ko’llar , o’rmonlar ulardagi o`simlik va hayvonot dunyosi shuningdek boshqa tabiiy resurslar yerning asosiy boyliklari haqida ma’lumotlar keltiradi.

Forobiy (870-910) o`zining “Ixsoa al- ulum va al-ta’orif” asaridagi zamonasidagi ilmlarni har tomonlama o`rganib ularni ma’lum tizimga solib, turkumlarga ajratdi, har bir ilm tarmog`iga maorif berishga harakat qildi. Tabiatshunoslik ilmiga katta e’tibor berdi.

Tabiatshunoslikka oid “Odam a’zolarining tuzilishi”, “Hayvon a’zolari va ularning vazifalari haqidagi kabi asarlar yozgan. Beruniy (973-1048) asarlarida o`simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari ularning tarqalishi va xo’jalikdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar topish mumkin. Beruniyning ilmiy karashlari asosan “Saydana”, “Mineralogiya”, “Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar” asarlarida Eronning turli tropik o`simlik va hayvonot dunyosini bayon etgan.

Ushbu asar o`simlik va hayvonlarning tashqi muhit bilan aloqasi ularning xulq atvori yil fasllarining o`zgarishi bilan bog’liq o`zgarishini misollar bilan tushuntiradi. Beruniy “Saydana” asarida 1116 tur dori dormonlari tavsiflangan. Ularning 750 tasi o`simliklardan, 101 tasi hayvonlardan, 107 minerallardan olinadi. Ibn Sino (980-1037) turli yozma manbalarda uning 450 dan ortiq asari yozganligi eslatiladi. Bizgacha uning 240 ta asari etib kelgan. “Tabiat qonunlari” shoh asari Z.M. Bobur (1483-1530) Boburnomada muallif O’rta Osiyo, Afg`oniston, Hindiston haqida ma’lumotlar yozadi.

O’rta Osiyoni o`rgangan olimlardan A. Sovetsov, N. Krasnov kabilarning asarlari va Kashkarov- Korovinlarning maktabini shakllantirdi. O’rta Osiyo tabiiy geografiyaning rivojlanishida ekologik yo`nalishi muhim ahamiyatga ega bo`ldi. 1920 yillarda O’rta Osiyo tabiatini dastlabki o`rgangan olimlar tomonidan biotsenozlarning tuzilmalari va tizimi shuningdek biotsenoz va landshaftlarning birinchi modeli yaratildi.

1930 yillarda ekologiya -geografiya yo`nalishiga asoslangan O’rta Osiyo ekologiya maktabi ToshDU qoshida shakllandi. Maktab o`lkaning nafaqat biomajmualari va biotarkibiy qismlarini o’rganishda katta ahamiyatga ega bo`lib qolmay , balki tabiiy geografiya, ayniqsa, landshaftshunoslik g`oyalarining rivojlanishida ham katta rol o`ynadi.

Bundan tashqari ekologiya mutaxassislar tayyorlashda, ekologiyani rivojlantirishda, shuningdek ekologiyaga oid adabiyotlarning namunalarini yaratishda ushbu maktabning xizmatlari kattadir. Maktab ekologlari bergan ilgor g`oyalar o`lkani tabiati va tabiiy resurslarini aniqlash va o’rganishda ham O’rta Osiyoda ekologik va geografik g`oyalarning rivojlanishiga katta hissa qo`shadi. Geografik yo`nalishdagi yirik ekologik va geografik shular O’rta Osiyoning tabiati biomajmualari ularning kelib chiqishi va rivojlanishi va hududiy ajralishlari rayonlashtirish landshaftlari xaritasini yaratishga qaratiladi. Shuningdek jazirama cho`l va yuqori tog’li cho`llar va ularning o`ziga xos tabiiy majmualarini o’rganish metodlari ishlab chiqiladi.

1930 yillarda ekologik geografiya ilmiy izlanishlarning natijalari kitob holida chop etila boshladi. Bunda faqat ma’lum joyning ekologik holati haqida chop bo`lmay, balki ekologiya fanining asoslari biokenologiya va fitokenologiya kabi sohalari ham rivojlantirildi. O’rta Osiyo ekologlarining ayniqsa o`lkaning ayrim landshaftlarining ekologiyasini o’rganish tuzilmasi faolligi dinamikasi va evolyutsiyasi shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning muammolari ishlab chiqildi. N.Kashkarov ishlarida landshaftlarning ayrim elementlari va ularning o`zaro bog’liqligi, birligi hamda modda va energiya almashinuvi namlik tuproq va biotik omillarning roli antropogen omillarning landshaftlarga ta’siri va boshqalar ochib boriladi. Birinchi bo`lib landshaftlar biotsenozining modelini yaratishga harakat qildi. P.A. Baranov va I.A. Raykovalar Pomir tog’larida cho`l biotsenozlarining kelib chiqishi, dinamikasi evolyutsiyasida organizmlarning hayotida noqulay haroratning roli madaniy biotsenozlarni yuqori sharoitida yaratish masalalari ishlab chiqilgan. R.I. Al’bin, E.I. Korovin, M.V. Ko’l’tov va I.I. Granitovlarning ekologiya fitotsenologik qarashlari ularning chop etilgan bir qator ishlarida o`z aksini topadi. O’rta Osiyo tabiatini ekologiya geografik yo`nalishidagi ishlab o`simlikshunoslik ekologo-botanik fitotsenologik, zooekologik, gidrobiologik, fiziologik, biotsenologik, agrometereologik shuningdek tuproqning ekologo- geografik tahlili kabi maxsus ilmiy tadq iqotlarning metodikasini shakllanishiga ta’sir etdi.

Ekologlar tomonidan tabiatni chog`ishtirma tasviriy usulda tadqiq etish o`ziga xos xususiyatga ega. Ma’lumki, tabiat bir butun, uning barcha tarkibiy qismlari bir biri bilan chambarchas bog’liqligi, murakkab dinamik rivojlanishdagi va faollik ko’rsatuvchi tizimdir. Ushbu uslubda tasvirlash asosida tekisliklardagi cho`llar, vohalar, adirlar, tog’lar, yaylovlar tashqi qiyofasini emas, balki ushbu landshaftlardagi ekologik sharoitlar asosiy “Hayot sahnasi” ya’ni o`simlik va hayvonlarning turlari biotsenozlarning yashashi faolligi va rivojlanishini belgilab boradi.

Shunday qilib, Kashkarov tomonidan landshaftlar va biotsenozlarni ekologik nuqtai nazardan tasvirlash asosida ko’pgina asarlar dunyoga keldi. Ushbu uslub uning shogirdlari T.Z. Zohidov va N.M. Meklenbursev ishlarida takomillashtirildi. O’rta Osiyo zooekologik yo`nalishdagi kompleks ishlarining rivojlanishi Z.Zohidov nomi bilan chambarchas bog’liq. U ko’p yillar davomida cho`llarni ekologik nuqtai nazardan rayonlashtirish va biologik resurslarni ekologik faunistik tahlil va sintez metodi yordamida baholashga alohida e’tibor berildi.

D.N. Kashkarov, Z.Zoxidov va boshqalarning ishlarida har xil tabiiy omil (geoglogik o`simlik va boshqalar) ta’sirida ma’lum hududlar bo`yicha hayvonlar guruhi hamda biotsenozlarning taqsimlanganligi olib berildi.


Download 254,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish