13-mavzu. Zaxarli moddalar va ekologik adolat
Reja:
1.Tabiatni zaxarli moddalar asosida ifloslanishi.
2.Zaxarli moddalar va bozor taqsimoti.
3.Xavfli chiqindilar yo'qotish bo'yicha qarorlar.
1.Tabiatni zaxarli moddalar asosida ifloslanishi.
Hozirgi vaqtda inson yashab, toʻxtovsiz munosabatda boʻlib kelayotgan tabiiy muhit uzoq geologik davrlar (4,5—4,7 mlrd. yil) mobaynida bir qancha omillarning birgalikda taʼsirida, yaʼni Quyosh nuri, Yerning massasi, gravitatsiya kuchi, koʻlami, aylanma harakatlari, tektonik harakatlar, havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va o'ʻzgarishi, ekzogen jarayonlar taʼsiri, organik dunyoning paydo boʻlishi va taraqqiyoti taʼsirida tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati oʻzaro taʼsir etib turuvchi koʻp omillarning murakkab majmuida tarkib topgan tabiiy muvozanatga bogʻliq. Chunki bir joyning iqlimi Quyosh nurining tushish burchagiga, yaʼni geografik kenglik, yer yuzasining tuzilishi, shamollar, okeanlarning uzoqyaqinligi, oqimlari va boshqalarga; oʻsimliklar qoplami esa iqlim, yer yuzidagi togʻ jinslari, relyef, tuproqlarga bogʻliq. Bu tabiiy omillarning birontasida oʻzgarish roʻy bersa, tabiiy muvozanat buziladi, bu esa tabiiy muhitda oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Baʼzan, tabiatning biror komponentiga koʻrsatilgan arzimagan taʼsir hech kutilmagan katta oʻzgarishlarga, xususan xavfli oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin.
Har qanday tirik mavjudot oʻz atrofini oʻrab turgan tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi, undan oʻziga kerakli narsalarni oladi, shu muhitda moslashadi, muhit tarkibiga, undagi modda va energiyaning aylanma harakatiga maʼlum darajada oʻzgarish kiritadi. Yerning havo qobigʻidagi hozirgi gazlar tarkibi, miqdori, ayrim foydali qazilmalari, mas., ohaktosh, toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmirning hosil boʻlishi, tuproq qoplamining tarkib topishi, rivojlanishi organizmlarning hayot faoliyati natijasidir. Organik dunyoning tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsiri biologik evolyutsiya jarayonida yangi turlarning paydo boʻlishi, raqib turlar sonining koʻpayishi yoki kamayishi va atrof muhitning oʻzgarishi natijasida oʻzgaradi.
Yerda odamnish paydo boʻlishi organik dunyo bilan tabiiy muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatni tubdan oʻzgartirib yubordi. Inson tabiatga mehnat qurollari vositasida yaylovlardan notoʻgʻri foydalanish oqibatida taʼsir koʻrsatadi. U oʻzining tabiat bilan boʻlgan oʻzaro taʼsiri usullarini takomillashtirib boradi. Natijada inson yashay oladigan hudud kengayadi, foydalaniladigan tabiiy elementlar soni va hajmi ortadi, binobarin, insonning tabiatga tazyiqi sifat jiqatidan ham, koʻlam jihatidan gʻam koʻpayadi. Inson oʻzi yashashi va faoliyat koʻrsatishi uchun tabiiy muhitdan tashqari yana sunʼiy muhitni ham bunyod etadi. Mac, shaharlar, turar joy binolari, bogʻlar, suv omborlari, yoʻllar va boshqa Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, fan va texnikaning taraqqiy etishi bilan, tabiiy boyliklarning ahamiyati, ulardan foydalaniladigan sohalar, ularni ishlatish shakllari ham oʻzgarib boradi. Qadimda bir necha xil kimyoviy elementlardan foydalanilgan boʻlsa, hozirgi vaqtda mavjud barcha elementlardan foydalaniladi. Shu bilan birga koʻpchilik foydali qazilmalar tobora koʻproq qazib chiqarilmoqda. Insonning tabiatga taʼsiri kuchayishidan, antropogen landshaftlar koʻpaymokda. Hayvonot va oʻsimlik olamidan rejasiz foydalanish yoki inson faoliyati bilan bogʻliq boshqa sabablar tufayli 16-asrning oxirlaridan 20-asrning 70y.larigacha umurtqali hayvonlarning 250 turi va kichik turlari butkul yoʻqolib ketdi. 80y.lardan boshlab xar yili oʻrtacha 1 ta hayvon turi va 50 ga yaqin oʻsimlik turi yoʻqolib bormoqda. Qush va sut emizuvchilarning 1000 dan ortiq turi yoʻqolib ketish arafasida turibdi. Yil davomida 1 mlrd. t yoqilgʻi yoqiladi, atmosferaga yuzlab mln. t azot oksidi, oltingugurt, uglerod, qurum, chang va boshqa chiqariladi. Tuproq va suvlar sanoat va maishiy chiqindilar (bir necha mlrd. t), neft mahsulotlari (bir necha mln. t), mineral oʻgʻitlar (yuz mln. t ga yaqin), ogʻir metallar, radiaktiv chiqindilar bilan ifloslanadi.
Inson tabiiy sharoit va boyliklardan koʻp maqsadlarda foydalanadi. Bu esa ayni paytda, tabiatni tegishlicha muhofaza qilishni ham taqozo etadi. Bular: xoʻjalik, sogʻliqni saqlash va gigiyena, nafosat (estetik), turizm, ilmiy hamda tarbiyaviy maqsadga muvofiq foydalanish. Maqsadga muvofiq foydalanish deganda, tabiat boyliklaridan mamlakat yoki butun insoniyat manfaati yoʻlida foydalanish tushuniladi. Bunda hozirgi va kelajak avlodning manfaatlarini koʻzlab faoliyat yuritish nazarda tutiladi. Oʻz taraqqiyotini oldindan uzoq muddatga ilmiy asosda rejalashtira oladigan va tabiiy muvozanatni oʻzgartirmasdan foydalana oladigan jamiyatgina taraqqiyotga erishadi.
2.Zaxarli moddalar va bozor taqsimoti.
5 qonuniyat mavjud
Tabiiy boyliklardan boyliklardan oqilona foydalanishdan tabiatda roʻy beradigan jarayonlarning oʻzaro bogʻlikligi va rivojlanishi qonuniyatlari haqidagi bilimlar katta ahamiyatga ega. Busiz tabiiy jarayonlarga baho berish, ularni xisobga olish, tabiatga, tabiat komponentlariga koʻrsatilgan har qanday taʼsirning kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan bilish mumkin emas. Inson tabiatdan foydalanganda va unga taʼsir koʻrsatayotganda bilishi va faoliyatida amal qilish zarur boʻlgan.
butun tabiiy kompleksda oʻzgarish roʻy berishi
tabiatda toʻxtovsiz modda va energiyaning aylanma harakati roʻy berib turadi
tabiiy jarayonlarning rivojlanishida muayyan davriyliklar mavjud (sutkalik, yillik, 12 yillik, 33— 35 yillik va koʻp yillik)
zonallik
regionallik.
Insonning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri jamiyat taraqqiyoti, ishlab chiqarish usullari mukammallasha borgan sari jadallashadi, tabiatdan, uning boyliklarini, qurilish va ishlab chiqarish. teknikasi, aloqa vositalari yirik shaharlarni oʻzgartirib, yirik vohalar, madaniy landshaftlar yaratishga, hosildor ekin hamda mevalar, mahsuldor chorva mollari yetishtirishga imkon beradi. Lekin baʼzan chuqur oʻrganmasdan inson qudratiga ortiqcha baho berib, tabiatga taʼsir koʻrsatish tabiatni foydalanib boʻlmaydigan holatga, uning buzilishi va ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Bunday manzara insoniyatning butun tarixi mobaynida kuzatiladi. Pekin 19-asrgacha insonning tabiatdan foydalanish koʻlami uncha katta boʻlmagani uchun inson faoliyatining tabiatga taʼsiri ham kamroq boʻlgan.
20-asrning 2yarmida sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi, qishloq xoʻjaligida turli xil kimyoviy moddalarning koʻp qoʻllanilishi, katta maydonlarda muttasil bir xil ekinlarning yetishtirilishi, transport vositalarining ortiqcha koʻpayib ketishi, shaharlarning yiriklashib ketishi, tabiat muhofazasiga yetarlicha eʼtibor berilmaganligi tabiiy muhitning buzilishiga, ayrim joylarning ifloslanib ketishiga sabab boʻldi. Ayrim konchilik sanoati rnlarida tabiiy muhit juda buzilib ketgan. Katta maydonlarni kon chiqindi jinslari egallagan, chuqur ochiq karyerlar yer osti suvi sathini pasaytirishi natijasida oʻsimlik qoplami qurib bormoqda. Rekultivatsiya ishlariga, xususan rivojlanayotgan mamlakatlarda yetarlicha eʼtibor berilmaydi. Hozirgi vaqtda Tabiatni muhofaza qilishq. muayyan oʻlka yoki mamlakat doirasidan chiqib, umumjahon muammosiga aylanib bormokda. Yerning ozon pardasidagi oʻzgarishlar, dunyoda haroratning koʻtarilib borayotgani, qutbiy va togʻ muzliklarining qisqarib borayotgani ana shunday muammolardan. Ayniqsa, qayta tiklanmaydigan tabiiy boyliklarning kamayib borayotganligi va atrof tabiiy muhitning ifloslanayotgani bir qancha mamlakatlarda, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda Tabiatni muhofaza qilishq. tadbirlarini koʻrishga majbur etdi. Koʻpchilik rivojlangan mamlakatlarda oʻrmonlarni kesish cheklandi, yerdan kadastr asosida foydalaniladigan boʻldi, daryo va koʻllar suvlari tozalanib, baliqlarni koʻpaytirish boshlandi. Ovchilik tartibga solindi, qoʻriqxonalar, muhofaza qilinadigan hududlar koʻpaytirildi.
Biroq 20-asrning oʻrtalaridan boshlab zararli chiqindili ishlab chiqarish. korxonalarining rivojlanayotgan mamlakatlarga koʻchirila boshlangani bu mamlakatlarda atrofmuhitning ifloslanishiga sabab boʻlmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli tabiatni muhofaza qilishga yetarli mablagʻ ajratishga qodir emas. Tabiatni muhofaza qilish sohasida xalqaro qatʼiy hamkorlikning yoʻqligi ham tabiiy boyliklardan foydalanishda va tabiatni muhofaza qilishq.da yetarlicha samara bermayapti.
Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilishni taʼminlash masalalari nazariy jihatdan ishlab chiqilgan. Lekin bularni amalga oshirish juda katta mablagʻ sarflashni talab qiladi. Buning ustiga qirgʻin qurollarini ishlab chiqarish., ularni saklash ham tabiiy muhitning ifloslanishiga olib keladi. Shu nuqtai nazardan qirgʻin qurollarni ishlashni taʼqiklash, borlarini yoʻqotish ham tabiat muhofazasida katta ahamiyatga ega.
Oʻzbekistonda 20-asrda, ayniqsa, uning 2yarmida qishloq xoʻjaligi.da monokultura tizimining qoʻllanishi, gerbitsid va pestitsidlarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi, mavjud suv zaxiralaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida atrofmuhit holatida katta salbiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Orol dengizi deyarli quridi, uning atrofida choʻllashish kuchayib ketdi, yer osti suvlari shoʻrligi darajasi oshdi. Inson salomatligi uchun zarur sharoit buzildi, kamqonlik, gepatit, zotiljam kabi kasalliklar koʻpaydi. Paxta monokulturasi taʼsirida boshqa hududlarda x.am inson hayoti uchun zarur boʻlgan ekologik vaziyat yomonlashdi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, dastlabki kunlardan boshlab, Tabiatni muhofaza qilishq.ga, respublika hududini ekologik tanazzuldan muhofaza qilishga kirishdi. Tabiatni va uning komponentlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida bir qancha qonunlar qabul qilindi. Bular "Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida" (1992-yil 9 dek.), "Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida" (1993-yil 6 may), "Yer osti boyliklari toʻgʻrisida" (1994-yil 23 sent.; 2002-yil 12 dek.da yangi tahrirdagi), "Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida" (1996-yil 27 dek.), "Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida" va "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida" (1997-yil 26 dek.), "Davlat kadastrlari toʻgʻrisida" (2000-yil 15 dek.), "Oʻrmon toʻgʻrisida" (1999-yil 15 aprel), "Chiqindilar toʻgʻrisida" (2000-yil 5 aprel)gi qonunlardir.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 54, 55 va 100-moddalarida Tabiatni muhofaza qilishq.ga oid normalar bayon etilgan. Konstitutsiyaning 11bobi 50moddasida "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar", deb koʻrsatilgan. 55-moddasida "Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir", deyilgan. Mamlakatimizda "Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi" tashkil qilingan (1996-yil 26 aprelda Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat koʻrsatadi). Qoʻmita quyidagi vazifalarni bajaradi: atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan nazorat qilish; Tabiatni muhofaza qilishq. faoliyatini tarmoklararo kompleks boshqarish; Tabiatni muhofaza qilishq. hamda resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish; atrofmuhitning ekologik holati qulay boʻlishini taʼminlash, ekologik vaziyatni boshqarish.
Oʻzbekiston Tabiatni muhofaza qilishq. sogʻasida bir qancha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va dasturlarda, jumladan, BMTning atrofmuhit boʻyicha dasturi (YUNEP)da ishtirok etadi. YUNEP va ayrim rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda Biologik xilmaxillikni saklashning milliy strategiyasi va 10 dan ortiq milliy ekologik qonunlar ishlab chikildi. 1993-yil mart oyida Qozogʻistonning Qiziloʻrda shahrida Oʻrta Osiyodagi 5 davlatning Oliy darajadagi uchrashuvida Orol dengizi muammolari boʻyicha Davlatlararo kengash va uning ijroiya qoʻmitasi hamda Orolni qutqarish xalqaro fondi tashkil etildi. Uning vazifasi Orol dengizi, uning sogʻlom ekologik sharoitini tiklash, mazkur regionni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, hudud sanitariyagigiyena muxitini yaxshilashdir.
Oʻzbekistonda 10 dan ortiq oʻrmon xoʻjaligi, 9 ta qoʻriqxona, 2 milliy bogʻ, bir qancha buyurtma qoʻriqxona mavjud. Ularda tabiat yodgorliklari, kamayib ketgan oʻsimlik va hayvonlar qoʻriklanadi, oʻrganiladi va koʻpaytiriladi. Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza qilish respublika jamiyati, 12 ta viloyat va Qoraqalpogʻiston jamiyati, Oʻzbekiston geografiya jamiyati, EKOSAN, bir qancha ilmiyommabop va ilmiy jurnallar, radio va televideniye vaqtli matbuot tabiatni muhofaza qilishq. haqidagi bilimlarni targʻib qilmoqda.
Hozirgi kunga kelib respublikamiz sanoat korxonalari tamonidan atmosferaga 2000ga yaqin ifloslantiruvchi moddalardan 2.5 mln tonna , suv havzalariga 1500ga yaqin ingradientlardan 170 mln metr kub ifloslangan oqova suv va tuproqqa 50ga yaqin kimyoviy moddalar va 150ga yaqin petisidlardan sanoat, maishiy chiqindi va kimyoviy moddalar miqdori 289 mln tonnaga etgan.
Kimyoviy moddalarning atrof muhitga ta'siri. XXI arga kelib inson tabiatga nsbatan tajavuskorlik bilian munosobatda bo'lmoqda, buning natijasida eng avvalo tabiatga juda katta zarar etkazilmoqda bu esa tabiiy muvozanatga salbiy ta'sir ko'rsatib global ekologik muammolarni kelib chiqishiga olib kelmoqda, shu bilan birga inson salomatlagiga zarar etkazmoqda.
Har yili sayyoramiz bo'yicha 2.9 mlrd tonna har-xil mahsulotlar ishlab chiqiladi, 130 mlrd tonna ruda qazib olinadi bu degani har bir tonna mahsulot ishlab chiqishimiz uchun 25-60 tonnagacha tabiatga chiqindilar tashlamiz.
Agar quruqlikni 9-12%ni qishloq xujaligi erlari, 22-25%ni yaylovlar, 2-3%ni yul,o'y-joy, korxonalar va 1%ni kon-qazilma boyliklari maydoniga tug'ri kelishini etiborga olsak, unda har bir kvadrat kilometrga 17-24 tonna chiqinli tug'ri keladi.
Hozirgi kunga qelib har yili 68 mln t. rux, 4 mln t. qurg'oshin, kadmiy 20-22 ming t., nikel 50 ming t., ftor 4 ming t., fosfor (R2O5) 35 mln t., smob 15-48 ming t., pestisidlar 3.2 mln t., polixlorbifenil 500 ming t., benzopiren 8 ming t., ftor uglevodorodlari 710 ming t., mis: atmosferaga 65 ming t.; qattiq chiqindi sifatida 80 ming t.; 100 ming t. o'g'it sifatida tabiatga tashlanmoqda.
Kimyoviy moddalarning atrof muhitga ta'sirini kamaytirish chora tadbirlari. Tabiat insonlarning moddiy va ma'naviy talablarini qondiruvchi manbadir. Tabiat – bu butun moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyat bir-biri bilan chambarchas bog'langan yaxlit borliqning ikki bo'lagini tashkil etadi.
Inson va atrof-muhitning umumiy belgilari bilan bir qatorda o'ziga xos tomonlari ham bor. Inson yashashai uchunzarur bo'lgan barcha narsalar – ozuqa, kiyim, qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi.O’zbekiston ham ko’plab rivojlangan mamlakatlar qatoriga yangi ming yillikga qator ijtimoiy-iqtisodiy demografik va ekologik xarakterga ega bo’lgan dunyo miqyosidagi muammolar bilan kirib keldi. Tabiiy resurslardan jadal foydalanish, moddalarning tabiiy aylanish tarkibiga kirmaydigan ishlab chiqarishning foydalanishning mumkin bo’lmagan mahsulotlarning atrof-muhitga tashlash, ekologik jihatdan xavfli bo’lgan biotexnologiyalardan foydalanish energiya manbalaridan va boshqalar inson faoliyati bilan o’rab turuvchi muhitning holati orasidagi muvozanatning buzilishiga olib keldi. Ko’pchilik holatlarda buzilgan muhitda tirik organizmlarning yashash faoliyati bilan ularning adaptasion mexanizmlari imkoniyatlarining mos kelmasligi kuzatilmoqda. Yuqori texnogenli yuklamalar natijasida ta’minlab beruvchi tashqi muhit tajovuzining ortishi tirik organizmlar genofondining sifatiga albatta o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi, qaysiki tabiiy evolyusion moslashishning tezligi atrof muhitning o’zgarish jadalligiga mos kelmaydi va bu esa o’z navbatida tabiatda «Ekologik keskinlik» sindromini chaqiradi .
Ekologik keskinlik sifatiy jihatdan yangi xarakterga ega bo’lish bilan birga katastrofik masshtabni egallamoqda. Bunday sharoitlarda organizm bilan muhit orasidagi munosabatlar murakkablashadi va keskinlashadi.
O’tgan asrning 90-yillarida O’zbekiston hududida ko’plab sanoat korxonalari qurildi. Masalan, Qoravulbozor neftni qayta
ishlash, Muborak gaz kondesat zavodi, Navoiy azot o’zeli, Navoiy tog’ metallurgiya kombinati, Jizzax akkumulyator zavodi va hokazolar tomonidan tashqi muhitga zaharli sanoat chiqindilari chiqarilmoqda. Organizmlar yashayotgan muhitning texnogen o’zgarishlari orasida uning sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi ancha ayanchli asoratlarga olib kelmoqda. Turli tabiatga ega bulgan zaharli moddalar ancha yuqori xavf tug’diradi.
Ifloslovchi moddalar texnogen moddalar yoki tabiiy xarakterdagi aralashmalar sifatida kimyoviy elementlarni migrasiyalanish va energiyani transformasiyalanish sikllarini buzadi va ekotizimning yaxlit faoliyatiga noqulay ta’sir ko’rsatadi. Biosferada dunyo miqyosidagi hududiy va lokal oqimlari va ksenobiotiklarni, ya’ni biosfera uchun begona bo’lgan kimyoviy birikmalarning aylanishi shakllanadi .
Yuqorida keltirilgan malumotlar shuni korsatadiki, sanoat korxonalaridan chiqayotgan chiqindilarning tarkibini aniqlash, ularning zararli jihatlarini organish va chiqindilarni zararsizlantirishning optimal usullarini ishlab chiqish hamda ulardan oqilona foydalanish istiqbollarini yaratish dolzarb masalalardan biriga aylandi.
Biz oz oldimizga Samarqand superfosfat korxonasidan chiqayotgan chiqindilarni tarkibiy jihatdan organish, ulardan oqilona foydalanish usullarini ishlab chiqishni maqsad qilib oldik.
Samarqand superfosfat korxonasidan chiqayotgan chiqindilarning mikroelementar tarkibini organish tajribalari Samarqand davlat universiteti “Mikroelementlar ilmiy tadqiqot laboratoriyasi”da olib borildi. Chiqindi tarkibidagi mikroelementlar tarkibi Kovalskiy (1969), Xavezov (1983) va Aleskov (1988) usullari yordamida atom-adsorbsionli spektrofotometr (“Saturn”)dan foydalanilgan holda aniqlandi.
Kimyo sanoati atrof muhitni ifloslantirishi. Kimyoviy moddalar tavsifnomasi. Inson, qolaversa barcha jonivorlar olami yashayotgan atrof muhit, tabiiy hodisalar, jumladan vulqonlar, zilzila, metioritlar tushishi, to'fon, dovul, yong'inlar, qurg'oqchilik, shuningdek bevosita inson faoliyatlari natijasida atrof muhit ifloslanishi kuzatiladi. Atrof muhitni tabiiy va antropogen ifloslanishi asosan kimyoviy moddalar ishtirokida kuzatiladi.
Insonning tabiatga etkazgan salbiy ta'siri natijasi fan-texnika inklobi davrida, ayniqsa, avj oldi. Ilmiy texnika yutuqlari asosida zavod va fabrikalar rivojlanishi, qishloq xujaligining tiklanishi xalq xujaligining o'sishiga olib kelishi bilan bir qatorda tabiiy boyliklarining isrof bo'lishiga, chiqndilar bilan atrof-muhitni ifloslanishiga olib keldi.
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalar asosan kimyoviy moddalar hisoblanadi. Ularni biz asosan ikki katta guruxga bo'lamiz: atrof-muhitni ifloslantiruchi kimyoviy moddalar va kimyo sanoati korxonalari tamonidan ishlab chiqariladigan kimyoviy preparatlar.
Hozirga qadar er qaridan 100 mlrd. tonnadan ortiq ko'mir, neft, torf kabilar qazib olingan. Ularning yoqilg'i sifatida ishlatilishi natijasida 3,8 mlrd. tonna kul, chang atmosferaga tarqalgan. Shu kul va chang bilan birgalikda 1,9 mlrd. mish'yak, va 1,2 mlrd. tonna zaxarli surma, sink, 68 mln t. rux, 4 mln t. qurg'oshin, kadmiy 20-22 ming t., nikel 50 ming t., ftor 4 ming t., fosfor (R2O5) 35 mln t., smob 15-48 ming t., pestisidlar 3.2 mln t., polixlorbifenil 500 ming t., benzopiren 8 ming t., ftor uglevodorodlari 710 ming t., mis: atmosferaga 65 ming t.; qattiq chiqindi sifatida 80 ming t.; 100 ming t. o'g'it sifatida tabiatga ya'niy havo, tuproq va suvga tushgan.havo, tuproq va suvga tashlanmoqda. Bu esa o'z navbatida tabiatdagi moddalar harikati natijasida deyarli barcha hayot muhitlarida to'planadi va tabiiy muvozanatni izdan chiqishiga olib keladi.
Sanoat korxanalaridan atrof muhitga tashlanadigan va ishlab chiqariladigan kimyoviy moddalar. Atrof-muhitga 7 mlrd. tonnaga yaqin tushadigan sanoat korxonalari chiqindilariga asosan: uglerod oksidlari (SO, SO2); oltingurgut oksidlari (SO, SO2); vodorod oltingurguti (H2S); azot oksidlari (NO, NOx); ammiak (NH3); inert gazlardan: frionlar (SN3ClF, C2H4ClF); vodorod ftorid (HF); uglevodorodlar (CH4, SnN2+2n), og'ir metallar temir (Fe), qurg'oshin (Pb), nikel (Ni), simob va boshqalar. Ularni birnecha mingdan ortiq turlari mavjud. Atrof-muhitganga ta'siri bo'yicha sanoat korxonalari chiqindilarini miqdori bo'yicha: energetika (31%); avtomobilsozlik (24%); qora metallurgiya (14%); qurilish materiallari sanoati (11%); rangli metallurgiya (7%); neftni qaytaishlash (5%); kimyo sanoati (4%) va qolganlari boshqa tarmoqlarga tug'ri keladi.
Atrofmuhitni ifloslantiruvchi yana bir kimyoviy moddalardan biri bu – zaharli kimyoviy preparatlar va kimyoviy o'g'itlar hmsoblanadi. Zaharli kimyoviy preparatlarni biz pestisidlar (lotincha suz pestis- zahar va cid- o'ldirmoq) deb ataymiz. Ularni kimyoviy tarkibiga ko'ra uch guruxga bo'lamiz: 1. anorganik birikmalar (margimush, mis, rux, ftor, bariy, simob, oltingurgut birikmalari, xloratlar va boshqa birikmalar); 2. o'simlik, zamburug', bakteriyalardan olinadigan (pirstiroidlar, anabazin, nikotin, bakterial preparatlar, antibiotiklar va boshqalar) kimyoviy moddalar; 3. organik birikmalar, ular ta'siri jihatidan aktiv moddalar hisoblanadilar.
Pestisidlar ishlatilishiga qarab bir necha guruhga bo'linadi:
1. insektisidlar (insectum-hashorat, cido-o'ldirmoq) – o'simlik zararkunandalariga qarshi kurash preparatlar (akarasidlar-kanalarga qarshi; lavrisidlar-dumaloq chuvalchanglarga qarshi; nematosidlar-shilliq qurtlar va buzoqboshilar; zoosidlar-hayvonlar);
2. fungisidlar va bakterisidlar - zamburug' va bakteriyalarga qarshi kurash preparatlari;
3. gerbisidlar – begona o'tlarga qarshi kurash vositasi;
4. defolianlar – barglarni so'n'iy to'kish vositasi;
5. desikantlar – o'simliklarni qovjiratib ildizini quritadigan preparatlar;
6. arborisidlar – xalaqit beradigan dov-daraxtlarni quritadigan kimyoviy moddalar;
7. algisidlar – suv o'tlarini yo'qotish uchun kimyoviy moddalar;
8. repilentlar – xashoratlarni haydovchi kimyoviy vosita;
9. atraktantlar – xashoratlarni chaqiruvchi kimyoviy vositalarga ajratamiz.
1874 yilda birinchi bulib pestisidlar kashf etilishi bilan inson zararkunanda hashoratlar bilan kurasha boshlagan. Shu kungacha DDT (dixlordifeniltrixloretan)ni uzidan 2-5 mln tonnagacha ishlatilgan er yuzida. Uni parchalanish davri 3-25 yilgachiligi etiborga olsak, bundan ko'rinib turibdiki hanuzgacha uning atrof-muhitga ta'siri kamaygani yo'q. 1970 yilda DDT ishlab chiqish to'xtatildi va undan foydalanish bekor qilindi. DDT nafaqat hashoratlarga balkim baliq, qushlar, hayvonlar va insonlarga salbiy ta'sir ko'rsatgan.
Neftni qayta ishlashda atrof muhitga juda ko'p miqdorda 20 dan ortiq elementlardan tashkil topgan 805 birikma hosil bo'ladi. Ularga misol qilib: metil simob, alkanlar, sikloalkanlar, fosfor, vanadiy, marganes, xrom, kobalt, bor biikmalarinimisol qilib keltirishimiz mumkin.
Hozirgi kunga kelib respublikamiz sanoat korxonalari tamonidan atmosferaga 2000ga yaqin ifloslantiruvchi moddalardan 2.5 mln tonna , suv havzalariga 1500ga yaqin ingradientlardan 170 mln metr kub ifloslangan oqova suv va tuproqqa 50ga yaqin kimyoviy moddalar va 150ga yaqin petisidlardan sanoat, maishiy chiqindi va kimyoviy moddalar miqdori 289 mln tonnaga etgan. Kimyoviy moddalarning atrof muhitga ta'sirini kamaytirish chora tadbirlari. Tabiat insonlarning moddiy va ma'naviy talablarini qondiruvchi manbadir. Tabiat – bu butun moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyat bir-biri bilan chambarchas bog'langan yaxlit borliqning ikki bo'lagini tashkil etadi.
Inson va atrof-muhitning umumiy belgilari bilan bir qatorda o'ziga xos tomonlari ham bor. Inson yashashai uchunzarur bo'lgan barcha narsalar – ozuqa, kiyim, qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi. Bunga erishish uchun tabiiy boyliklardan foydalaniladi, albatta bu xomashyolarni qayta ishlash lozim. Buning uchun ulkan sanoat infratuzilmasi yaratilgan. Yuqorida fikr yurtganimizdek sanoat karxonalari nafaqat mahsulotlar ishlab chiqaradi balki atrof-muhitga chiqindilar ham tashlaydi, bu esa tabiatga o'zini salbiy ta'sirini ko'rsatadi.
Hozirgi kunga kelib dunyo aholisi soni 7 mlrdga etib bormoqda, albatta bu tabiy resurslardan ko'proq foydalanishga olib kelmoqda. Natijada atrof-muhitga tashlanadigan chiqindilar yildan yilga oshib ketmoqda. Shuning uchun Ona tabiatimizga o'z ta'sirini ko'rsatadigan sanoat chiqindilaridan himoyalash davr talabi bo'lib qolmoqda, chunki ifloslangan tabiiy muhit nafaqat insonlarga balki tabiatimizga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu borada nafaqat davlatimiz balki dunyo davlatlari tamonidan birqancha chora tadbirlar ishlab chiqilgan. Halqaro miqyosda juda ko'p konvensiyalar BMT tomonidan ishlab chiqilgan va hozirgi kunda amal qilmoqda. Ma’lumki, kimyo sanoati korxonalarida turli kimyoviy moddalar ya’ni, kislotalar, ishqorlar, tuzlar, mineral o’g’itlar, polimerlar, sintetik tolalar va boshqa mahsulot turlari ishlab chiqariladi. Kimyo sanoati ishlab chiqaradigan mahsulotiga, foydalanadigan xom ashyosiga, shuningdek, texnologik jarayonlariga qarab bir necha tarmoqqa bo’linadi. Kimyo sanoatining o’ziga xos xususiyati shundaki, shu sohaga taalluqli korxonalar bir-birlariga uzviy bog’liq holda faoliyat yuritadilar. Ularning ishlatadigan xom ashyolari ham ko’pincha mazkur korxonalar tomonidan ishlatiladi.
Bunda xom ashyodan kompleks foydalanish, yani bir korxona faoliyati natijasida hosil bo’lgan oraliq mahsulotdan boshqa korxona foydalanishi mumkin bo’ladi.
Kimyo sanoatining rivojlanishi bilan xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish ham sezilarli o’sdi. Bu o’z-o’zidan aholi turmush farovonligining yuksalishiga olib keldi, ammo masalaning boshqa bir jihati ham borki bu hammani tashvishga solmoqda.
Kimyo sanoatining rivojlanishi, kimyoviy moddalardan keng foydalanish, sanoat chiqindilari, kimyoviy ishlab chiqarish chiqitlarining ko’payib ketishi tabiiy muhitning zaharlanish darajasining yuqori bo’lishiga olib keldi. Biroq, jamiyat taraqqiyotini, inson ehtiyojlari muammosini hal etishni kimyo fanisiz tasavvur qilib bo’lmaydi, shuningdek, xo’jalik faoliyatida kimyoviy birikmalardan foydalanishdan voz kechib bo’lmaydi. Demak, barcha diqqat e’tiborni ularni ishlab chiqarish me’yoriga, tartib qoidalariga va ulardan ekologik hamda ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda oqilona foydalanishimizga qaratishimiz zarur bo’ladi.
Shuning uchun, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan zaharli kimyoviy moddalarning ruxsat etilgan me’yoriy miqdorlari ishlab chiqilgan. Zaharli kimyoviy moddalarni keng ko’lamda qo’llash, gigiyena fani zimmasiga ko’p muammolarni yechish masalasini qo’yadi. Zaharli kimyoviy moddalar o’z nomi bilan zahardir. Mazkur moddalarning ta’siri faqatgini hayvonlar, hasharotlar yoki o’simliklar uchun xavfli bo’lmay, balki inson uchun ham zararlidir. Zaharli kimyoviy moddalar bilan tashqi muhitning ifloslanishi, o’z navbatida aholi sog’lig’iga va barcha jonivorlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun ham zaharli kimyoviy moddalarni xalq xo’jaligida ko’plab ishlatishning zararli oqibatlarini oldini olish kerak, shuningdek, atmosfera havosini, suv va tuproqni korxonalarning chiqindilari, hamda oqava suvlaridan asrash yo’llarini o’ylab topish dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Zaharli kimyoviy moddalarga sanitariya-gigiyena jihatidan baho berishga aloqador masalalar Respublika Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan boshqarib turiladi.
Zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada bo’lish qoidalarini buzganlik uchun ham jinoiy jazo mavjud bo’lib, Jinoyat Kodeksi (JK) ning 201-moddasiga binoan, xo’jalik faoliyatida o’simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral o’g’it o’sish biostimulyari yoki boshqa kimyoviy dorilarni ishlab chiqarish saqlash, tashish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish odamlarning ommaviy kasallanishini hayvonlar parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoxud boshqacha og’ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo’lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yil mudattda muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum bo’lishi mumkin.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
Ekologiya ifloslanishiga sabab bo’ladigan omillar?
Zaxarli moddalarni xavfsiz yo’qotish haqida nimalarni bilasiz?
Chiqindilarni qayta ishlash haqida nimalarni bilasiz?
Zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada bo’lish qoidalarini buzganlik uchun qanday jazo qo’llaniladi?
Testlar.
1. Inson tabiatdan foydalanganda va unga taʼsir koʻrsatayotganda bilishi va faoliyatida amal qilish zarur boʻlgan, qonuniyat mavjud?
a) tabiatdagi barcha komponent va elementlar oʻzaro bir-birlari bilan bogʻlangan, oʻzaro taʼsir etib, muayyan muvozanatda boʻlib, uygʻunlik hosil qilgan. Biron komponent yoki element oʻzgarsa, butun tabiiy kompleksda oʻzgarish roʻy beradi
b) tabiatda toʻxtovsiz modda va energiyaning aylanma harakati roʻy berib turadi. Bu xayot asosi
c) Insonning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri jamiyat taraqqiyoti, ishlab chiqarish usullari mukammallasha borgan sari jadallashadi, tabiatdan, uning boyliklarini, qurilish va ishlab chiqarish. teknikasi, aloqa vositalari yirik shaharlarni oʻzgartirib, yirik vohalar
d) barcha javob to’g’ri
2. Qaysi shahar 19-asrgacha insonning tabiatdan foydalanish koʻlami uncha katta boʻlmagani uchun inson faoliyatining tabiatga taʼsiri ham kamroq boʻlgan.
a)Pekin
b)Seul
c)HongKong
d)Xitoy
3. Yerning qaysi qatlami oʻzgarishlar, dunyoda haroratning koʻtarilib borayotgani, qutbiy va togʻ muzliklarining qisqarib borayotgani ana shunday muammolardan.
a) biosferaning o’zgarishi
b) ozon pardasidagi oʻzgarishlar
c) traposferaning yupqalashishi
d) biosferaning o’zgarishi
4. Oʻzbekistonda oʻrmon xoʻjaligi qancha?
a)10dan ortiq
b)9ta
c)2ta
d)ko’p
5. . Oʻzbekistonda qo’riqxona qancha?
a)10dan ortiq
b)9ta
c)2ta
d)ko’p
6. Oʻzbekistonda milliy bog’ qancha?
a)10dan ortiq
b)9ta
c)2ta
d)ko’p
7. Har yili sayyoramiz bo'yicha qancha tonna har-xil mahsulotlar ishlab chiqiladi?
a) 2.9 mlrd tonna
b) 1.9 mlrd tonna
c) 2.3 mlrd tonna
d) 2.5 mlrd tonna
8. Hozirga qadar er qaridan qancha ko'mir, neft, torf kabilar qazib olingan.
a) 100 mlrd. tonnadan ortiq
a) 300 mlrd. tonnadan ortiq
a) 350 mlrd. tonnadan ortiq
a) 230 mlrd. tonnadan ortiq
9. Gerbisidlar….
a) o'simliklarni qovjiratib ildizini quritadigan preparatlar
b) begona o'tlarga qarshi kurash vositasi
c) xashoratlarni haydovchi kimyoviy vosita
d) xashoratlarni chaqiruvchi kimyoviy vositalarga ajratamiz
10.A traktantlar ….
a) o'simliklarni qovjiratib ildizini quritadigan preparatlar
b) begona o'tlarga qarshi kurash vositasi
c) xashoratlarni haydovchi kimyoviy vosita
d) xashoratlarni chaqiruvchi kimyoviy vositalarga ajratamiz
Do'stlaringiz bilan baham: |