1-mavzu.Kelajakdagi ekologik muammolar
Reja:
1. Iqlim o‘zgarishi va ekologik masalalar.
2. Atrof-muhit muammolari yuzaga kelishida iqtisodiyotning roli.
3. Ekologik iqtisodiyot va atrof-muhit.
Iqlim o‘zgarishi va ekologik masalalar.
Tabiat insonning barcha hayotiy ehtiyojlarini qondiruvchi noyob va betakror manbadir. Insoniyat va tabiat o‘rtasidagi mavjud muvozanat esa shu qadar nozik, o‘zaro bog‘liq, o‘zaro tobe va shunchalar zaifki, gohida u yoki bu inqiroz, falokat yoki halokatning ibtidosini ilg‘ash juda mushkuldir.
Sanoat rivojlanishi oqibatida atmosferaga chiqayotgan uglevodorod gazi miqdori yil sayin ko‘paymoqda. Bu esa sayyoramizda “bug‘xona hodisasi“ni kuchaytirib, keskin iqlim o‘zgarishlarini yuzaga keltiryapti. Oqibatda tabiiy ofatlar ko‘paymoqda. Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050-yilga kelib, sayyoramiz aholisi 8,0 mlrdga yetadi. Mavjud noekologik texnologiyalar sharoitida bu atrof-muhit sifatining keskin yomonlashuvi, suv va havo havzalarining keskin ifloslanishi, tabiiy resurslarining kamayishi, ko‘plab murakkab iqtisodiy, energetik, oziq-ovqat hamda ijtimoiy-siyosiy muammolarga olib kelishini tushunish qiyin emas, dunyoning ayrim joylarda yog‘ingarchilik odatdagidan ancha ko‘p bo‘lsa, boshqa hududlarda qurg‘oqchilik avj olyapti. Joriy yilning o‘zida kuzatilgan “tabiiy me’yorlarning buzilish” holatlari bunga yaqqol misol bo‘ladi. 2010 yil bahorida ba’zi Yevropa davlatlarida kuchli suv toshqinlari ro‘y berdi, yoz esa juda issiq va quruq keldi.
Jahon meteorologiya tashkiloti rahbari Mishel Jarroning fikricha, sayyoramizda o‘rtacha harorat 7 darajaga ko‘tarilsa, Yer yuzi hududining teng yarmi hayot uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi. Chunki ayrim unumdor yerlar cho‘llanishga yuz tutsa, ayrimlari suv ostida qoladi.
Iqlim o‘zgarishlari hayvonot olamiga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Ornitologlarning kuzatuvlariga qaraganda, global isish tufayli Hindistonda yashovchi uzundumli to‘tilar shimoliy o‘lkalarga ko‘cha boshlagan. Olimlarning fikricha, ellik yildan keyin mintaqamizda uzundumli to‘tilar qarg‘alarga nisbatan ko‘payar ekan.
Butun dunyoni xavotirga solayotgan global iqlim o‘zgarishining oqibatlari Yevropada yaqqol sezilmoqda. Masalan, bahorda yoqqan tinimsiz yomg‘ir keltirib chiqargan toshqinlar bir necha shaharni vayron qildi. May oyida havo harorati so‘nggi 250 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga chiqdi. Buning oqibatida Italiya va Shveysariyadagi muzliklar maydoni keskin qisqara boshladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi sababli tog‘larda o‘pirilishlar, daryo o‘zanlarining o‘zgarishi, landshaftlarning buzilishi ro‘y bermoqda.
Osiyoda ham iqlim o‘zgarishining belgilari kuzatildi. Iyul-avgust oylarida Bangladesh va Pokistonda yoqqan tinimsiz yomg‘ir oqibatida millionlab odamlar boshpanasiz qoldi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, har yili atmosferaga 100 million tonnadan ortiq uglevodorod chiqarilar ekan. Shuning 74 foizi rivojlangan davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Olimlarning fikricha, o‘rmon yong‘inlari oqibatida atmosferaga chiqayotgan karbonad kislotasi sanoat chiqindilarining 50 foiziga teng ekan. Havoga ko‘tarilgan tutun atmosferaning yuqori qatlamida kuyindi zarralarini ko‘paytiradi. Oqibatda, sayyoramizga Quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasi qaytadan koinotga yoyilish o‘rniga, Yerning o‘zida qolib, “bug‘xona hodisasi“ni keltirib chiqarmoqda.
Jahon hamjamiyati global isishga qarshi qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. XXI asr chegarasida yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlab topish uchun zamonaviy muammolarni hal qilish va kelgusida ularning oldini olishga yo‘naltirilgan barqaror taraqqiyot konsepsiyasi ishlab chiqildi. “Barqaror taraqqiyot” atamasi (Sustainable Development) ingliz tilidan kelib chiqqan bo‘lib, uni turg‘un, qo‘llab-quvvatlanayotgan, avaylanayotgan, davomli, uzluksiz rivojlanish deb tarjima qilish mumkin. Adabiyotda ushbu tushunchaning yuzdan ortiq ifodalarini uchratish mumkin. Uning ko‘p ishlatiladigan ifodasi 1987-yilda e’lon qilingan “Bizning umumiy kelajagimiz” mavzusidagi ma’ruzada keltirilgan. Unga ko‘ra, “Barqaror taraqqiyot” deganda hozirgi avlod hayotiy ehtiyojlarini kelgusi avlodlar ehtiyojlarini qondirishga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladigan rivojlanish tushuniladi.
Hozirgi kunda butun dunyoda keng miqyosda tan olingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror taraqqiyot konsepsiyasi 1992-yilda Rio de Janeyroda tashkil qilingan, dunyo mamlakatlari rahbarlarining eng yirik uchrashuvlaridan biri sanalgan yig‘ilishda tasdiqlangan.
Mazkur forumda ishtirok etgan 179 mamlakatning siyosiy va diniy rahbarlari, yuqori lavozimdagi vakillari o‘zlariga istiqbolda jahon taraqqiyotini barqarorlashtirish majburiyatini oldilar va bu iqtisodiy o‘sishni to‘xtatib qo‘yishni emas, balki kelgusi avlodlarning katta miqdordagi ehtiyojlarini ko‘zda tutadi.
Agar insoniyatning barcha tarixiy tamadduni davomida butun tabiat va uning resurslari cheksiz va bitmastuganmasdek ko‘ringan bo‘lsa, sanoat taraqqiyoti davri, ya’ni oxirgi ikki asr bunday tasavvurning butunlay xato ekanligini isbotlab bergani tobora aniq va ravshan bo‘lib bormoqda.
Ma’lumot uchun. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2030-yilga borib, global isish tufayli jahon iqtisodiyotiga yiliga 2 trillion AQSh dollari miqdorida zarar yetishi mumkinligini ma’lum qildi.
Ma’lumki, iqlimning o‘zgarib borishi va uning atrof-muhitga ta’siri XXI asrning eng asosiy muammolaridan biri bo‘lib insoniyat oldida turgan jiddiy muammolardan biri hisoblanadi buning natijasida atrof-muhitning zararli chiqindilar bilan ifloslanishi muammosi kelib chiqdi. Tabiat va jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos antropogen modda va energiya almashinuvi vujudga keldi. Antropogen modda almashinuvi xom ashyolarni tabiatdan oshig‘i bilan olinishi va zararli chiqindi holida atrof-muhitga tashlanishi, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi azaliy muvozanatning buzilishiga olib keldi. Tabiat va jamiyat munosabatlarining rivojlanishida biogen, antropogen va texnogen (nanogen) bosqichlar ajratiladi.
2010 yildan 2019 yilgacha o'rtacha global harorat o'rtacha 1951 yildan 1978 yilgacha bo'lgan o'rtacha ko'rsatkichga nisbatan (Manba: NASA )
XXI asrda insoniyatni xavf ostida qoldirayotgan hodisalardan biri ekologik vaziyat hisoblanadi. Atrof-muhitni himoya qilish, ekologik me’yor, tabiiy boyliklarini kelgusi avlodlarga tejamkorlik bilan foydalanib yetkazish bugungi kunda dolzarb muammodir. Afsuski, hali ko‘plar davlatlar ushbu muammoga beparvolik va mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bo‘lmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |