Atoyi o’ldi, sizga boqiy bo’lun,
Jahonda to abad jonu tiriklik.
Bu yerda Atoyi o’lgani, yorga boqiy bo’lgani tilga olinadi, ya’ni bu foniy dunyoni tark etib, boqiy bunyoga o’tishi nazarda tutilgan. Baytning ikkinchi misrasida esa Atoyining joni jahonda tirikligi aytilgan. G’azal sufyona ruhda yozilganligi uchun bu qo’shmisrani Ollohga oshiq bo’lgan odamga tiriklik muhim emasligi, ular boqiy hayotni orzu qilishi, shu oshiqlik tufayli so’fiylarning joni hijron bilan tirikligi-yu, visol boqiy hayotdagin nasib qilishini ko’rish mumkin.
Atoyining ba’zi baytlarida dunyoning o’tkinchiligi badiiy tasvirlar bilan ko’rsatib o’tilgan
Bo’lma bahori husnungga g’arra, ki bu xazon umr,
Bog’i hayotta ne gule qo’yg’usi, ne giyoh ham. (145-bet)
Ya’ni, bahorning husniga mag’rurlanmasligi kerak, chunki bu husn hazonning umri singari. Bog’da gul ham giyoh ham hazon faslida umri tugaydi.
Atoyi ijodida she’riy san’atlardan unumli foydalanib, tashbeh, talmeh, istiora, irsoli masal va shu kabi san’atlardan unumli foydalangan.
G’uncha sevinib to’nig’a sig’mas,
O’xshatsam o’qung bashog’i birla. (26-bet)
Ushbu baytda husni talil san’atidan foydalangan. O’qing bashog’i – kiprikni tariflaganda g’uncha to’niga sig’may, ochilib ketadi.
Jim zulfing, nun qoshing qasdi jon aylab edi,
Boqi bo’lsun, lutf etib kirdi alif qadding aro. (25-bet)
Ushbu baytda kitobat san’atidan foydalanilgan. Yor sochini arab alifbosidagi “Jim” harfiga, qoshini “nun” harfiga o’xsharib soch va qosh birlashganda oshiqqa qasd qiladi, ularning orasiga “Alif” qad kirib oshiqqa jon beradi. Bu uch harf birlashib jon so’zini hosil qiladi
“Nunul-qalam” rumuzini qoshingdin onglag’on,
Ilmas ko’ziga nuktacha yuz “Qof” tog’i.
Ushbu g’azalda ham kitobat san’atining go’zal namunasini ko’rishimiz mumkin: “Nunul-qalam” so’zining ma’nosi nun harfini qalamga olish, yozish degan ma’nolarni anglatadi. Misrada “nun” harfini yozishni yorning qoshingdan o’rgangani aytilgan
Ikkinchi misrasida “Qof” so’zi vositasida kitobat va iyhom san’atidan foydalanilgan. “Qof” ikki ma’noda: “Qof” harfi va Qof tog’i ma’nosida kelgan. “Qof” harfidagi ikki nuqta ko’zga o’xshatilgan.
Iyhom san’atidan quyidagi misrada ham unumli foydalangan:
Vah ne mus’hafdur yuzing kim, kashfi kashshof ayladi,
Xatm qildi, ko’rgach oni darsu ham tafsirdin. (178-bet)
Baytdagi “kashshof” so’zi kashf qilingan va “Al-Kashshof” asari sifatida qo’llanilgan. Bu ma’noni ikkinchi misradagi “tafsirdin” so’zidan bilishimiz mumkin. “Al-Kashshof” asari Qur’oni karimning tafsiriga bag’ishlangan asardir.
Atoyi bir qancha alohida baytlarida tabiat bilan bog’liq kechinmalarning qiyosiy, yonma-yon tasvirlari uchraydi. Bunday tasvirlar orqali shoir yangi mazmun, esda qoladigan obrazlar yaratadi:
Yig’lab yuzingdin olayin zulf niqobin,
Gul yaxshi ochilmas, kechalar yog’masa yomg’ur. (64-bet)
Yoki:
Banda zulfingni parishoni ayla qoshing ilida,
Kim, yangi oy ko’zga ravshanroq ko’rinur kechqurun. (197-bet)
Ushbu baytlarda tamsil san’atidan foydalanilib, baytning tushunarli qilish uchun hizmat qilgan.
“Hamroh” radili g’azalida tamsil san’atidan unumli foydalangan
Xati mushkin, ki dur jon birla hamroh
Xizrdur obi hayvon birla hamroh. (202-bet)
Baytda yorning “Xati mushki” ya’ni lab ustidagi ayollarda bo’ladigan mayda tuk mo’ylab yorning joni bilan hamrohligiga Xizr tiriklik suvi bilan hamkrohligi misol sifatida keltirilgan. G’azalning davomida “Bulutdek mohi tobon birla hamroh”, “Kufredur imon birla hamroh”, “Muhabbat dardi darmon birla hamroh”, singari tamsillar keltirilgan. Baytning maqtasida:
Riqobingda Aoyi ushbu yo’lda,
Erur mo’re Sulaymon birla hamroh. (202-bet)
Riqob – uzangi ma’nosini bildiradi. Atoyi bu o’rinda hamroh ma’nosida qo’llab, haq yo’lida yorga hamrohlik qilishi va o’zini chumoliga tenglashini ko’rish mumkin.
Chunki dilbar furqatinda aylading bag’rimni su,
Ey yaman baxtim ne bo’ldi, yaxshilik qil, sol sug’u. (20-bet)
Ushbu baytda irsoli masalning go’zal namunasi va takrirdan foydalanilgan. Yorning jafolari va oshiqning bu jafolarga etibor bermay oshiqlikda davom etadi. Oshiq inson yorga doim yaxshilikni ravo ko’rib keladi.
Birinchi misradagi “su” va ikkinchi misradagi “sug’u” takrorlanuvchi so’zlari orqali g’azal ohangdorligini taminlashga hizmat qilmoqda.
Ko’zum to ko’rdizulfing kamandin,
Ko’nglum bo’ynumg’a soldi ishq bandin. (173-bet)
Ko’zim yorning sochini ko’rdi va ko’ngil bo’ynimga ishq bandini soldi. Ushbu baytda soch arqoni so’ziga mos tarzda bo’yinga tushgan ishq bardi so’zlari orqali go’zal mutanosiblik hosil bo’lgan. Ijodkor sochni uning bo’yniga tushgan band sifatida tariflaydi.
Quyidagi misrada esa husni ta’lil san’ati qo’llanilgan:
Baxs etar shakkarnay labingiz birla so’roli,
Og’zing bila torlik taloshur pista ne yorg’u. (199-bet)
Bu o’rinda yorning og’zi shu darajada torki, hatto pista bilan torlikni talashadi
Atoyi o’z g’azallarida yaqin sharqning mashxur shaharlarining nomini talmeh va tashbeh sifati qo’llagan. Masalan: “Mushki Ho’tan”, “Kashmir” “Misr”
Atoyi ijodining asosiy salmog’ini turkiy vazn hisoblangan ramalning tarmoq vazni bo’lgan ramali musammani mahzuf vaznidan foydalanilgan. Ular sirasiga “Har necha bo’lsa”, “Ey begim”; “Murod” va “Maning” radifli g’azallari kiradi.
Ijodkor yorning tarifiga bag’ishlangan g’azallariga muzore vaznidan foydalangan:
Xurshedi xovarida yuzingdek jamol yo’q,
Kim bor anga zavolu munga hech zavol yo’q. (118-bet)
Yoki:
Ey qo’yg’uchi ko’ngulg’a g’ami ishq dog’ini
Zulfung mushavvash ayladi jonim dimog’ini (153-bet)
Yoki:
Nargis ko’zung ki qoshida bog’i bahori bor,
Jonu ko’nglimni olsa munok ixtiyori bor. (102-bet)
Ushbu g’azallar muzorei musammani axrabi makfufi mahzuf vaznida bitilgan bo’lib, bu vaznda qisqa hijolar boshqalariga qaraganda ko’pni tashkil qiladi. Bu g’azalning o’ynoqi va ko’tarinkiligini taminlab beradi.
Tabiat tasviri keltirilgan “Kel ey dilbar” va “Bu kun” radifli g’azallari ramali musammani mahzuf va musaddasi mahzuh vaznida bitilgan. Ramal bahri nisbatan bosiq vazn hisoblanadi. G’azalni o’qish davomida tabiatdan bahra olish sezilib turadi.
Hijron tariflangan g’azallarida esa hazaj bahridan foydalangan:
Xazontek ayladi baxtim, bu yil fasli bahorimni,
Ki hijrong’a mubaddal qildi nogah, vasli yorimni
Ushbu g’azal hazaji musammani solim vaznida bitilgan. Bu vazinda chuqur lirik kechinmalar hamda falsafiy-marifiy qarashlar ifodasi bo’lgan ko’plab ajoyib g’azallar yaratilgan.9
Xulosa.
Atoyi devoni nisbatan to’liq devon hisoblanadi.
Devon an’anaviy alifbo tartibida tuzilgan va kirish qismi Ollohga bag’ishlangan g’azal bilan boshlangan.
Atoyi ijodining asosiy qismini ishqiy g’azallar tashkil qiladi. Ijodkor asosan majoziy yo’sinda solikning ollohga bo’lgan ishni o’z g’azallarda tarif etadi.
G’azallarida tasavvufiy terminlardan unumli foydalandi.
Ijodkor ko’plab mashhur shaharlarni tilga oladi, ba’zi g’azallarida vatan sog’inchini ko’rishimiz mumkin.
Ijodkor yorini ko’p hollarda sulton va begim sifatlari bilan ta’riflab, yorni ulug’lagan.
Ijodkor hayotni ta’rif qilishda asosan majoziy hayot tasvirlagan. O’z hayotini yor visoli yoki uning xohishiga bog’lab tasvirlagan. Ijodkor shayxlardan bo’lgani uchun g’azallari ham sufyona bitilgan. Hayot sifatida bu dunyodagi hayot emas boqiy hayot, yoki inson ruhiy olamidagi boqiylik tilga olinadi.
G’azallarda asosan kitobat, iyhom, talmeh tamsil sa’natlari salmoqli o’rinni tutadi.
Tamsil san’atidan foydalanishi g’azalning ma’nosini to’la tushunishga salmoqli hissa qo’shadi, iyhomdan foydalanishi esa g’azalning ma’nodorligi va jozibadorligini ta’minlab beradi.
Ijodkor o’z asarlarida g’azalning mazmuniga ko’ra aruzning kerakli vaznidan foydalanishga harakat qilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |