Soqiyo, keltur mayi gulgun, ki xush damdur bu kun,
Olami farxundayi navro’zi olamdur bu kun. (159-bet)
Ushbu g’azal hayotsevarlik tarzida bitilgan g’azaldir. Bu baytlarda navro’z kuni tarifi va hayotning qanchalik qadrli ekani tariflangan. Bu g’azalda “May” hayot ramzi sifatida qo’llanilgan. Navro’zdagi ko’tarinkilikni ko’rgan odam hayotga bo’lgan muhabbati jo’shib ketadi.
N. Mallayev Atoyi lirikasidagi ishqni asosan dunyoviy ishq sifatida tariflagan. Atoyida ishq ustun turishi mumkin, lekin ishq dunyoviy ishq emas, majoziy ishq talqini ustuvor bo’ladi. Olim so’zining davomida ijodkor o’tmishdagi feodal zamonidagi ayollarni qiyin hayotini ko’rsatib bergan deb tasnif qiladi va quyidagi baytni keltiradi
Bir lahza ol niqobing yuzungdin quyosh bikin
Jam ayla anjumanda gulu lolazoru iyd(51-bet)
Bu g’azalda “niqob” so’zi orqali ayollarning paranjisi nazarda tutilmagan. Quyosh orqali atrofdagi hamma insonlarni nazrda tutmoqda. G’azalning umumiy mazmunida ham bayram kunidagi hursandchiliklar tilga olingan.
Atoyi g’azallarida o’z hayotini yor vasli va uning ehsoniga bog’lagan holda tasvirlaydi.
Jamolingdur bu hasta jon umidi,
Ki guldur bulbulu bo’ston umidi (269-bet)
Ushbu g’azalda “bulbul gulni qanday umid qilsa, hasta jon yor jamolini shu qadar umid qiladi” deb, jonini hasta sifatida tariflaydi. Maqtada bu hasta jonning darmoni sifatida yor visoli ekanligi, yorni bu dardning tabibi sifatida ko’rsatiladi.
Meni sargashta qildi go’y yanglig’
Hami zulfingdag’i chavdon umidi. (269-bet)
Yorning zulfi oshiqni to’p singari sarson qilmoqda. Tasavvufda “Go’y”, ya’ni to’p dunyo, chavgon tayog’i esa dunyoni boshqarish vositasi sifatida talqin qilinadi. Buni “Saddi Iskandariy” dostonidan ham ko’rishimiz mumkin. G’azal tasavvufiy yo’nalishda bitilgan. Ish ollohga bo’lgan ishq sifatida talqin qilingan. Baytda lirik qahramon bu dunyo bilan aylanib sarson bo’lib yuribdi.
Keyingi baytlarda yorni “sulton” va “begim” so’zlari bilan ataydi. O’zini esa “gado” va “qul” sifatida shoh va bek unga karam qilishini so’raydi.
Inoyat qilki, bordur bu gadoning,
Boshingda xidmati suton umidi.
Bu qul yuz qatla g’amdin o’lgay erdi,
Begimdin bo’lmasa ehson umidi. (269-bet)
O’lim bu yerda ikki ma’noda qo’llash mumkin. Agar yordan inoyat bo’lmasa, oshiq g’amdan o’ladi. Majoziy ma’noda esa yor ehson qilmasa ruhan o’lim topishi tasvirlangan.
Matladagi hastalik maqtada qayta esga olinib bu dardga visol darmon bo’lishi aytiladi
Atoyi dardig’a ey jon tabibi,
Visolingdin erur darmon umidi. (269-bet)
Ushbu baytda yorni jon tabibi sifatida ta’riflaydi va shu jon tabibining visoli unga darmon berishi aytiladi. Yuqorida aytilgananidek, g’azal ollohga bag’ishlangan. Olloh irodasi bilan har qanday dard tuzaladi. G’azaldagi dard esa ishq, Olloh ishqi dardidir. Davo majoziy davo sifatida ollohning vaslini ko’rishdir.
Atoyi ijodidagi hayot tiriklikni yor vasliga bog’lash quyidagi g’azal matlasidan ham ko’rishimiz mumkin.
Kerakmas sensizin jonu tiriklik,
Afzalloh dardu hijronu tiriklik.8
Baytda yorsiz oshiqqa tiriklik kerak emas, bundan u uchun hijron dardi afzal
Gazalning ikkinchi baytida yorning labi “obi hayvon”, tiriklik beruvchi sifatida tariflanadi:
Labi laling bila sarvi ravonim,
Bag’ishlar obi hayvon tiriklik.
An’anaviy g’azal qahramonlari sifatida oshiq, mashuq va raqib tilga olinadi. Ushbu baytda ham raqib obrazi keltiriladi. Raqibning suhbatini zindonga tenglanadi:
Raqiblar suhbati jon zavqin eltur,
Xush ermas, ore, zindon tiriklik.
Garchi raqibning suhbati zindon bilan barobar bo’lsa ham, lirik qahramonni jonini zavqlantiradi. Raqib bu baytda nafs sifatida talqin qilinadi. Lirik qahramonning nafs bilan olishishi oddiy hayotdan ko’ra uni zavqlantishi tilga olingan.
G’azalning maqtasida boqiy jumlasi qalamga olindi:
Do'stlaringiz bilan baham: |