Polosali spektr – alohida qorong’i bo’shliqlar bilan ajralgan polosalardan tashkil topgan spektr. Juda sezgir spektral qurilmalar yormadida topish mumkin, har bir polosa ozining jami katta saonlarda juda tig’iz joylashgan chiziqlarda tasvirlanadi. Polosali spektrlarning chiziqli spektrdan farqi polosali spektrlar atomlardan emas, bir – biriga bog’lanmagan yoki zaif bog’langan molekulalardan tashkil topadi. Atomlari g’alayonlangan holatda bo’lgan barcha moddalar yorug’lik to’lqinini va ma’lum bir to’lqin uzunliklari bilan ajraladigan energiyani nurlantiradi, ya’ni yorug’lik nuri chiqaradi. Moddalarning yorug’lik yutilishi shuningdek to’lqin uzunligiga bog’liq. Agar oq yoruglik nuri sovuq nurlanmaydigan gaz orqali o’tganda manbaning uzluksiz spektri fonida qorong’i chiziqlar paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |