Chatotalar haqidagi postulat: elektron bir statsionar orbitadan ikkinchisiga o‘tgandagina, energiyasi shu statsionar holatlardagi energiyalarning farqiga teng bo‘lgan foton chiqaradi(yoki yutadi)
2. Chatotalar haqidagi postulat: elektron bir statsionar orbitadan ikkinchisiga o‘tgandagina, energiyasi shu statsionar holatlardagi energiyalarning farqiga teng bo‘lgan foton chiqaradi(yoki yutadi):
hν = En − Em
bu yerda En va Em – mos ravishda elektronning n- va m-statsionar orbitalardagi energiyalari.
Agar En > Em bo‘lsa, foton chiqariladi. Boshqacha aytganda, elektron katta energiyali holatdan
kichik energiyali holatga o‘tadi.
Agar En < Em bo‘lsa, foton yutiladi .
Vodorod atomining nurlanish spektri
Bor atom nazariyasi vodorod va vodorodga o`xshagan atomlar uchun mos keladi. Vodorodga o`xshash atomlar deganda bitta elektronini yo`qotgan geliy, ikkita elektronini yo`qotgan litiy tushuniladi. Chunki, bu atomlar yadrosi atrofida vodorodga o`xshab bittadan elektron aylanadi. Bor nazariyasi bunday atomlarning nurlanish spektrlarini, elektronlarning orbita radiuslarini va energiyalarini aniqlash imkonini beradi.
Vodorod atomidagi elektronning bu hisoblab topilgan orbita radiusi birinchi Bor radiusi deb ham ataladi. Vodorod atomidagi elektron r1 = 0,528 dan kichik bo`lgan orbitada hech qachon aylanmaydi. Orbita radiusi formulasidan ko`rinib turibdiki, n ortgan sari orbita radiusi ham n ning kvadratiga mos ravishda ortib boradi. Elektron faqat orbita radiusi formulasi bilan aniqlanuvchi orbitalar bo`ylab aylana oladi. Vodorod atomidagi elektronning birinchi, ikkinchi va uchinchi Bor orbitalaridagi to`liq energiyasi E ni hisoblaylik.
Energiyaning Joul birligini elektron -Volt (eV) birlikka o`tkazamiz.
Xulosa
Men o’z kurs ishimni tayyorlash jarayonida turli xil adabiyotlardan foydalandim va atomlarning nurlanish spektri tushunchasi bilan yanada yaqindan tanishdim. Shuningdek spektrlarning turlari va ularning ahamiyatlari haqida o’rgandim, va bu spektr turlarini tajribada kuzatish mumkinligini bilib oldim. Eynshteyn yorug`lik sochishi yoki yutishi mumkin bo`lgan muvozanatli holatidagi atomlar to`plami bilan nurlanishning o`zaro ta`siri masalasini ko`rib chiqdi. Agar soddalashtirish maqsadida atomlarda faqat ikkita energetik sath bor desak, nurlanish chastotasi ν12=(Е2-Е1)/h bo`ladi.
Atomlarning nurlanish spektrlarini o’rganish mobaynida men spektral analiz sanoatda muhim rol oynashini bilib oldim moddaning atomlarining spektrlarga ajralishiga qarab modda xususiyatlarini o’rganish mumkin ekan. Hozirgi kunda spektral analizdan ko‘plab maqsadlarda, masalan, sanoatda, qishloq xo‘jaligida, astronomiyada, metallurgiya va hatto, oziq-ovqat sanoatida ham foydalanilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
Ахтариев Д. Спектры. Спектральный анализ и его применение.
Барсуков В.И. Атомный спектральный анализ.
Основы оптической спектроскопии.
Свентицкий Н. С. Физика и техника спектрального анализа.