Borning atom nazariyasi. Kvantlanish g’oyasi N.Bor (1885-1962) tajribada kuzatilgan vodorod atomi spektri va nurlanish kvanti tushunchalarini mohirlik bilan umumlashtirib, 1913 yilda atomning yangi tuzilish nazariyasini yaratdi. Bor nazariyasining asosini quyidagi ikkita postulat tashkil qiladi: 1. Statsionar holalar haqidagi postulat: atomda statsionar holatlar mavjud bo‘lib, bu holatlarga elektronlarning statsionar orbitalari mos keladi. Elektronlar faqat shu statsionar orbitalarda bo‘lib, hatto tezlanish bilan harakatlanganlarida ham nurlanish chiqarmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |