30 - ma’ruza.
OLAMNING PAYDO BO‘LISHI VA EVOLYUSIYASI
Reja:
1. Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi.
2. Fizika va texnika taraqqtyoti
3. Kuchli, elektromagnit, kuchsiz va gravitatsion o‘zaro ta’sirlar.
Mavzular mazmuni: Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi. Kengayotgan Olam modeli. Yulduzlarning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi. Mitti oq yulduzlar, neytron yulduzlar va qora tuynuklar. Materiyaning modda va maydon ko‘rinishda namoyon bo‘lishi. Fizik vakuum. Kuchli, elektromagnit, kuchsiz va gravitatsion o‘zaro ta’sirlar. Maydonning yagona nazariyasi. Maydon kvantlari. Olamning standart nazariyasi.
Tayanch iboralar: Olam, evolyusiya, Yulduzlar, neytron, qora tuynuk, modda va maydon, Kuch, elektromagnit, gravitatsion, kvant.
Olamning mexanik va elektromagnit manzaralari. Materiya. Fizika va fan texnika taraqqiyoti.
Lazer qurilmasining tuziliyhi va ishlash prinsipi bilan tanishaylik. Muzlatilgan deyteriy va tritiy aralashmasidan yoki ularning kimiyoviy birikmalaridan qilingan, millimetrdan kamroq o'lchamli, hamma tomonidan lazer nuri bilan bir tekis yoritiladigan sharchani ko'z oldingizga keltiring. Lazer nurlanishi sharcha sirtidagi moddani qizitadi va bug'lantiradi, bunda bosim o'nlab milliard atmosferagacha ortadi. Bu bosim ta'sirida sharchaning markaziy qismi qisiladi va qiziydi.
Modda zichligining ortishi termoyadro reaksiyasining boshlanishiga olib keladi. Lazerli termoyadro reaksiyalari bo'yicha tekshirishlarning birinchi davrida (1961 1968 yy.) termoyadro sintezi uchun lazerdan foydalanish g'oyasi asoslandi, kerakli asboblar yaratildi, dastlabki tekshirishlar o'tkazildi va yadro sintezi mumkinligini isbotlovchi birinchi neytronlar olindi. Lazer nurlanishi bilan qizitilgan plazmadan neytron impulsi birinchi marta 1968 yili P. N. Lebedev nomidagi fizika instituti (FIAN)da olingan.
Tekshirishlarning ikkinchi davri energetika masalalarini hal qilish uchun komplekslar qurishdan boshlandi. 1970 yili FIANda birinchi qurilma ishga tushirildi. U nishonni sferik (har tomondan) yoritish uchun mo'ljallangan, 1,3 kJ energiyali va impuls vaqti 0,110-6 s bo'lgan to'qqiz kanalli lazerni, shuningdek, diagnostika apparatlarining katta kompleksini o'z ichiga oladi. Bu qurilma 1012 Vt quvvatga ega. Shunga o'xshash qurilmalar 1972-73 yillarda Fransiya va AQSh da ishlay boshladi.
Hozirgi kunda dunyoning turli laboratoriyalarida - AQSh, Fransiya va Yaponiyada - o'n yoki hatto yuz ming joul energiyali kuchli lazer qurilmalariga katta e'tibor berilmoqda.
Hisoblashlarning ko'rsatishicha energiya ajraladigan termoyadro sintezini amalga oshirish uchun 100 kJ dan katta energiyali va impuls vaqti sekundning o'n milliarddan biriga yaqin bo'lgan lazerlar kerak bo'lar ekan.
Hozirgi vaqtda lazerli termoyadro sintezi ilmiy-tekshirish laboratoriyalaridan tashqariga chiqqani yoq. Ammo eng muhimi bu flzik nuqtai nazarida asoslangan muammo ekanligi, lazerli termoyadro sintezi istiqbollarini baholashda buni hisobga olish zarur. Boshqariluvchi termoyadro reaksiyasining amalga oshirilishi insoniyatga deyarli tuganmas energiya manbaini beradi, chunki deyteriyning okean suvlaridagi zapasi juda katta, uni ajratib olish esa, oddiy va arzon.
Do'stlaringiz bilan baham: |