Tashkiliy qism:( 2 minut ) Salomlashish she’riy usulda o‘tkaziladi
Fizika bu tabiat
Jumbog‘i ko‘pdir albat
Bu jumboq sirlarini
Shu fan o‘rgatar faqat
Sirlarni o‘rgansak bo‘lar juda soz
Assalomu – alaykum deymiz biz ustoz
Sinfxonani gigiyenik holati nazorat qilinadi.
O‘quvchilarning davomatini aniqlash maqsadida o‘qituvchi navbatchi o‘quvchiga quyidagicha murojat qiladi:
Navbatchi o‘quvchim sizga savol bor,
Tabiatga boqing, kelibdi bahor,
Bugungi darsimiz go‘yo chamanzor,
Chamanzorda kimlar bo‘lishgan tayyor.
Navbatchi quyidagicha javob beradi:
Ustoz savoliga javobim tayyor ,
Haqiqat kelibdi olamga bahor ,
Bahoriy kayfiyat bo‘lsin bizga yor,
Fizika darsida barchamiz tayyor.
O‘quvchilarni darsga tayyorgarligini kuzatish maqsadida
Ilmsiz kishiga kasallik bo‘lar,
Kasal emlanmasa yashamas o‘lar.
Kel – ey kasalingni tuzatgin nodon,
Bilimsiz tubandir, bilimli shodan.
Ilmni izlangiz har vaqtu – har on ,
Nechun yig‘ilganmiz sinfda shu on?
deya o‘quvchilarga murojat qilinadi. O‘quvchilar birgalikda javob berishadi:
O‘quv qut beradi, bilim sharaf – shon
Shu ikkov tufayli ulug‘dir inson
Tabiat sirlarin o‘rgatar obdon
Fizika darsi chun yig‘ildik shu on.
Darsni guruhlar o‘rtasida musobaqa usulida olib borish uchun sinf 3 guruhga bo‘linadi.
1 - guruh
Elektron
2 – guruh
Proton
3 – guruh
Neytron
Guruhlar darsda ishtiroki hisobga olinib 5, 4, 3 ballik rag‘bat kartochkalar berib boriladi. Dars yakunlarini chiqarishda guruhlarning to‘plagan kartochkalari hisoblanib, guruh a’zolari baholanadi.
Sherigini top (jadval bo‘yicha) (2 minut)
Bu etapda uchala guruh a’zolariga quyidagi ko‘rinishdagi jadval beriladi. Jadvalning 1 – ustunidagi qator savollariga mos keluvchi javoblarni ikkinchi ustundan topib sherigi deb ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi. Birinchi ustundagi barcha savollarni javobini ikkinchi ustundan to‘g‘ri topib sherigini ko‘rsata olgan guruh a’zolariga 5 ball beriladi. Qolganlarga esa topgan soniga nisbatan 4, 3, 2 ball beriladi.
T/ R
|
Savollar
|
T/ R
|
Javoblar
|
1
|
Atomning tuzilishi
|
1
|
Yadro kuchlari
|
2
|
1919 – yilda Rezeford va uning xodimlari tomonidan kashf qilingan.
|
2
|
Proton, elektron, neytron
|
3
|
Ingliz fizigi J. Chedvik tomonidan kashf qilingan
|
3
|
Neytron
|
4
|
Tartib raqami bir xil, lekin massa soni turlicha bo‘lgan elementlar
|
4
|
Proton
|
5
|
Massa soni bir xil, lekin tartib raqami turlicha bo‘lgan elementlar
|
5
|
Izotoplar
|
6
|
Yadroni kulon kuchi ta’sirida parchalanib ketishidan saqlab turadigan bunday tortishish kuchlari ... deyiladi.
|
6
|
Izobarlar
|
Javoblar quyidagi ko‘rinishda belgilanadi:
O‘zi
|
Sherigi
|
O‘zi
|
Sherigi
|
O‘zi
|
Sherigi
|
1
|
3
|
3
|
1
|
5
|
4
|
2
|
6
|
4
|
2
|
6
|
5
|
O‘tilgan mavzu so‘rash. Guruhlar taqdimoti (8 minut)
O‘qituvchi tomonidan tayyorlangan savollarga guruhlar javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |