3. Kulon o‘yg‘onish. Bunda yadro oldidan uchib o‘tayotgan zaryadlangan
zarraning kulon maydoni ta’sirida yadro uyg‘ongan holatga o‘tib qoladi.
4. B ir yoki bir nechta zarralar hosil boMishi bilan yuz beradigan
yadroviy reaksiya mexanizmi. Bu jarayonda birlamchi zarra energiyasi
109
eV dan yuqori boMganda yadro reaksiyasi natijasida bir yoki bir nechta
ikkilamchi zarralar hosil boMadi. Juda yuqori energiyalarda barion-antibarion
juftlari ham hosil boMishi mumkin.
5.7.1. Yadro reaksiyalarining kompaund yadro mexanizmi
N.Bor 1936-yilda yadro tomchi modeligaasoslanib yadroviy reaksiyalar
nazariyasini yaratdi. U yadroviy reaksiya ikki bosqichda boMadi deb faraz
qildi. Birinchi bosqichda a -zarra A-yadro-nishon bilan birikib kompaund
yadro C* ni hosil qiladi, ikkinchi bosqichda uyg‘ongan holatdagi kompaund
yadro
b zarra chiqarib parchalanadi. Umumiy holda reaksiyani
quyidagicha
yozish mumkin:
a + A —»C *—»B + b
(5.7.1)
Kompaund yadro yashash vaqti yadro vaqti tyad = 10”22 - 1 O'23 s dan
katta boMadi. Bunday boMishligi yadroga tushayotgan a -z a rra o‘z
energiyasini nishon-yadro nuklonlari bilan to‘qnashib energiyasini yo‘qotadi.
Uning energiyasi yadrodagi nuklonning bogManish energiyasidan kichik
boMib,qoladi va endi u nishon-yadrodan chiqib keta olmaydi. Hosil boMgan
kompaund yadro uyg‘ongan holatda boMadi. Shunisi muhimki, kompaund
yadro tarkibidagi bitta ham nuklon bogManish energiyasini yengib chiqib
ketish energiyasiga ega emas.
Masalan, nishon-yadroga zarra tomonidan olib kelingan uyg‘onish
energiyasi 15 MeV, kompaund yadrodagi nuklonlar soni esaA = 100 boMsin.
U holda har bir nuklonning uyg‘onish energiyasi 0,15 MeV ga teng. Nuklon
yadrodan chiqib ketishi uchun esa uning kinetik energiyasi bogManish
energiyasi (8 MeV) dan katta boMishi kerak.
Vaqt o'tishi bilan bu ortiqcha 15
MeVenergiya kompaund yadro nuklonlari
o‘rtasida bir necha xil taqsimotda boMadi. Tasodifan shunday fluktuatsiya
vaziyati vujudga keladiki, bunda yadro sirtidagi biror nuklonda yadroni tark
eta oladigan darajada energiya yigMlib qolishi mumkin. U holda
ehtimolligi
juda kichik boMgan «bugManish» jarayoni yuz beradi va nuklon yadrodan
chiqib ketadi.
Shunday qilib, kuchli o ‘zaro ta’sir uyg‘ongan yadroda nuklonlararo
uyg‘onish energiyasini intensiv ravishda qayta taqsimlab turishini
ta’minlaydi.
Kompaund yadro o ‘zining qanday vujudga kelganligini butunlay
«unutgandan» so‘ng yemirilish amalga oshiriladi.
Kompaund yadroning parchalanish turi uning uyg‘onish energiyasiga,
harakat miqdori momentiga va boshqa xarakteristikalarga bog‘liq. Lekin
kompaund yadroning parchalanish turi uning vujudga kelish jarayoniga
bog‘liq emas.
Tajribada birlamchi a va ikkilamchi
Do'stlaringiz bilan baham: