Atom tuzilishi. Kimyo fanining paydo bo`lish tarixi


Gey - Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni



Download 7,67 Mb.
bet11/52
Sana16.03.2022
Hajmi7,67 Mb.
#498069
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   52
Bog'liq
kimyo

Gey - Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni. Fransuz olimi Gey Lyussak 1808 -yilda o’zining qator tajribalariga asoslanib, o’zining hajmiy nisbatlar qonunini ta`rifladi: kimyoviy reaksiyalarga kirishuvchi gazlarning hajmlari o’zaro va reaksiya natijasida hosil bo’lgan gazlarning hajmlari bilan oddiy butun sonlar nisbati kabi nisbatida bo’ladi. Masalan:

  1. H2+ Cl2 = 2 HCl

1 : 1 : 2
Bir hajm vodorod bir hajm xlor bilan reaksiyaga kirishib, ikki hajm HCl hosil qiladi.

  1. O2+2H2=2H2O

1 : 2 : 2
Bir hajm O bilan ikki hajm H reaksiyaga kirishib, ikki hajm suv bug’i hosil qiladi.
Demak, kislorod bilan vodorod hajmlari nisbati 1:2, H hajmining suv bug’i hajmiga nisbati 2:2 O hajmining suv bug’i hajmiga nisbati 1:2 gidrid, ya`ni ular hajmining nisbati o’zaro butun sonlar nisbati kabidir. Is gazi (CO) ning yonish reaksiyasi tenglamasida,
2CO + O2 = 2CO2
2 : 1 : 2
reaksiyaga ikki hajm uglerod (II) – oksidi bir hajm kislorodni biriktirganda ikki hajm uglerod (IV) – oksidi hosil bo’lishi ko’rsatilgan. Bunda gazlarning hajmiy nisbatlari 2 : 1 : 2 bo’ladi.
Demak, gazlar hajmlarining kichik butun sonlar nisbatida bo’lishi har ikki gaz moddalari molekulasidagi atomlarning nisbatlaridan kelib chiqadi.
Avogadro qonuni Kimyoviy reaksiyalar gazsimon moddalar ishtirokida ham boradi. Gazsimon moddalar ishtirokida boradigan reaksiyalardagi miqdoriy nisbatlarni 1811 yilda Italyan olimi A.Avogadro o’rganib, quyidagi qonunni yaratdi.
Bir xil sharoit (bir xil bosim va bir xil haroratda)da teng hajmda olingan gazlardagi molekulalar (atomlar) soni teng bo’ladi.Avogadro qonunidan ikkita xulosa kelib chiqadi.
a) Normal sharoit (T=273 K, P=101,325 kPa) da har qanday gazsimon moddaning «1 mol» miqdori 22,4 litr hajmni egallaydi va bunga gazlarning molar hajmi deyiladi. V molar = V0=22.4 l/mol hajmda belgilanadi. Bu xulosaga ko’ra 1 mol N2 gazi normal sharoitda 22,4 l, 0,1 moli 2,24 l hajmni egallaydi.
b) Gazsimon moddaning hajmi va miqdori uning tarkibidagi zarracha (molekula, atom) lar soniga bevosita bog’liqdir.
Shunga ko’ra, ikkinchi xulosa kelib chiqadi: Har qanday moddaning «1 mol» miqdori tarkibida 6,02  1023 ta zarracha (molekula, atom) bo’ladi. Bu son N=6.02 1023 Avogadro soni deyiladi.
Demak, 1 mol H2 tarkibida 6,02  1023 ta vodorod molekulasi bo’lib, 22,4 l xajimni egallaydi. 10 mol H2 da 6,02  1024 ta molekula bo’lib, 224 l hajm egallaydi. 0,5 mol O2 gazi 16 g bo’lib, 3,0  1023 ta molekula bor, ular 11,2 l hajmni egallaydi. 2,24 l Cl2 gazida 6,02  1022 ta molekula bo’lib, uning miqdori 0,1 mol va massasi 7,1 g bo’ladi.
Avogadro fikricha gaz holatidagi oddiy moddalarning vodorod, kislorod, azot, xlor va boshqalarning mayda zarrachalari molekulalar bo’lib, ular ikki atomdan tuzilgan H2, O2, Cl2, N2 va boshqalar (F2, Br2, J2)



Download 7,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish