Atom-emission va atom-absorbsion spektrometriya Atom spektroskopik analiz usullari


AYuS da aniqlanadigan konsentrasiya oralig’i



Download 1,12 Mb.
bet20/21
Sana26.05.2023
Hajmi1,12 Mb.
#944254
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
2-mavzu Atom-emission va atom-absorbsion spektrometriya

AYuS da aniqlanadigan konsentrasiya oralig’i yetarli darajada aniqlik bilan o’lchash mumkin bo’lgan analitik signalning (optik zichlikning A) kattaligi bilan cheklanadi. Odatda, qiymatlarning o’zgarish oralig’i bir necha yuzdan birdan to 0,5–1,2 gacha optik zichlik birligini tashkil qiladi. Shunday qilib, AYuS bilan aniqlanadigan miqdor oralig’i 1–2 tartib kattalikdan oshmaydi. Optik zichlikning kichik qiymatlarini o’lchash muammosi uni o’lchash usuli bilan, ya’ni namunaga tushayogan va unda yutilgandan so’ng chiqayotgan yorug’lik intensivliklarining farqini aniqlash bilan bog’liq. Optik zichlikning kichkina qiymatlarida bu farq juda kichik, xato esa juda katta bo’ladi. Optik zichlik qiymati yuqori bo’lgan qismlarda xatoliklar asosan yorug’lik yutilishining asosiy qonunidan chetlanish bilan bog’liq. Bu chetlanishlarni esa manbadan kelayotgan yorug’likning yetarli darajada monoxromatik emasligi, sochilgan yorug’likning ta’siri, shuningdek, yutuvchi muhitning bir xil zichlikka ega emasligi (atomizatorning turli qismlarida atom bug’i har xil
konsentrasiyaga ega) keltirib chiqaradi. Miqdoriy aniqlash oralig’ining kichikligi AYuS ning eng katta kamchiligi hisoblanadi.


AYuS da tanlash (selektivlik) ham AES ga qaraganda ko’pincha yuqori bo’ladi. AYuS ning bu xususiyati spektral chiziqlarning ustma-ust tushishi, bir-birini qoplashi hyech qanday amaliy rol o’ynamasligi bilan tushuntiriladi. AYuS da tanlash, asosan, optik xalaqitlar bilan emas, balki fizik-kimyoviy tabiatga ega bo’lgan xalaqitlar bilan cheklanadi.

AYuS ning asosiy kamchiligi, ko’p elementli analizni amalga oshirishni qiyinligidadir, chunki xar bir element uchun o’zining yorug’lik manbai zarur. Xuddi shu sababga ko’ra, AYuS sifat analizi o’tkazish uchun yaroqsizdir (qo’llab bo’lmaydi).




Miqdoriy analiz. Atom-absorbsion spektroskopiya faqat miqdoriy analizlar uchun ishlatiladi. AYuS usuli ko’pchilik metallarni alohida-alohida aniqlash uchun eng sezgir va qulay usullardan biridir. Bu usul bilan 60 dan ortiq metallar va ba’zi metalloidlarning miqdorini aniqlash mumkin. Odatda metalmaslarning rezonans chiziqlari spektrning 200 nm dan past qismida joylashgan. Spektrning bu qismi vakuum ultrabinafsha nurlar sohasiga tegishli bo’lganligi uchun, yuqorida aytilganidek bu sohada alanga atomizatori bilan ishlash qiyin. Usulning elementlarning soni bilan chegaralanganligining sababi aynan shu hodisa bilan bog’liq. AYuS da miqdoriy analiz qilish uchun tashqi standartlar (darajalash grafigi), va qo’shimcha qo’shish usullari ishlatiladi. Ichki standart usuli AES dan farqli AYuS da qo’llanilmaydi, sababi AYuS, ham aniqlanayotgan, ham ichki etalonga taalluqli ikki elementning analitik signallarini bir vaqtda o’lchashga imkon bermaydi. Yuqorida aytilganiday, AYuS bir elementli analiz usulidir. AYuS da qo’shimcha qo’shish usuli ayniqsa keng ishlatiladi. Bu, AYuS da xalaqitlar asosan, fizik-kimyoviy tabiatga ega ekanligi bilan bog’liq. Bundan tashqari AYuS asosan, eritmalarni analiz qilish usulidir. Eritmalar uchun qattiq jismlardan farqli qo’shimcha qo’shish usulini oson amalga oshirish mumkin.



Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish