Aim.uz
Atmosfera havosini absorbsiya usulida tozalash. Xemosorbsiya haqida ma’lumot
Agar gaz yoki havoni suyuqlik yutib olsa, bu jarayon absorbsiya deyiladi. Absorbsiyaning harakatlantiruvchi kuchi o’zaro ta’sirlanuvchi komponentlar (ya’ni, suyuqlik bilan gaz)ning dastlabki va muvozanat holatidagi parsial bosimlarining farqi hisoblanadi va quyidagicha ifodalanadi:
bu erda – tozalash qurilmasiga kirayotgan yutuvchi suyuqlikning gaz fazasidagi parsial bosimi, Pa;
– shu komponentning kurilmadan chiqayotgan paytidagi parsial bosimi, Pa;
– qurilmaga kirayotgan yutuvchi komponentning suyuqlik ustida muvozanat paytidagi parsial bosimi, Pa;
– shu komponentning qurilmadan chiqayotgan paytidagi parsial bosimi, Pa.
Ushbu formuladan ma’lumki, agar gaz fazasidagi yutuvchi aralashmaning parsial bosimi suyuqlik ustidagi parsial bosimga tenglashsa, absorbsiya jarayonining harakatlanuvchi kuchi pasayadi.
Absorbsiya va desorbsiya jarayonlarni birgalikda amalga oshirish yutuvchi moddaning bir necha marotaba qayta qo’llashga va yutilgan toza komponentning ajratib olishga imkon beradi. Ammo gaz yoki havoni tozalashda desorbsiya jarayonini amalga oshirish shart emas, chunki yutilgan modda keyinchalik zararsizlantiradi.
Absorber qurilmasi (13-rasm) suvni purkab (sachratib) beruvchi forsunka (1), suv qatlami (2) va o’tkazma (nasadka) (Z)dan iboratdir. Tarkibida zaharli modda tutgan havo yoki gaz (uning parsial bosimi Rgaz) o’gkazma (3) dan pufakchalar shaklida o’tib, suyuklik qatlami (2) da tozalanib qurilmadan chiqib kyetadi. Agar tarkibida zaharli moddali gazning parsial bosimi Rgaz, bo’lsa, bu moddaning parsial bosimi qurilmadan chiqayottanda bo’ladi, ya’ni Rgaz> bo’ladi. YUtuvchi suyuqlik forsunka (1) orqali qurilmaga kirib, pastki quvur orqali undan chiqib kyetadi.
13-rasm. Absorberning sxemasi.
Havo yoki gazlarni tozalash samaradorligini oshirish maqsadida erituvchilar o’rnida zaharli gazlarni yutuvchi kimyoviy moddalar, masalan, kislota, ishqor, tuz va ularning suvdagi eritmalari (ya’ni, elektrolitlar) qo’llaniladi. Masalan, gazlarni oltingugurt oksididan, vodorodli oltingugurt (H2S) va metilmerkaptandan tozalash uchun ishqor (NaOH) qo’llaniladi. YA’ni, SO2 gazi ishqor eritmasi yordamida neytrallanadi va natijada tuz hosil bo’ladi:
SO2+2NaOH=Na2SO3+N2O
Atmosfera havosiga chiqarilgan oltingugurt oksidi (SO2) ohak eritmasi (SaO) orqali tozalanganda kalsiy sulfat tuzi hosil bo’ladi:
2SO2+2СaO+ N2O=2Сa SO2+ N2O
Ushbu misollardan xulosa shuki, xemosorbsiya va absorbsiyaga o’xshagan sorbsiya jarayonining bir ko’rinishi bo’lib, yutiladigan moddaning zarrachalari yutuvchi moddaning zarrachalari bilan kimyoviy o’zaro ta’sirda bo’ladi va natijada yangi modda hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |