Ateroskleroz Savollar: 1.Ateroskleroz ta’rifi va turlari. 2.Ateroskleros etiologiyasi. 3.Ateroskleroz patogenezi nazaryalari. Ateroskleroz –arteriya intimasining o’zgarishi, u yerda o’choqli lipidlar to’planishi,murakkab karbonsuvlar, tomir devorida biriktiruvchi to’qimaning rivojlanishi va kalsiyni to’planishi bilan kechadigan kasallik.(JSST) Ateroskleros turlari - menkeberg aterosklerozi-havfli kasallik hisoblanmaydi, bunda arteriyalar devorining meidal qismida kalsiyfikatsiyalanish(кальцифицируюший склероз средней сосудистой оболочки) kuzatiladi
- Arterioskleroz – intimada lipidlarning bo’tqasimon massa sifatida to’planishi va skreroz-bitiktiruvchi to’qima qattiqlashuvi
- Arterioloskleroz- lipidlar to’planmagan holda o’rta va kichik kalibrli arterialarning mushak qavatini zararlanishi(N.N.Zayko bo’yicha)
Etiologiyasi - Ekzogen
- Giperxolesterinemiya
- Giperlipoprotenemiya
- Arterial gipertenziya
- Qandli diabet
- Intoksikatsiya(F,CO,H2S,benzol,simob)
- Stress
- Infeksiya va b.
- Jismoniy yuklama va harakarning kamayishi
Irsiy omillar: 1.Irsiy giperlipoproteinemiyalar 2.Lipoproteinlarga sezgiz retseptorlar irsiy anomalyalari 3.NOS genlar deffekti Jins: 1.Ayollarda : Jinsiy gormonlarning antisklerotik ta’siri natijasida bu erkaklarda ko’p(3-4marta) uchraydi 2.A-lipoprotein (Ayollarda skleroz chaqirmaydi) Keltirilgan bu farqlar erkaklarda ateroskleroz ko’p uchrashini tushintiradi. Haddan tashqari ovqatlanishning ahamiyati: Hayvon xolesteriniga bos oziq ovqatlar istemoli atreskleroz foizini oshirib yuboradi. R.Virxov nazariyasi: Atreskleroz rivojlanishida dastlabki omil sifatida tomir ichki devorining biriktiruvchi to’qimasini yumshashi hisoblanadi. U joyga lipid va kalsiy tuzlarini cho’kishi ikkilamchi jarayon hisoblanadi. Anichkov va Xalatovlar bo’yicha: Bu nazarya bo’yicha esa ateroskleroz o’zgarmagan intimaga lipidlar, xususan, xolesterinning birlamchi diffuzyalanishi natijasidir. Tomir devori keying o’zgarishlari(mucoid edema, tolali tuzilma va endotelial qatlam osti hujayralarning distrofik o’zgarishlari,produktiv o’zgarishlar ) lipidlar borligidan rivojlanadi, demak ular ikkilamchidir. Rivojlanishi: Alfa va betta lipoproteidlar farqlanadi. Betta lipoproteidlar hujayra retseptorlari bn bog’lanib hujayraga endositoz yo’li bn kirib lizosomalar bn tutashadi Fermanlar tasirida oqsil va xolesterin efiriga parchalanadi Xolesterin efiri gidrolizlanib erkin xolesterin hosil boladi va lizosomadan sitoplazmaga o’tadi Sitoplazmada to’plangan xolesterin xolesterin retseptorlar sintezini va betta lipoproteidlar hujayraga kirishini to’xtatadi. Ateroskleroz belgilari (simptomlari) 1.Tashqi ko‘rinishi – bemor yoshiga qaraganda keksaroq ko‘rinadi, vazni ortib ketadi. 2.Ksantomalar – xolesterinning terida sariq dog‘ ko‘rinishida (yunon. “ksantos”– sariq degani) to‘planishi. Odatda tirsak, qovoqlarda paydo bo‘ladi. Ksantomlar umumiy xolesterini juda yuqori bo‘lgan aterosklerozda nasliy giperxolesterinemiyada uchraydi. 3.Giperxolesterinemiya – qonda umumiy xolesterin miqdorining 5,2 mmol/l yoki 200 mg/dl (mg %) dan ortishi. Kasallikning nasliy shaklida bu ko‘rsatkich me’yordan 4–5 baravar ortib ketishi kuzatiladi. 4.Tananing qaysi a’zosi yoki qismi ko‘proq zararlanganligiga qarab ateroskleroz sabab bo‘lgan turli kasalliklarni farqlash mumkin. Ular alohida ham, birgalikda ham uchraydi. 5.Yurak arteriyalari, koronar arteriya aterosklerozi: 6.To‘sh yoki yurak atrofida og‘riq paydo bo‘lib, chap qo‘lga ham o‘tadi; Yurak notekis uradi, muzlab qolganday bo‘ladi, tez-tez ura boshlaydi; Davolash: (stend qo’yish) 1. Ateroskleroz rivojlanishiga sababchi bo‘ladigan omillarga qarshi harakatlar davolash asosini tashkil etadi. 2.Parhezlar (Yog‘ va xolesteringa qattiq to‘yingan mahsulotlardan miya, jigar, buyrak, seryog‘ go‘sht, kolbasa, yog‘li sut va shu kabilardan voz kechish lozim.O‘simlik yog‘lari va dengiz balig‘ining yog‘lari, yengil margarinlar, yong‘oqlar, yog‘siz sut mahsulotlari esa foydali hisoblanadi.) 3.Jismoniy mashqlar
Do'stlaringiz bilan baham: |