Yaponiyada demokratiyaning shakl la nishi. Ayni paytda demokratik islohotlar ham olib borildi. Siyosiy va diniy erkinliklar to‘g‘risida direktiva qabul qilindi. Matbuotda senzura bekor qilindi, barcha siyosiy mahbuslar ozod etildi, ilgarigi militaristik jamoat tashkilotlari tarqatib yuborildi. Siyosiy partiyalarni qayta tuzish jarayoni boshlandi. Amerikaliklar yaponlarni demokratiya sharoitida yashashga o‘rgatdi.
Yaponiya iqtisodiy mo‘jizasi. Butun dunyoda «yapon iqtisodiy mo‘jiz asi» deb iqtisodning niho yatda jadal – yiliga 11 % dan rivojlanish davriga aytiladi. Bu davr 1956 – 1970-yillarni o‘z ichiga oladi. Unda ayniqsa, sano atning o‘sish sur’atlari juda yuqori bo‘lib, bu, asosan, og‘ir sanoat va kimyo ishlab chiqarishini rivojlantirish hi sobiga yuz berdi. 1960-yillarning oxiriga kelib Yaponiya yalpi ichki mahsulotning hajm i bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Yaponiya o‘z yutuqlarini Tokioda bo‘lib o‘tgan «EKSPO–70» ko‘rgazmasida muvaffaqiyatli namoyish qildi.
Postindustrial modelning shakllanishi. Yapon «iqtisodiy mo‘jizasi» arzon neftga asoslangan bo‘lib, 1970-yillardagi neft inqirozi Yaponiyani o‘z iqtisodiy tizimini keskin o‘zgartirishga majbur qildi. Sanoatda ilmtalab ishlab chiqarish sohalariga asosiy e’tibor qaratildi. Mahsulot qiymatining asosiy qism ini ilmiy yangilikl ar, xodimlarning texnik malakasi, dizayn, nou-xau va shu kabilar tashkil qildi. 1980-yillardan Yaponiyada 26 ta texnopolislar tashkil qilindi. Shu yillari Yaponiya jahon bozoriga yangi turdagi mahsul otlar – mikroprotsessorlar, perso nal kompyuterlar, sanoat robotlari va tez o‘zga ruvchan ishlab chiqa rish tizimlari bilan chiqdi. Mamlakatda postindustrial iqtisodiy model shakllandi va u postindustrial sivilizatsiyaga asos bo‘ldi.
Osiyoning yangi industrial mamlakatlari. XX asrning 60 – 80-yillarida Osiyoning bir qator mamlakatlari jadal modernizatsiyalashni amalga oshirish orqali taraqqiyotn ing yuksak sur’atlarini ta’minlashga erishdi. Masalan, Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur, Gonkong kabi davlatlarni «Osiyo yo‘lbarslari», «yangi industrial davlatlar» deb atay boshladilar.
XX asrning ikkinchi yarmida «yangi industrial davlatlar» Osiyo qit’a sida barq aror ijtimoiy-iqtisodiy tar aqq iyotning timsoliga ayl andi. Bitta avlodning ko‘z o‘ngida mamlakat qoloq lik dan taraqqiyotning yuqori darajas iga erishdi. Bunga Janubiy Koreya yaqqol mis ol bo‘lishi mumkin.
Juda kambag‘al bo‘lgan Janubiy Koreyada 1970-yillardan og‘ir sanoat, avvalo, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati rivojlantirildi. Elektronika sanoati jadal taraqqiy etdi. Dastlab lampali radiop riyomniklar, oq-qora televizorlardan boshlagan Janubiy Koreya, keyin magnitofonlar, rangli televizorlar, kompyuterlar, mikrosxemalar, so‘ngra videomagnitofonlar, lazerli proigrivatellar, mikroto‘lqinli pechlar va nihoyat personal IBMlar ishlab chiqarishga o‘tdi.
Tashqi savdoda ham shunga mos o‘zgarishlar yuz berdi. Janubiy Koreya po‘lat, dengiz kemalari, avtomobillar, uy-ro‘zg‘or elektronikasi va boshqa shu kabi mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha dunyo liderlari safidan o‘rin egalladi.
1990-yillarga kelib Janubiy Koreya iqtisodiy rivojlangan indust rial davlat sifatida shakllandi va postindustrial taraqqiyot element lari ga ega bo‘lib, jahon iqtisodiyotida muhim o‘rin egalladi.
1946-yilda Yaponiyada mehnat munosabatlarini demokratlashtirish maqsadida kasaba uyushmalari to‘g‘risida qonun qabul qilindi.
1970-yillardan Janubiy Koreyada og‘ir sanoat, avvalo, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati rivojlantirildi.
Tayland, Malayziya, Indoneziya, Filippin Yaponiya modeli asosida kapitalistik taraqqiyot yo‘lidan rivojlanayotgan va bunda yuqori natijalarga erishayotgan ikkinchi to‘lqin davlatlari hisoblanadi.
Osiyodagi yangi industrial davlatlarning barchasini parlament demo kra tiyasi va ko‘ppartiyaviylik tizimi, xususiy mulkka asos langan tadbirkor likni va erkin bozorni taraqqiy ettirish, rivojlangan mamlakatlarning yordamiga tayanish va tashqi investitsiyalar uchun qulay sharoit yaratish kabi umumiy jihatlar birlashtirib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |