At fakulteti «Tasdiqlayman» Milliy libos va san’at fakulteti dekani A. Turakulov



Download 62,28 Kb.
bet3/7
Sana02.04.2022
Hajmi62,28 Kb.
#524949
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iste\'dotli bolalarni aniqlash va ularni tarbiyalash

Kurs ishining ob’yekti: Oliy ta’lim tizimida “Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalariga tarbiya texnalogiyalari haqida ta’lim berish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Bo‘lajak boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning tarbiyaviy ishlar metodikasi ilmini egallash jarayonidagi ta’lim mazmuni va texnologiyasi.
Kurs ishining tuzilishi va tarkibi: Kurs ishi kirish, ikki bob, to'rt paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib jami 32 sahifani tashkil etadi.

I. BOB.ISTE'DOTLI BOLALAR BILAN ISHLASHNING YO'NALISHLARI
1.1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning yo’nalishlari

Tarbiyani eng avvalo insonning o’ziga qaratilganligi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan butun dunyo hamjamiyati tan olgan qadam -baqadam amalga oshirilayotgan «o’zbek modeli» da juda to’g’ri belgilandi. Dunyoda birinchi bor insonni diqqat e’tibori uni o’zligini anglashga qaratildi. O’zligini anglash birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug’ siymoligini anglash va o’zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bo’lsa, ikkinchidan u ning o’ziga xos milliyinsoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir.


Yuqorida sanab o’tilgan ikki sifat komil inson sifatining asosini tashkil etadi.
Chunki komil inson sifatlarini tarbiya sohasidagi ilmlarini xulosalab, mujassamlashtirsa, ular asosan 3 ta:
1. Ezgu niyat, fikr;
2. Ezgu so’z, xushmuomila;
3. Ezgu ish, ezgu faoliyatdan iboratdir.
Shu yuqoridagi uch sifat o’qitishning, ta’lim-tarbiyaning bosh maqsadidan iboratdir. Bu bosh maqsad insonlarda, yoshlarda, mutaxassislarda komillik sifatlarini takomillashtirish, yoshlarni zamonaviy axloqiy -amaliy o’quv, malaka, ko’nikmalar qurollantira borish, mutaxassislarda xar bir sohaga mos ilm, bilim hosil qilishdan iborat bo’lgan pedagogika fanining zamonaviy fan asoslarini kengayganligini ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasiining «Ta’lim to’g’risida» gi qonunida ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotida sohasini ustivor deb e’lon qilinadi. Ta’limning, o’qitishning vazifasi fuqarolar, yoshlarning eng asosiy konstituttsiyaviy xuquqlaridan biri bo’lgan har bir kishining aqliy -amaliy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojini ta’minlash, o’zi hohlagan kasbini tanlash jihatidan rivojini ta’minlash, o’zi hohlagan shu sohada fao liyat ko’rsatishi uchun moddiy ma’naviy tarbiyaviy didaktik shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Bu umumiy vazifadan ta’limning har bir bo’g’ini, turi va bosqichining o’ziga hos vazifalari kelib chiqadi. Ta’lim pedagoglarning faorliyatidan va o’quvchi talabalarning faoliyatidan iborat qo’shaloq jarayondir.
Birgalikdagi faoliyat orqali yoshlar ilimiy bilimlari qurollanadilar. Buning natijasida ularning ijodiy qobiliyatlari har tomonlama shakllanadi. Ma’lumot ta’lim-tarbiya jarayonining natijasi orqali to’plangan bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisi va shakllangan ma’naviy fazilatlar majmuidir. Ma’lumot olishning to’g’ri va ishonchli yo’li davlat ta’lim standartlari bo’yicha bilim beradigan aniq maqsadli rejalar, dasturlar asosida o’quv yurtlarida tashkil qilinadigan ta’lim tarbiya jarayonidir.
Ta’lim, tarbiya, ma’lumot, rivojlanish, shakllanish uyg’unlash yagona
jarayondir. Unda o’qituvchi-tarbiyachi rahbarlik qiladi. Pedagogika uzoq tarixiy jarayonda shakllanar ekan, hozirga kelib ilmiy bilimlarni mustaqil bir tarmog’i sifatida, fan sifatida shakllanadi. O’zining ilmiy -nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini yaratdi. Natijada pedagogik fanlari tizimi, ya’ni uning tarmoqlari vujudga keldi. Yaqin vaqtgacha falsafaning bir tarmog’i hisoblangan pedagogikaning musta qil yangi yo’nalishlari yaratildi. Jumladan, pedagogika mustaqil yangi yo’nalishlari yaratildi, pedagogika fanining tarixan rivojloanishi o’zida aks ettiriladi. Bunda o’tmishdagi ilg’or pedagogik g’oyalarni paydo bo’lishi, rivojlanishi ularning bugungi kun dagi ahamiyati, merosdan foydalanishning zaruriyati xaqidagi fikr yuritiladi.
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir.
Insonni tarbiyalash, uni bilim olishiga, mehnat qilishiga undash va bu hatti harakatini asta-sekin ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonni mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’anaviy manbaga aylanadi. SHu tarzda inson asta-sekin takomillashib komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzok davom etadigan ma’suliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Buning uchun bolalarni yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ma’naviy, insoniy sifatlarining shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va bolalarga bo’lagn munosabat muhim rol o’ynaydi. Ota-onalarimiz va atrofdagilarning bir-birlariga bo’lgan munosabatlarini ko’rgan bola shunga qarab shakllana boradi. Ular avval kattalarga taqlid qiladilar. So’ng asta -sekin qilayotgan ishlarning mohiyatini anglaydilar. Bolalarni to’g’ri tarbiyalashda ota -onaning ongi, ma’naviyati, bilimi tarbiyalanganligi ham muhim ahamiyatga ega. Bolaning xarakterini, oiladagni tarbiyasini, uning or -nomusini, sharm-hayosi kabi nozik tuyg’ularining tarbiyalanganlik darajasini bilmay turib, birdaniga jamoa orasida uyaltirish, yaxshi o’ylab ko’rmaslik, yoki jaxl ustida tinimsiz kaltaklash mumkin emas. Sizning tanlagan jazo usulingiz o’quvchini yoki farzandingizni qilgan xatosini tushunishga, boshqa qilmasligiga tarbiyaviy saboq bo’lish kerak. Agar bu jazo usullari o’zining samarasini bermasa, u holatda ehtiyotkorlik bilan maktab ma’muriyati va jamoa hamkorligida boshqa choralarni ishlab chiqishi kerak.
Bugungi kunda pedagogika fani amaliyoti ham takomillashib bormoqda.
Shuningdek, tarbiya jarayoni ham zamon talabiga monand takomillashib boradi.
Boshqaruv organlari barkamol avlodni o’qitish va tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishlari, yetilgan masalalarni o’z vaqtida va ijobiy hal etishlari, barcha o’quv yurtlarining ish saviyasi xozirgi zamon talablariga muvofiq oshirishlarini ta’minlashlari kerak. Ta’lim oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish ta’lim tizimini boshqarish va unga rahbarlik qilish faoliyatining saviyasiga bog’liq. Kelajagi buyuk jamiyatning rivojlanish talablaridan kelib chiqib, maorifning o’rni va roliga yangi avlodni tarbiyalash nuqtai nazaridan qarab, oliy majlis materiallarida, prezidentimiz ma’ruzalarida, maxsus qarorlarda rahbarlikning yuqori ilmiy darajada amalga oshirish zarurligiga alohida e’tibor berib kelmoqda.
Ta’lim tizimiga ilmiy rahbarlik asoslarini ishlab chiqish pedagogika uchun asosiy yo’nalishdir. Barkamol avlodni o’qitish va tarbiyalash tajribalarini o’rganish, umumlashtirish, bu jarayonning konuniyatlarini ochib berish, pedagogika nazariyasining asosiy masalalarini ta’lim amaliyotiga va fan yutuqlarini nazarda tutgan holda, I.A. Karimov asarlari asosida ijodiy hal qilish pedagogikaning burchidir. I.A. Karimov o’z asarlarida kelajagi buyuk O’zbekiston Respublikasining organlarini tashkil etish va boshqarish va ularning rahbarlik faoliyatiga doir muhim printsiplarini har taraflama mufassal ishlab chiqdi. Ilmiy va pedagogikaviy amaliyoti bilan bog’lanish tamoyili. Bu tamoyil xalq ta’limi organlari va maktabning hamma ishini O’zbekiston Respublikasi davlatining ko’rsatmasi, fan va texnika yutuqlari hamda ijtimoiy taraqqiyotning ob’ektiv qonuniyatlari asosida amalga oshirishni talab etdi. Chunki idora qilish uchun ishni bilish kerak. Hamma narsadan xabardor bo’lmasdan turib, to’la to’kis bilimga ega bo’lmasdan turib, idora qilish ilmini bilmasdan turib boshqarish mumkin emas. Xalq ta’limi ishlarini maktab ishini kasb-hunar kollejlari ishini va unga rahbarlik qilishda qo’zg’algan maqsadlarga erishish uchun milliy mafkura, milliy goya, pedagogika tarixi, psixologiya, xususiy metodika, mantiq, etika-estetika kabi fanlar erishgan yutuqlarini muntazam o’rganib borish, tahlil qilish hamda bu muvaffaqiyatlarni keng qo’llanishi zarur. Boshqaruv muassasalari barkamol avlodni o’qitish va tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini muttasil yetilgan masalalarni o’z vaqtida va gokobiy hal etishlari, barcha o’quv yurtlarining ish saviyasi hozirgi zamon talablariga muvofiq oshirish ishini ta’minlashi kerak.Ta’lim tizimini boshqarishda markazlashgan rahbarlikni keng demokratiya bilan mustaqillik va tashabbuskorlikngi rivojlantirish bilan birga qo’shib olib borish bilan birga o’ziga xos xususiyatlari va shart sharoitlarini hisobga olish imkonini beradi.Yuqoridan turib, bir xil andoza bichib berish demokratiya va markazlashgan rahbarlikka butunlay yot narsadir. Barcha tadbirlarda, mahalliy xususiyatlarda ishga qanday munosabatda bo’lish usullarida, nazoratni amalga oshirish usullarida, har xil yo’llarini qo’llash asosiy, muhim bo’lgan birliklarni buzmaydi, balki u birlikni ta’minlaydi.
Iste’dodli bolalarni aniqlash va ularni tarbiyalash
Iste’dodning o’z vaqtida namoyon bo’lishi, tarbiyaga va qo’llab-quvvatlashga bog’liqdir. Har qanday jamiyatga iste’dodli shaxslar zarur. Shu nuqtai nazardan iste’dodli bolalarni aniqlash, tarbiyalash va o’qitish respublikaning bo’lajak aql zakovatli va ijodiy fikrlovchi kuchlarni tayyorlashning yagona manbaidir. Ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali amlga oshirish uchun o’quvchilar iste’dodini aniq taxlil etish, bolalarning o’ziga xos psixologik jihatlarini va fazilatlarini hisobga olish zarur.Turli yoshda gi iste’dodli o’quvchilarni namoyon etishda xozirgi kunda, avvalo maktab pedagogika jamoasi ruhiy -diagnostika tajribalardan unumli foydalanishlari zarur.Yoshlar iste’dodining namoyon bo’lishiga qobiliyalarni aniq tahlil etish, bolaning o’ziga xos fazilatla rini hisobga olish ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali amalga oshirish uchun zarur. Qobiliyatlarni rivojlantirish uchun jaraja va bosqichlari yangicha munosabatlar bilan bog’liq bo’ladi.Qobiliyatning ma’lum bir darajadaistalgan o’quvchida shakllangan bo’lishi mumkin. Bu esa tashkil etilgan tarbiya va o’quv jarayoni sharoitlarida rivojlantiriladi.O’quvchi yoshlar qobiliyatini rivojlantirish maqsadida iste’dod va iqtidorni ongli rag’batlatirish, mukammallik uchun sharoit yaratish, ularning ijobiy qiziqishlari rang-barangligini oshirish, turli ko’rgazmali tadbirlarda ishtirok ettirish, olimpiadalar, tanlovlar, uchrashuvlarga jalb etish lozim.Iste’dodli bolalarning taniqli olimlar laboratoriyalarida shug’ullanishi, shoir, yozuvchi, rassom kabi san’at namoyondalari bilan hamkorlik qilishni tashkil etish muhim ahamiyatga ega.Bolalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda oila va muhitning ahamiyati yuksak. Ayniqsa respublikaning qishloq joylarida iqtidorli bolalarni izlash, topi shva ularning ta’lim va tarbiyasini muntazam ravishda to’g’ri yo’lga qo’yish muhimdir.Iste’dodli bolalarni joylarning hududiy xususiyatlarini hisobga olib, ijodiy kamol toptirishda diagnostik uslubiyatlar, o’quv rejalari va o’quv uslubiy, tarbiya va ta’lim dasturlari bilan ta’minlash lozim. Shuningdek, iqtidorli bolalarni izlash, topi shva tarbiyalash uchun zamonaviy moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan to’liq ta’minot zarur. Iste’dodli bolalar salomatligini muhofaza qilish uchun ularni ruhiy zarbalardan asrash yo’llarini aniqlash, ruhan y ordam ko’rsatish, ruhiy xayajonlanish holatlarini o’rganish – ularning ijodiy qobiliyatlarini rivoji uchun sharoit yaratish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish darkor.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun tarkibiga Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari xodimlari, yetakchi olimlar va mutaxasislar, ijodkorlar, amaliyotchi o’qituvchilar, to’garak rahbarlaridan iborat Respublika metodik kengashi tuzulishi lozim. Turli yoshdagi guruhlar iste’dodlarni qidirishning umumiy dasturi zarur.
Ommaviy o’quv yurtlarida bo’lganidek, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida ham bu borada o’quv dasturi rejalarini ishlab chiqish kerak bo’ladi. Iste’dodli bolalarni aniqlash, tarbiyalash va o’qitishni ta’minlash quyidagi omillarga bog’liq:
- ushbu aniqlashning ijtimoiy ahamiyatini, respublikaning zakovati, ijodkorligi,
kuch-qudratini tayyorlashning istiqboli bilan bog’liqligini tushunishga;
- ruhiy diagnostik uslubiyat, uslubiy materiallari bo’lgani holda turli yoshdagi
guruhlarda aniqlashning umumiy dasturlari yaratilishiga;
- iste’dodli bolalar (maxsus tayyorlangan rejalar, dasturlar va ilmiy asoslangan
uslubiyat va hokazo bo’yicha) bilan ishlash uchun ixtisoslashgan muassasalarning
yagona tarmog’ini targ’ib etishga;
- ommaviy o’quv yurtlarida iste’dodli bolalar bilan ishlash uchun zarur o’quv dasturiy qo’llanmalarini ishlab chiqishga;
- joylarda mahsus guruhlar tomonidan ishlab chiqilgan xalq ta’limi, davlat va
jamoat muassasalari, ijodiy uyushmalar tomonidan tasdiqlangan dasturlarga (bu
dasturlarda iste’dodli bolalar bilan ishlashning istiqbollari va bosqichlari, o’z
xududida bunday faoliyat va ko’pgina boshqa tadbirlar uchun mablag’ ajratish ularni ta’minlashga);
- qo’yilgan vazifalarni hal qilishga keng jamoatchilik diqqatini jalb qilishga,
respublika metodik kengashining tuzilishiga (bu kengash tarkibiga Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari, xalq ta’lim boshqaruv organlari xodimlari, yetakchi olimlari va mutaxassislari, ijodiy uyushmalar, amaliyotchi o’kituvchi, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari to’garak raxbarlari kiradilar);
- ilmiy tadqiqotlar maktablar uchun me’yoriy xujjatlar, sinf ishlanmalari
majmuiga, iste’dodli o’kuvchilar haqida ma’lumotlar manbaini yaratishga, ularni o’qitish va tarbiyalashning (tabaqalashtirish, individuallashtrish, insonparvarlashtirish) yagona uslubiy asosini yaratishga bog’liq. Iqtidorli bolalar va istedodli yoshlarni aniqlash va o’qitish uslubiyati, psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlarini yaratish. maxsus o’kuv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va olimlarni faol ishtirokini ta’minlash. Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda umumiy va kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan o’tkazishga qaratilgan sobit qadam faoliyatni amalga oshirish. Akademik litseylarning o’quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo’nalishlari bo’yicha o’z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o’zlaridagi noyob iste’dodni ro’yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish.

Download 62,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish