OCHILISHI TARIXI
Nyuton mexanikasi qonuniyatlariga ko‘ra izlanishlar olib borgan astronom olim
Urban Leverye
,
Uran
orbitasidagi anomaliyalarga asoslanib, o‘sha vaqtlarda hali noma’lum bo‘lgan sayyora –
Neptun
ning mavjud
ekanligini ilmiy bashorat qilgan edi. 1846 yilda Neptun, Leverye ko‘rsatib bergan joyda haqiqatan ham kashf
qilindi. Biroq, keyingi kuzatishlar, Uranning orbital trayektoriyasiga Neptundan boshqa yana bir osmon jismi
ham jiddiy ta’sir qilayotganligini ko‘rsatardi. Bu esa olimlar va jamoatchilik orasida yirik
Transneptun
osmon
jismi, ya’ni to‘qqizinchi sayyoraning ham mavjud ekanligi haqidagi fikrlarning rivojlanishiga olib keldi.
Natijada, 1906 yilda, Bostonlik millioner astronom
Persival Louell
tomonidan, shartli ravishda «X-sayyora»
deb nomlangan keng ko‘lamli loyiha ishlab chiqilib, to‘qqizinchi sayyorani qidirish ishlari boshlab yuborildi.
Persival Louellning o‘zi 1894 yilda «Louell» Rasadxonasini tashkil etib, uni shaxsiy mablag‘i evaziga
moliyalashtirib kelayotgan edi. 1909 yilda Louellning o‘zi hamda astronom Uilyam Pikeringlar tomonidan,
«X-sayyora»ning joylashuvi taxmin qilingan ba’zi hisob kitoblar ishlab chiqildi. Qidiruv ishlari Persival
Louellning vafoti yuz bergan 1916 yilgacha davom etdi. Aslida, Louell rasadxonasi 1915 yilning 15 mart
kunida ilk marta Plutonning fototasvirini olishga muvaffaq bo‘lgan ekan. Biroq, tasvirning sifatining o‘ta
yomonligi tufayli, rasadxona xodimlari bu haqida o‘zlari bilmay qolishgan.
Persival Louell vafot etgach, uning xotini tomonidan sud orqali da’vo qilingan million dollarli meros
mojarosi tufayli, Louell laboratoriyasi faoliyati uzoq muddatga to‘xtab qoldi. Faqat 1929 yilga kelibgina
«X-sayyora»ni qidirish ishlari qayta jonlantirildi. Bu vaqtga kelib, rasadxona direktori Melvin Slayfer,
«X-sayyora»ni qidirish ishlarini, Kanzaslik 23 yoshli astronom
Klayd Tombo
ga (1906 – 1997) topshirdi.
Klayd Tombo, koinotning «X-sayyora» joylashgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan qismini ikki hafta davomida
fotosuratga olib borib, keyin, tasvirlardagi o‘z joyini o‘zgartirgan obyektni aniqlash usuli bilan yangi
sayyorani qidirishga kirishdi. U o‘z tekshirishlari uchun blink-komporatordan foydalandi. Unda kadrlarning
tezkor o‘rin almashtirish imkoniyati bo‘lib, bu tufayli, tasvirdagi o‘z joyini o‘zgartirayotgan osmon jismining
harakat illuziyasi namoyon bo‘lar edi. Deyarli bir yil olib borilgan kuzatuvlardan so‘ng, 1930 yilning 18 fevral
kuni, Tombo, 23-29 yanvar kunlari olingan fotokadrlarni tekshirish asnosida, harakatlanayotgan Transneptun
obyektni aniqladi. 13 mart kuni, Tombo qo‘shimcha ilmiy dalillarni o‘rganib chiqqach, kashfiyot haqida
Garvard kolledji rasadxonasiga telegramma yo‘lladi.
Yangi sayyora kashf etilgani haqidagi xabar bilan, tez orada butun dunyo gazeta va jurnallari, radio
efirlari ko‘plab chiqishlar qilishdi. Bu orada, sayyoraga nom berish masalasi ham yuzaga chiqdi. Dastavval,
rasadxonaning marhum egasi sharafiga, uning bevasining taklifi bilan «Persival» sayyorasi deb nomlash taklifi
Do'stlaringiz bilan baham: |