Astronomiyadan ma’lumotnomalar


Urannning halqalar tizimi. Eng



Download 5,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/96
Sana30.03.2022
Hajmi5,92 Mb.
#519471
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96
Bog'liq
1. Astronomiyadan ma\'lumotnomalar

Urannning halqalar tizimi. Eng 
chetdagi eng yorqin halqa – ε halqasi.
 


Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi 
49
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a

lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
kashfiyotlaridan keyin, 1852 yili Uilyam Gershelning og‘li Jon Gershel o‘sha vaqtda ma’lum bo‘lgan 
Uranning 4-ta tabiiy yo‘ldoshga nom berdi. Mirandani esa 1948 yilda 
Jerard Koyper
 kashf etgan bo‘lib, qolgan 
yo‘ldoshlarni 1985 yildan keyin, unga 
Voyajer-2
yaqinlashgandan so‘ng va yerdagi kuchli teleskoplardan 
foydalanilib ochilgan. Masalan 1986 yilda Voyajer-2 yuborgan tasvirlar asosida Uranning 10 ta yangi tabiiy 
yo‘ldoshlari aniqlandi. 1997 yilda esa sayyoradan ancha olisda harakatlanadigan yana 9 ta tabiiy yo‘ldoshlari 
topildi. 2001 yilda, Voyajer-2 yuborgan fotosuratlarni qayta tahlil qilish jarayonida, ilgari nazardan chetda 
qolgan yana bir tabiiy yo‘ldosh – Perdita kashf etildi. 
Xabbl teleskopi
yordamida esa 2003 yili yana ikkita 
kichik yo‘ldosh – Kupidon va Mab aniqlangan bo‘lsa, 2003 yilning o‘zida, Uranning hozirgacha ma’lum 
tabiiy yo‘ldoshlaridan oxirgisi – Margarita qayd etildi.
 
Uranning tabiiy yo‘ldoshlari:
 
№ 
Tabiiy 
yo‘ldosh nomi 
Sayyora 
sirtidan 
o‘rtacha 
uzoqligi 
(ming km.) 
Aylanish 
davri
(kun) 
Diametri yoki 
o‘lchamlari 
(km) 
Ochilgan 
yili 
Kashf 
etgan olim / 
kosmik apparat 

Ariel 
192 
2.52 
1157±1 
1851 
U.Lassell 

Umbriel 
267 
4.14 
1169±5 
1851 
U.Lassell 

Titaniya 
438 
8.71 
1577±3 
1787 
U.Gershell
 

Oberon 
586 
13.46 
1522±5 
1787 
U.Gershell
 

Miranda 
130 
1.41 
471.6 
1948 
J. Koyper
 

Kordeliya 
49.75 
0.33 
42±6 
1986 
Voyajer-2
 

Ofeliya 
53.77 
0.38 
46±8 
1986 
Voyajer-2
 

Bianka 
59.16 
0.44 
54±4 
1986 
Voyajer-2
 

Kressida 
61.77 
0.46 
82±4 
1986 
Voyajer-2
 
10 Dezdemona 
62.65 
0.47 
68±8 
1986 
Voyajer-2
 
11 Julyetta
64.63 
0.49 
106±8 
1986 
Voyajer-2
 
12 Portsiya 
66.10 
0.51 
140±8 
1986 
Voyajer-2
 
13 Rozalinda 
69.93 
0.56 
72±12 
1986 
Voyajer-2
 
14 Belinda 
75.33 
0.62 
90±16 
1986 
Voyajer-2
 
15 Pek 
86 
0.76 
162±4 
1985 
Voyajer-2
 
16 Kupidon
74.8 
0.618 

18 
2003 
Xabbl
 
17 Perdita
76.4 
0.63 
30±6 
1986/2001 
Voyajer-2
 
18 Mab
97.7 
0.92 

25 
2003 
Xabbl
 
19 Fransisko
427.6 
267.12
**

12 
2001 
20 Kaliban
723.1 
579.39** 

98 
1997 
21 Stefano
800.4 
677.48** 

20 
1999 
22 Trinkulo
850.4 
748.83** 

10 
2001 
23 Sikoraksa 
1217.9 
1285.62** 

190 
1997 
24 Margarita
1434.5 
1654.32 

11 
2003 
25 Prospero
1625.6 
1962.95** 

30 
1999 
26 Setebos 
1741.8 
2196.35** 

30 
1999 
27 Ferdinand 
2090.1 
2805.51** 

12 
2001 
**
Teskari yo‘nalishda aylanuvchi tabiiy yo‘ldoshlar. 


Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi 
50
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a

lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Kashf etilishi 
Kashf etgan olim 
Uilyam Gershel
 
Kashf etilgan joy 
Bat shahri, Buyuk Britaniya. 
Kashf etilgan sana 
13-mart, 1781 yil 
Kashf etish usuli 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatuv 
Uranning orbital ko‘rsatkichlari 
Perigeliy
 
2 748 938 46 km; 18,375 518 63 a.b. 
Afeliy
 
3 004 419 704 km; 20,083 305 26 a.b. 
Katta yarim o‘q
 (
α

2 876 679 082 km; 19,229 411 95 a.b. 
Orbita ekstsentrisiteti
 (
e

0,044 405 586; 
Siderik aylanish davri
 
30 685,4 kun; 84.01 yil. 
Sinodik aylanish davri
 
369,66 kun; 
Orbital tezligi
 (
v

6,81 km/soniya; 
Peritsentr argumenti 
96,541318° 
Og‘ishi 
0,772556° 
Yo‘ldoshlari
 
27 
Uranning fizik ko‘rsatkichlari
Ekvatorial radiusi 
25 559 km; 
Qutb radiusi 
24 973 km; 
Sirt yuzasi (
S

8,1156·10
9
km
2

Hajmi (
V

6,833·10
13
km³;
Massasi (
m

8,6832·10
25
kg; 14.6 yer massasi
O‘rtacha zichligi (
ρ

1,27 g/sm
3

Ekvatoridagi erkin tushish tezligi (
g

8,87 m/soniya
2

O‘qining og‘ish burchagi 
97,77° 
Albedo
 
0,300 bond; 0,51 geometrik albedo 
Ekvatorial aylanish tezligi
2,59 km/soniya 
Sirtidagi ikkinchi kosmik tezlik
21,3 km/soniya;
Ko‘rinadigan yulduz kattaligi 
+5.9 dan +5.32 gacha 
Sirtidagi harorat
1 bar sathda 76 K 
0.1 bar sathda 49 K 
Uran atmosferasi tarkibi: 
Vodorod (H
2

83±3 % 
Geliy (He) 
15±3 % 
Metan (CH
4

2,3 % 
Shuningdek muzlagan holatdagi, ammiak, suv, ammoniy gidrosulfidi
(NH
4
SH), aniqlangan. 
Uranning eng yirik tabiiy yo‘ldoshlai. Chapdan: Miranda, Ariel, Umbriel, Titaniya, Oberon.
 


Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi 
51
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a

lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Neptun - 

Neptun – 
Quyosh
dan uzoqligi bo‘yicha sakkizinchi, massasi 
bo‘yicha uchinchi (17.2 Yer massasi), diametri bo‘yicha esa to‘rtinchi 
(3.9 Yer diametri) o‘rinda turuvchi sayyora. 2006 yildan e’tiboran, 
Quyosh tizimi
ning eng olis sayyorasi hisoblanmoqda. U noodatiy 
tarzda kashf etilgan. 
Galiley
ning qo‘lyozmalaridagi tasvirlarga 
qaraganda, Neptunni birinchi bo‘lib aynan Galileo Galiley kuzatgan 
bo‘lishi ehtimoli katta. Lekin u Neptunni sayyora ekanligini xayoliga 
ham keltirmagan, aksincha uni, Yupiter ortidagi qo‘zg‘almas 
yulduzlardan biri deb o‘ylagan. Galiley kuzatishlar olib borgan 1612 
yilning dekabrida, Neptun orqaga tisarilgandek harakat boshlagan
bunday harakat, Yerning o‘z orbital harakati natijasida 
tashqi 
sayyora
larni quvib o‘tganida kuzatiladi. Lekin, uning harakati 
Galileyning kuchsiz teleskopi seza olishi uchun yetarli darajada 
bo‘lmagan. Shu tufayli Galiley Neptunni ochgan ilk olim deb 
hisoblanmaydi.
Oradan 169 yil vaqt o‘tib 
Uilyam Gershel
 
Uran
sayyorasini kashf qildi. 1821 yilda esa Aleksis Buvar 
Uranning orbital harakati jadvallarini ishlab chiqdi va chop ettirdi. Buvar jadvallari Yevropa astronomlari 
orasida keng tarqaldi. Astronomik kuzatuvlarda ulardan foydalanish ko‘lami ortdi. Biroq, ko‘p o‘tmay Buvar 
jadvallariga nisbatan shubha paydo bo‘la boshladi. Uran, Buvar hisoblagan trayektoriyadan og‘ib, anomal 
harakat qilayotganligi aniqlandi. Xususan ingliz astronomi T.Xassi o‘zining kuzatishlarida Uranning 
belgilangan orbitadan og‘ayotganini aniq hisoblab chiqardi. Xassi 1834 yilda Parijda, Buvar rasadxonasida 
mehmon bo‘ldi va Uran orbitasidagi anomaliyalarni muhokama qildi. Buvar Xassining mazkur anomaliyalarni 
Urandan ham keyinroqda joylashgan sakkizinchi sayyoraning gravitatsion ta’siri natijasi bo‘lsa kerak degan 
farazini qabul qildi va jadvallarni, anomal o‘zgarishlar asosida muvofiqlashtirib chiqdi. Bu vaqtlarda Neptunni 
ko‘ra oladigan kuchli teleskoplar mavjud bo‘lmagan. Shuning uchun Neptun harakati qonuniyatlarini va uning 
fizik parametrlarini Uranga qilayotgan gravitatsion ta’siri qiymatlaridan kelib chiqib, toza matematik yo‘l 
bilan hisob-kitob qilish zarur edi. Bunday favqulodda mushkul matematik masalani Buvar va Xassi ilgari 
surgan sakkizinchi sayyora haqidagi g‘oya paydo bo‘lgach, oradan 9 yil o‘tib, 1843 yilda ingliz astronomi Jon 
Kuch Adams, va farang astronomi 
Urban Leverye
 bir-biridan mustaqil ravishda hal qilishdi. Ular Uran orbitasi 
anomaliyalari asosida sakkizinchi sayyoraning fazodagi taxminiy joylashuv nuqtasini sof matematik usulda 
hisoblab chiqarishdi. 
Leveryening hisob-kitoblariga tayangan holda, Berlin rasadxonasi mutaxassisi I.Galle va uning talaba-
shogirdi Genrix d’Arre tomonidan 1846 yilning 23 sentyabr kuni Neptun sayyorasini avvaldan taxmin qilingan 
joyda kuzatishga muvaffaq bo‘ldi. Ular taxminan 1 soatcha davom etgan qidiruvdan so‘ng, Leverye 
hisoblaridan atiga 1° koordinata farqi bilan, koinotda Neptunni aniq ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi. 
Neptun kashf etilgan dastlabki davrlarda uni shunchaki «Urandan keyingi sayyora», yoki, «Leverye 
sayyorasi» deb atashgan. Gallening o‘zi «Yanus» nomini ilgari surgan, Angliyada esa, «Okean» nomini taklif 
etishgan.
Bu o‘ziga xos olamshumul kashfiyot edi. Sababi, Neptunning toza matematik usulda kashf etilishi, 
birinchidan Butun olam tortishish qonunining o‘ta aniq va to‘g‘ri ifodalanganligini isbotlasa, ikkinchidan
qadimdan saqlanib kelgan yetti sayyora haqidagi tushunchaga
1
barham berdi. Qolaversa, Neptun inson aql 
zakovati mahsuli natijasida, jisman ko‘rinishidan ham avval, fazoviy harakati qonuniyatlari kashf etilgan ilk 
osmon jismi edi.
Neptunning Quyoshdan uzoqligi 30.1 astronomik birlik. Quyosh atrofidagi orbitasi bo‘ylab aylanish davri 
164 yil 288 kun. Shunday qilib, Neptun ochilganidan buyon faqat bir marotaba – 2011 yilning 12 iyul kunida 
Quyosh atrofini to‘liq aylanib chiqdi, ya’ni Neptun yili to‘ldi. Neptunning diametri 50 200 km, o‘rtacha 
zichligi esa, 2.3 gr/sm
3
. Bunday ko‘rsatkichlariga ko‘ra Neptun – gigant sayyoralar turkumiga mansub bo‘lib, 
1
Teleskop kashf etilgunicha yashagan qadimgi zamon munajjimlari koinotda faqat yettita sayyora mavjud deb ishonishgan. Bular 
faqat tungi osmonda qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rib bo‘ladigan sayyoralar edi.

Download 5,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish