Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
98
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Hiten
«Hiten» (yaponcha ma’nosi «Yulduzli qiz») –
Oy
ni tadqiq qilishga mo‘ljallangan,
Yaponiyaga tegishli bo‘lgan dastlabki kosmik zond. 1976 yilda, «Luna-24» faoliyati
to‘xtatilganidan keyingi 14 yillik tanaffusdan so‘ng, birinchi marta Oyga yuborilgan
fazoviy apparat. Start vaqtidagi massasi 143 kg. 1.4 metr diametrli 0.8m uzunlikdagi
silindrik shaklga ega bo‘lgan. 1990 yilning 24 yanvar kuni, Yaponiyaning Utinoura M1
kosmodromidan Mu-3S-II M-3S2-5 raketa-eltuvchisi yordamida fazoga uchirilgan.
Asosiy maqsadi, Oyning gravitatsion maydonini tadqiq qilish,
Yer atmosferasi
da aerodinamik tormozlanish
jarayonini o‘rganish va Oy tevarak atrofidagi kosmik chang parametrlarini o‘lchash bo‘lgan. Oy atrofida 10
marta aylanib uchganidan so‘ng, 1990 yilning 19 mart kuni, Oy sirti tomonga kichik zond - «
Hagoromo
»ni
(yaponcha ma’nosi «
farishta yopinchig‘i
») tashladi. «Hagoromo» manzilga yetib borganmi, yo‘qmi hech kim
bilmaydi, chunki uning radiouzatgichlari darhol ishdan chiqqan edi. «Hiten»ning asosiy maqsadlaridan biri -
yer atmosferasi yuqori qatlamlarida aerodinamik tormozlanishni amalga oshirganidan so‘ng, uni yana Oyga
qayta yo‘naltirishga qaror qilindi. Apparat 3 oydan keyin, Oy orbitasiga chiqishga erishdi. 1991 yil 2 oktyabr
kuni «Hiten» Oy orbitasida, oyning qat’iy gravitatsion ta’siriga tushib qoldi. 1992 yilning 15 fevralida esa uni
Oyning sun’iy yo‘ldoshi orbitasiga o‘tkazib yuborildi. 1993 yilning 10 aprel kuni esa, Yerdan berilgan
buyruqqa ko‘ra, «Hiten» Oy sirtiga qulatib yuborildi. Dastlabki yapon zondi koinotda jami bo‘lib, 3 yil va 2
oy muddat faoliyat olib bordi.
Chane-1
«Chane-1» –
Oy
ni tadqiq qilishga mo‘ljallangan
Chinese Lunar Exploration
Program
Xitoy dasturining birinchi bosqichiga tegishli bo‘lgan yo‘ldosh. 2007 yil 24
oktyabrda, Sichan kosmodromidan «Buyuk yurish» nomli raketa-eltuvchisi
yordamida Oy orbitasiga chiqarilgan. Massasi 2350 kg. Aylanish dari ~127 daqiqa.
Loyiha qiymati 180 mln dollar. Asosiy maqsadi – Oyni tadqiq qilishning keyingi bosqichlari, Oy robotlari va
Xitoy astronavtlarini Oyga uchirish uchun zaruriy ilmiy ma’lumotlarni yig‘ish; keyingi apparatlarning Oyga
qo‘nish koordinatalarini aniqlash; Oyning uch o‘lchovli topografik xaritasini tuzish; Titan va Temir kimyoviy
elementlarining tarqalganlik darajasini, ularni Oyda sanoat miqyosida qazib olish nuqtai nazaridan o‘rganish;
mikroto‘lqinli nurlanish orqali, kimyoviy elementlaring, xususan, geliy-3 ning miqdori Oy ichki
chuqurligining ortishi bilan qanday o‘zgarishini tekshirish; Oy va Yer orasidagi fazoni, yerning
magnitosferasini hamda,
Quyosh shamoli
dagi plazmani o‘rganish. Ushbu apparat, o‘zodagi bort asboblari
yordamida Yerga 1.37 terrabayt axborot yubordi va ular asosida, tarixda birinchi marotaba, Oyning uch
o‘lchovli xaritasi hosil qilindi. «Chane-1» 2009 yilning 1 martida, o‘z xizmat vazifasini bajarib bo‘lganligi
sababli, Oy sirtiga qulatib yuborish orqali yo‘q qilindi.
Chandrayan-1
«Chandrayan-1» –
Oy
ni tadqiq qilishga mo‘ljallangan Hindistonga tegishli kosmik
zond, Oyning sun’iy yo‘ldoshi. 2008 yilning 22 oktyabr kuni, PSLV-XL raketa-
eltuvchisi yordamida, Shrixarikota kosmodromidan koinotga chiqarilgan. Start
vaqtidagi massasi 1304 kg. «Chandrayan-1» yoqlari 1.5 o‘chamli kub shaklida
bo‘lib, bortiga 12 xil asbob-uskunalar, jumladan, Oy mineralogiyasini o‘rganishga
mo‘ljallangan spektrometr, radar, dozimetr, atom analizatori hamda futokameralar
o‘rnatilgan. Uning asosiy maqsadi, Oy yuzasidan foydali qazilmalar, hamda, muz
zahiralarini qidirish va Oy sirtining uch o‘lchovli xaritasini tuzishdan iborat.
«Chandrayan-1»ning tarkibida, Oyga qo‘nishga mo‘ljallangan, zarbali-zond mavjud bo‘lgan. 2008 yilning 8
noyabr kuni, Hind kosmik apparati, selenosentrik orbitaga muvaffaqiyatli ravishda chiqib keldi va Oy atrofini
aylanishni boshladi. 14 noyabr kuni esa, «Chandrayan-1»dan zarba-zondi ajralib chiqib, Oyning janubiy qutbi
yaqinidagi Sheklton krateri yaqinida, qattiq qo‘nishni amlaga oshirdi. Apparat Oy sirtida 2009 yilning 29
avgustida, ya'ni, Oyga qo‘nganidan 312 kun o‘tib, aloqada uzildi. «Chandrayan-1» faoliyati davomida olingan
asosiy ilmiy natijalar Oy jinslari mineralogiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, xususan, olimlar Oy tuprog‘i va jinslari
tarkibiga oid qimmatli ma;lumotlarga ega bo‘ldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: