Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
96
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Apollon-11
«Apollon-11» –
Apollon
seriyasidagi, uchuvchili kosmik kema. 1969 yilning
16-24 iyul kunlari, tarixda ilk marta, bortida inson bilan
Oy
ga parvoz qilgan va
Oy sirtiga qo‘nish amalga oshirilgan ilk fazo kemasi. Ikkita asosiy moduldan –
boshqaruv moduli – «Kolumbiya» va Oy moduli «Burgut»dan iborat bo‘lgan.
1969 yil, 16-iyul kuni, Floridadagi, Kennedi kosmik markazining 39A
kompleksidan, «Saturn-5» raketa eltuvchisi yordamida fazoga uchirilgan. Start
vaqtidagi massasi – 43901 kg. Parvozning umumiy davomiyligi – 8 kun, 3 soat,
18 daqiqa va 8 soniyani tashkil etgan. Kema kapitani –
Nil Armstrong
, ekipaj
a’zolari –
Edvin Oldrin
(Oy moduli uchuvchisi) va Maykl Kollinz (boshqaruv
moduli uchuvchisi). Startdan (13:32) 11 daqiqa, 42 soniyadan so‘ng, «Apollon-
11», yer sirtidan 190.8 km balandlik masofasida,
7.79 km/soniya tezlikka ega bo‘lgan tarzda, Yer tevarak aylana orbitasiga
muvaffaqiyatli chiqishga erishdi. Yer atrofida 1.5 aylanish bajarilganidan so‘ng,
Tinch okeani ustidan uchish vaqtida, «Apollon-11» ikkinchi kosmik tezlikka
erishdi va Oyga uchish trayektoriyasiga yo‘naldi. Parvozning to‘rtinchi kuni,
startdan 75 soat 41 daqiqa o‘tgan vaqtda, «Apollon-11» Oydan 572 km
masofada, Oyning Yerdan ko‘rinmaydigan teskari tomoniga o‘tdi va 8 daqiqadan
so‘ng, u 114.1 km
aposeleniy
va 313.9 km
pereseleniy
ga ega bo‘lgan, Oy
tevarak-atrofi orbitasiga chiqishga erishdi. Keyinchalik, Oy atrofidagi aylanish
orbitasiga tegishli tuzatishlar kiritilganidan so‘ng, 13-marta aylanishning
so‘ngida, «Burgut» va «Kolumbiya» o‘zaro ajraldi va «Burgut», astronavtlar
bilan birga Oyga qo‘nishni amalga oshirishga kirishdi. Qo‘nish, Oydagi
«Sokinlik dengizi» hududida muvaffaqiyatli amalga oshirildi va astronavtlar
«Burgut»ni tark etib, avval Nil Armstrong, undan 15 daqiqa keyin esa, Edvin
Oldrin Oy sirtiga chiqishdi. Ular Oyda bir necha amaliy tajribalar o‘tkazishdi va
Oy guruntidan namunalar yig‘ishdi. Shuningdek, Yer bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
aloqaga chiqib, telemuloqotda va prezident bilan suhbatda bo‘lishdi. So‘ngra,
Oyga ilmiy-tekshirish apparatlari – seysmometr va lazer nur qaytargichi (ko‘zgu)
o‘rnatish ishlarini bajarishdi. Amalga oshirilayotgan barcha ishlarni astronavtlar
o‘zaro almashinib fotosuratga tushirib borishdi. So‘nggi bosqichda esa,
astronavtlar o‘zlari bilan olib kelgan, kosmonavtlar Yuriy Gagarin, Valentin
Komarovlarga tegishli esdalik medallarini Oy sirtiga olib chiqish vazifasini
bajarishdi. Ushbu jarayon, halok bo‘lgan kosmonavtlar xotirasi hurmati uchun
bajarilgan o‘ziga xos marosim tarzida bo‘lgan. Rejalashtirilgan barcha ishlar
yakunlangach, «Burgut»ni tark etishganiga 2 soat 31 daqiqa va 41 soniya
bo‘lganida, astronavtlarga kemaga qaytish haqida buyruq berildi. Astronavtlar
«Burgut»ga qaytgach, endi Yerga tomon parvozga tayyorlana boshlashdi va
«Burgut» «Kolumbiya» bilan qayta tutashgach, «Apollon-11» Yerga qaytish
trayektoriyasiga yo‘l oldi. 22 iyul kuni, «Apollon-11» Oyning tortish kuchidan
Yerning tortish kuchi, kuchliroq bo‘lgan fazoga kirib keldi va Yerga qo‘nish
bosqichiga o‘tdi. 24 iyul kuni, parvozning 195 soat 3 daqiqasi orta qolgan vaqtda,
«Apollon-11» Yer atmosferasining yuqori qatlamlariga kirib keldi va 122 km
balandlik masofasida, 11 km/soniya tezlik bilan pastlay boshladi. 3 daqiqadan
so‘ng, Oyga parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirgan qahramon ekipaj bilan birga «Apollon-11», Tinch
okeani suvlariga kelib tushdi, va avvaldan tayinlangan AQSH dengiz flotiga tegishli «Xornet» kemasi
yordamida, chiqarib olindi va Pirl-Xarbor yaqinidagi Ford oroliga eltildi. Astronavtlar Oydan Yerga qaytib
uchgan vaqtdan boshlab 21 kunlik karantin muddatini o‘tashdi. Karantin muddatidan 1 kun avval yakunlandi
va 11 avgust kuni, bir kunlik dam olishdan so‘ng, 12 avgust kuni Oyga uchgan astronavtlarning keng omma
bilan telemuloqoti uyishtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: