Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
68
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
Yulduzlar.
Yulduz –
Quyosh
singari tabiatga ega bo‘lgan o‘ta
ulkan va nihoyatda katta massali gaz sharidir. Quyosh
ham G spektral sinfiga mansub bo‘lgan oddiy yulduzdir.
Nazariyaga ko‘ra, yulduzlar, gaz-chang muhitining
(asosan vodorod va geliydan) gravitatsion siqilishi
natijasida vujudga keladi. Yulduzlar ichkarisidagi
harorat millionlab kelvinlarda, sirtidagi harorat esa
minglab kelvinlarda o‘lchanadi. Ko‘plab yulduzlardagi
energiya, yulduzning markaziy qismlarida kechuvchi va
asosan o‘ta yuqori haroratlarda vodorodning geliyga
aylanishi bilan kechuvchi termoyadro reaksiyalari hosil
bo‘ladi. Odatda yulduzlarni, butun olamning eng asosiy
obyektlari deb qaraladi. Sababi aynan yulduzlarda
insonlarga ma’lum tabiiy olamning asosiy massasi
mujassamlashgan.
Quyoshga eng yaqin yulduz Sentavrning Proksimasidir. U Quyoshdan 4.2
yorug‘lik yili
masofada
joylashgan. Qurollanmagan ko‘z bilan, yerning har ikkala yarim sharlarida o‘rtacha 3000 tadan, jami 6000
gacha yulduzlarni ko‘rish mumkin.
Yulduzlarning ko‘plab xossalari SI birliklarida ifodalansa-da, biroq, ayrim hollarda boshqa birliklardan
foydalanishga ham yo‘l qo‘yiladi. Masalan, yulduzgacha bo‘lgan masofani ifodalash uchun
yorug‘lik yili
yoki
parsek
qo‘llaniladi, chunki bu o‘rinda
km
dan foydalanish raqamlarning nihoyatda yiriklashib ketishi bilan
noqulaylik tug‘diradi. Yulduzlarning ravshanligi ham
𝑒𝑟𝑔
𝑠𝑜𝑛𝑖𝑦𝑎
birligida (SGS birligi) ifodalanadi. Yulduzning
massasi, ravshanligi va radiusi odatda, Quyoshning shu o‘lchamlari bilan nisbatlarda ifodalanadi.
Quyosh massasi:
M
=1.9891·10
30
kg;
Quyosh ravshanligi:
L
=3.827·10
26
Vt;
Quyosh radiusi:
R
=6.960·10
8
m.
Qadimgi zamonlardan o‘rta asrlargacha olimlar yulduzlarni asosan
osmon sferasidagi joylashivi hamda, nurining yorqinligiga qarab
tasniflashgan. Yulduz turkumlari ma’lum xayoliy shakllarda tasavvur
qilinib, ularga, nom berishgan. Ma’lum yulduz turkumining yilning qaysi
qismida, osmonning qaysi tarafida joylashishiga qarab, taqvimlar va ho
kazo (masalan, tole’nomalar) tuzishgan. Dengizchilik rivojlanishi bilan
okeanlarda orientir olishda ham yulduzlarning joylashuviga qarab yo‘l
tutishgan. Biroq bularning barchasida yulduzlarning faqat juda oz xossalari
qayd etilar edi
Yulduzlarning hozirgi zamon tasniflanishi (klassifikatsiyasi) XIX
asrda spektral tahlil usullari kashf etilganidan keyin paydo bo‘lgan.
Yulduzlar birinchi navbatda spektrdagi yutilish va nurlanish chiziqlariga
qarab, undan tashqari, mutloq yulduz kattaligi; jimirlashining mavjudligi,
yoki o‘zgaruvchanligi; hamda o‘lchamlariga ko‘ra, ma’lum bir sinflar va guruhlarga biriktiriladi.
XX asr boshlarida astronomlar Gertsshprung va Rassel, turli xil yulduzlar uchun «mutloq yulduz
kattaligi» – «spektral sinf» diagrammasini tuzib chiqishdi. Mazkur diagrammmada yulduzlarning aksariyat
qismi ingichka egri chiziq bo‘ylab joylashgan edi. Keyinchalik
Gertsshprung–Rassel diagrammasi
nomini
olgan bu ilmiy manba, yulduzlarning ichkarisida borayotgan jarayonlarni
tushunish va tadqiq qilish uchun o‘ziga xos kalitga aylandi. U tufayli, yulduzlarning ma’lum siflarga ajratish
uchun, ma’lum tamoyillarga asoslangan nazariy tushuntirishlar maydonga chiqdi. ma’lum bo‘lishicha,
Do'stlaringiz bilan baham: |