Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi
52
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a
’
lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
uning asosini vodorod va geliy elementlari tashkil qiladi. Hisoblashlarga ko‘ra Neptun markazida og‘ir yadro
mavjud bo‘lib, uning tarkibi, taxminan silikatlar hamda, og‘ir metallardan iborat ekan.
Neptun atmosferasining tarkibiga ko‘ra, molekulyar vodorod va geliy asosiy ulushni egallaydi,
shuningdek, kam miqdordagi metan mavjudligi aniqlangan. Neptun kosmik apparatlar obyektivida moviy
rangda namoyon bo‘ladi. Buning sababi asosan metan gazi hisoblanadi.
Neptun atmosferasida butun Quyosh tizimidagi eng kuchli po‘rtana va
bo‘ronlar yuz beradi. Ba’zi fikrlarga ko‘ra ularning tezligi 2100 km/soatgacha
yetar ekan. 1989 yilda
Voyajer-2
kosmik apparati tomonidan Neptun
atmosferasida oq dog‘ – Yupiterning qizil dog‘iga o‘xshash hodisani qayd etdi.
Bu yuqoridagi Neptun bo‘ronlari haqidagi fikrni tasdig‘i sifatida qarala
boshladi. Neptunning atmosfera qatlamlaridagi harorat -220°C ni tashkil qiladi.
Biroq uning yadrosida esa 5400°K gacha issiqlik bo‘lishi mumkin ekan.
Neptunni kuzatishlardagi aniqlangan ajablanarli hodisalardan biri, uning
Quyoshdan oladigan issiqlik miqdoriga nisbatan, o‘zi ko‘proq issiqlik miqdori
chiqarishidir. Buni olimlar Neptun yadrosida termoyadro reaksiyalari borsa
kerak degan faraz bilan izohlashgan.
O‘z o‘qiga nisbatan og‘ish burchagi Yer va Marsnikiga yaqin, ya’ni 28,32°
bo‘lganligidan, Neptunda fasllar almashinuvi jarayoni yuz beradi. Neptun fasllari har 40 yilda bir almashadi.
Neptun fasllari almashinuvi uning
albedo
qiymatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Urandan farqli ravishda Neptun
kuchli ichki issiqlik manbaiga ega. U o‘zi quyoshdan oladigan energiyaga nisbatan 161% ko‘p miqdorda ichki
issiqlik ishlab chiqaradi. Buning sababi sifatida olimlar, sayyora yadrosining kuchli radiogen qizishini
keltirishmoqda.
Neptunda ham ko‘p sonli tabiiy yo‘ldoshlar tizimi, hamda, juda ingichka
va xira halqalar mavjudligi, Voyajer-2 tomonidan olingan tasvirlar orqali
aniqlandi. Neptun halqasi asosan silikatlar bilan qoplangan uglerodli
materiallardan tashkil topgan, muzlagan mayda jismlardan iborat. Hozirgacha
Neptunning 5 ta halqasi aniqlangan.
Tabiiy yo‘ldoshlarning eng kattasi – Tritonni, Neptunning o‘zi kashf
etilishidan 17 kun o‘tib, Uilyam Lassel ochgan. «Triton» nomini Kamil
Flammarion 1880 yilda fanga tavsiya etgan edi. Biroq, Neptunning 2-
yo‘ldoshi Nerida ochilguniga qadar Triton nomi rasmiy qo‘llanilmay, u faqat
«Neptun yo‘ldoshi» sifatida yuritilgan. Triton,
Quyosh tizimi
dagi tabiiy
yo‘ldoshlar ichida o‘z atmosferasiga ega bo‘lgan uchta tabiiy yo‘ldoshdan
biridir (Io va Titan bilan birgalikda). U ham teskari yo‘nalishda va spiralsimon
orbita bo‘ylab aylanadi. Olimlarning fikricha aslida Triton Neptunning haqiqiy
tabiiy yo‘ldoshi bo‘lmay, balki uzoq o‘tmishda Neptun tomonidan «tutib olingan» bo‘lishi ham mumkin ekan.
Neptunning ikkinchi yo‘ldoshi Nereida 1949 yilda golland olimi
Jerard Koyper
tomonidan kashf etilgan.
Keyingi yo‘ldoshlarni esa 1989 yilda Neptunga Voyajer-2 ning tashrifidan so‘ng aniqlandi. 2002-2003 yillar
davomida Neptunning yana 5 ta yangi tabiiy yo‘ldoshi qayd etildi. Sakkizinchi sayyoraning hozircha oxirgi –
14 tabiiy yo‘ldoshi,
«Xabbl» teleskopi
dan 2004-2009 yillar davomida olingan fotosuratlari asosida, 2013 yilda
aniqlangan bo‘lib, unga hali nom berilganicha yo‘q (vaqtinchalik nomi - S/2004 N 1).
Neptun quyosh tizimidagi eng kam o‘rganilgan sayyoralardan biridir. Unga hozircha faqat bir marta –
Voyajer-2 kosmik apparatigina yetib borgan. Yanada yangi va batafsil ma’lumotlarni balki keyingi avlod
fazoviy apparatlari yetkazishar.
Do'stlaringiz bilan baham: