Astronomiyadan ma’lumotnomalar


Yupiterning katta qizil dog‘i



Download 5,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/96
Sana30.03.2022
Hajmi5,92 Mb.
#519471
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   96
Bog'liq
1. Astronomiyadan ma\'lumotnomalar

Yupiterning katta qizil dog‘i. 
Voyajer-1 d
an oilngan fotosurat. 
1979 yil, 1-mart.
 
Yupiterning katta (yuqorida) va 
kichik (quyuroqda) qizil dog‘lari. 
2008 yilda 
Xabbl teleskopi
dan 
oilngan fotosurat.
 
Yupiterning Xabbl teleskopidan olingan 
fototasviri. 2010 yil iyun oyi. 


Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi 
39
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a

lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
stratosfera, tropopauza va troposferalarni ajratish mumkin. 
Yerdan farqli ravishda, Yupiter atmosferasida mezosfera va 
Mezopauza mavjud emas. Atmosferaning yuqori qatlamlari 
harorat juda baland. Sayyora atmosferasidan ichkarilagani 
sari, tropopauzagacha harorat pasayib boradi. Termosferada 
Yupiter o‘z nurlanishining eng katta qismini yo‘qotadi. 
Aynan Termosferada, Yupiterning ionosferasi va qutb 
yog‘dusi shakllanadi.
Atmosfera qatlami 1000 km dan iborat bo‘lib uning eng 
quyi qatlamlarida toza gaz qavatidan keyin qalin bulutli 
qatlamni teleskoplarda ko‘rish mumkin. Suyuq molekulyar 
holatdagi vodorod qatlami 24000 km. Bu qatlamda bosim 
300 GPa, harorat esa 11000 K gacha yetadi. Keyin esa, 
suyuq metall vodorod qatlami bo‘lib, u 42000 km qalinlikda 
va o‘z ostida kichik o‘lchamli temir-silikatli yadroni 
saqlaydi. Yadro radiusi 4000 km atrofida. Yadro va metall vodorod qatlami chegaralarida harorat 30 000 K 
gacha yetib boradi.
Yupiter chiqaradigan issiqlik miqdori uning Quyoshdan oladigan issiqlik energiyasi miqdoridan ikki 
barobar ko‘proq. Bunga sabab esa, sayyoraning doimiy ravishda ammo sekinlik bilan (yiliga 1 mm) siqilib 
borayotganligidan bo‘lishi mumkin.
Sayyoraning 
magnit 
maydoni 
murakkab 
bo‘lib, 
yaxshi 
o‘rganilmagan. U ikki qismdan iborat: dipolli maydon Yupiterda 1.5 mln 
km masofagacha tarqaladi va ikkinchisi – nodipolli magnit maydoni 
magnitosferaning qolgan qismini egallaydi. Hozirgi vaqtda olimlar, 
Yupiter magnit maydoni nafaqat dipol va nodipolli maydonlar, balki, 
kvadrupol, oktupol va boshqa garmonikalarga ham egaligi haqida ilmiy 
farazlarni ilgari surishmoqda. Yupiter sirtidagi magnit maydon 
kuchlanganligi 10 – 15 ersted bo‘lib, Yernikidan deyarli 20 barobar 
kuchli. Yupiterning magnit qutblari yerning magnit qutblariga nisbatan 
teskari joylashgan.
Hozirda 
Yupiterning 67 ta tabiiy yo‘ldoshi
 aniqlangan bo‘lib, 
quyosh tizimi sayyoralari orasida bu eng katta ko‘rsatkich 
hisoblanadi. Yupiter yo‘ldoshlari ikki turkumga – ichki va tashqi 
yo‘ldoshlarga tasniflanadi. Ulardan eng kattalarini – Io, 
Gannimed, Yevropa va Kallistoni 1610 yilda 
Galileo Galiley
 
kashf etgan edi. Bu yo‘ldoshlar va sayyoraga eng yaqin 
masofadagi Amalteya yo‘ldoshi Yupiter ekvatori tekisligidagi 
fazoda harakatlanishadi.
Yupiterning eng katta, ya’ni, Galiley yo‘ldoshlari ichida, eng 
qiziqarlisi bu – Yevropa hisoblanadi. Chunki bu yo‘ldoshda, 
xuddi yerdagi kabi ulkan ummon mavjud bo‘lib, uning chuqurligi 
90 km gacha yetadi. Yevropa ummonining hajmi, Yerdagi dunyo 
okeani hajmidan ancha katta. Olimlarning fikricha, Yevropadagi 
ummonda, bir hujayrali organizmlar uchun yetarli darajada hayot 
sharoiti mavjud bo‘lishi mumkin ekan. Yevropaning sirti qalin 
muz qatlami va undagi keng yo‘l-yo‘l chiziqlar bilan o‘ziga 
xosdir. 
Io esa, astronomlarni o‘ta faol vulqonlari bilan o‘ziga jalb 
etadi. Ioda butun quyosh tizimidagi eng faol vulqonlar mavjud 
bo‘lib, yo‘ldosh sirti, vulqon chiqindi jinslari bilan qoplangan.

Download 5,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish