1-bosqich: tana va ruh bir-biridan ajralmas:
2-bosqich: refleksiya, ruh-ongni vujudga keltiradi;
3-bosqich: ruh aqlda o’z ifodasini topadi;
Bu psixologiyadagi ong rivojlanishiga katta turtki bo’ldi.
Lyudvig Feyerbax (1804-1872) materialistik tushunchalarni psixologiyaga kiritdi. Inson tafakkuri sub’ektga talluqli degan fikrni ilgari surdi. Psixologiyadagi antropologik printsipni olib kirdi.
Xulosa qilsak, demak XUP asrning ikkinchi yarmi va XUSH asrning birinchi yarmigacha bo’lgan davrda psixologik bilimlarning rivojlanishi uchun va bu bilimlarning sxolastikada qutilishi uchun yuqoridagi omillarning hammasi o’zlarining hissalarini qo’shdilar. O’zlarining idealistik, materialistik, dunyoqarashlari bilan psixologiyaning taraqqiyotini tezlashtirdi va birinchi bor psixologiyaning ongni o’rganishga yana ong psixikasining kriteriyasi sifatida ajralishiga sabab bo’ldi va birinchi bor imperik assotsiativ psixologiya maktablarini yuzaga keltirdi.
Tayanch tushunchalar:
Sentsualizm-sezgilarnin bilishning birdan-bir manbaini tan oluvchi falsafiy oqim.
Monistik-dualizmga qarama-qarshi o’laroq dunyodagi barcha hodisalarning asosini bitta narsa yo belgi, yo materiya , yo ruh tashkil qiladi deb ta’lim beruvchi falsafiy ta’limot.
Gipoteza-tabiatda, jamiyat, va inson tafakkuri sohasidagi muayyan hodisani to’liq tushuntirish yoki isbotlash uchun etarli dalillarga ega bo’lmagan ilmiy faraz, taxmin.
Apperseptsiya-idrok protsessining shhaxsning avvalgi bilim va tajribalari, qiziqishi, ehtiyoj va odatlari, psixik hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishi.
Assotsiativ psixologiya- assotsiattsiyalar tushunchasining asosi bosh printsipi deb hisoblovchi, ilmiy - g’oyaviy mohiyati jihatidan turlicha bo’lgan psixologik oqimlar yig’indisi.
Nazorat savollar:
Psixologiyaning ong haqidagi bilimlar doirasining rivojlanishi qaysi davrlarni o’z ichiga oladi?
Qaysi faylasufning ong haqidagi fikrlari psixologiyada psixofizik muammoni yuzaga keltirdi.
«Jon hohishi» asari kim tomonidan yaratilgan, ta’rif bering.
Nomaterialistik xususiyat deganda nima tushuniladi?
Dekart substantsiyani nechaga bo’ladi va qaysilar?
Benedik Spenoza psixologiyasi haqida ma’lumot bering.
B.Spenoza bilishni necha qismga ajratadi va har biriga ma’lumot bering.
Nechanchi asrda qaysi fanga emperizm nazariyasi kirib keldi va uning asoschisi kim?
G.Gobos nima uchun R.Dekardning substantsiya ta’limotiga qarshi chiqdi? To’liq ma’lumot bering.
Nemis faylasufi, idealisti G.Lebents ta’limiy fikrlari va g’oyalari qanday?
Asssotsiativ psixologiyaning shakllanishi ?
XUSH asrdagi frantsuz psixologiyasi?
Nemis klassik falsafasi asoschilari va ularning ishlari?
I.G.Fixte, Gegel, L.Feyerbaxlarning psixologik qarashlari?
Do'stlaringiz bilan baham: |