Bog'liq 22 to\'g\'ri tayyor Assidiyalar sinfi vakillarining tuzulishi, hayot kechirishi
II. Bob. Xordalilar tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. 2.1 Xordalilar tipi biologiyasi Xordalilar tipiga 43 mingga yaqin tur kiradi. Xordalilar tipi bosh skeletsizlar, lichinka xordalilar (qobiqlilar) va bosh sk eletlilar (umurtqalilar) kenja tiplariga bo'linadi. Qobiqlilar tuban xordalilar bo'lib, faqat lichinkalik davrida xordalilar tipiga xos tuzilishga ega. Voyaga yetayotgan hayvonlarning xordasi yo'qolib ketadi, nerv nayi o'zgarib, yagona nerv tugunini hosil qiladi. Faqat appendikulyariyalam ing xordasi va nerv nayi hayoti davomida saqlanib qoladi. Tuzilishining bunday soddalashuvi erkin yashovchi lichinkaning voyaga yetgan davrida o'troq yashashga o'tishi bilan bog'liq. Tanasi kletchatkaga o'xshash moddadan hosil bo'lgan qobiq bilan o'ralgan. Qobiqlilar okean va dengizlarda hayot kechiruvchi 1500 ga yaqin tum i o'z ichiga oladi. Bu kenja tip uchta sinfga bo'linadi. U lar o ra sid a A ssid iy a la r (A scid ia) va A p p e n d ik u ly a riy a la r (Appendicularia) sinflarining vakillari keng tarqalgan. A ssidiyalar tanasining uzunligi 0,1 mm dan 50 sm gacha keladi. Voyaga yetgan hayvonning tanasi xaltasimon bo'lib, qalin tunuka qobiq bilan o'ralgan Assidiya tanasining ostki tomoni bilan suv tubiga yopishib hayot kechiradi. Tanasining yuqori uchida og'iz teshigi (og'iz sifoni), undan pastroqda esa chiqarish teshigi (kloaka sifoni) joylashgan. Suv tana bo'shlig'iga og'iz sifoni orqali kirib, kloaka sifoni orqali chiqib ketadi. Ko'pchilik assidiyalar yakka yashaydi. Faqat ayrim turlari kaloniya hosil qiladi.
Assidiyalar va boshqa qobiqlilam ing qon aylanish sistemasi tutash emas. Yurakdan organlarga qon tomirlari ketadi. Halqum devorida juda ko'p jabra teshiklari joylashgan. Jabra teshiklari devorida joylashgan kapillyarlar orqali gaz almashinuvi sodir bo'ladi. Ayirish mahsulotlari ayrim hujayralar ichida to'planib turadi. Bu mahsulotlar organizmdan chiqarilmaydi. Assidiyalar va boshqa qobiqlilar germafrodit hayvonlar. Tuxum hujayrasi organizm ichida (ichki urug'lanish) yoki tashqi muhitda (tashqi urug'lanish) urug'lanadi. Ayrim turlari jinssiz yo'l bilan kurtaklanib ko'payadi. Assidiyalar tuxumidan harakatchan mikroskopik lichinka chiqadi. Lichinka bir qancha vaqt erkin suzib yurgach, suv ostidagi narsalarga yopishib voyaga yetadi. Uning dumi, xordasi va nerv nayining ko'p qismi yo'qolib, tuzilishi soddalashadi. Boshskeletsizlar haqiqiy dengiz hayvonlari bo'lib, ko'pchilik turlari suv tubida hayot kechiradi. Bu kenja tip vakillari butun hayoti davomida tuban xordalilar uchun xos bo'lgan tuzilish belgilarini saqlab qoladi. Shu sababdan bosh sk eletsizlar xordalilarn ing kelib chiq ish in i tushuntirishda katta ahamiyatga ega. Boshskeletsizlarga 30 —35 ga yaqin tur kiradi. Bu kenja tip yagona Xordaboshlilar (Cephalochordata) sinfini o'z ichiga oladi. Xorda boshlilardan lansetniklar Atlantika, Tinch va Hind okeanlari havzasidagi iliq suvli dengizlarda, shu jumladan, Qora dengizda keng tarqalgan. Lansetniklar odatda sohil yaqinida, suv tubida hayot kechiradi. Lansetnikni dastlab 1774 yilda P.S. Pallas tasvirlab, uni molluskalar tipiga kiritgan. Keyinchalik zoologlar uni baliqlar tipida kiritishgan.
Rus embriologi A.O.Kavalevskiy lansetnikni batafsil tekshirib, uni xordalilarga mansub ekanligini isbot etgan. Xordaboshlilar sinfi Lansetniklar (Branchiostoma) va Simmetriyasizlar (Asymmetrion) turkumlarini o'z ichiga oladi. Keyingi turkum vakillari tanasi asimmetrik tuzilganligi, jinsiy bezlari tanasining o'ng tomonida joylashganligi va suzgich qanotlarining o'ziga xos tuzilishi bilan lansetniklardan farq qiladi. Boshskeletsizlardan lansetnik (Branchiostoma lanceolatum) yaxshi o'rganilgan (23 —rasm). Lansetniklar uzunligi 5 —8 sm gacha keladigan hayvon bo'lib, dengizning sayoz qismida qumga ko'milib hayot kechiradi. Qumdan hayvonning faqat oldingi qismi chiqib turadi. U suv yuzasidan suv tubiga cho'kayotgan mayda organik qoldiqlar bilan oziqlanadi. Assidiyalaming ko'pchiligi bir joyda yakka holda va koloniya bo'lib hayot kechiradi, lekin ulaming suvda erkin suzib yurib hayot kechiradigan koloniyal turlari ham mavjud. Voyaga yetgan assidiyalarning uzunligi 30—50 sm ga boradi. K.oloniya bo lib yashaydigan assidiyalar jinsiy usulda ko'payishdan tashqari. kurtaklanish yo'li bilan jinssiz usulda ham ko'payadi. Assidiyalaming xaltasimon yoki bochkasimon tanasi tashqi tomonidan dildiroq kletchatkasimon moddadan iborat qalin qobiq (tunika) hilan o'ralgan bo'lib, ostki tomonidagi tovoni hilan suv tagidagi birorta substraíga yopishib yashaydi. Halqumnmg ichki lomonida, uning orqa tomoni bo'ylab toqizilo'ngachgacha davom etib boradigan tamov bor, bu tarnovning ikki cheti yuqoriga ko'tarilgan bu'lib. ichí tebranib turuvchi uzun-uzun kiprikchalar bilan qoplangan. Mana shu tamovga endostil deyiladi. Endostil og'iz teshigiga yetmasdan turib ikkiga bo'linadi va halqumni halqadek o'rab oladigan halqum oldi egatchasiga aylanadi. Halqumning orqa tomonida endostilga qarama-qarshi va halqum bo'shlig'iga osilib turadigan plastinka bo‘lib, buni orqa plastinka deyiladi. Assidiya halqumining ichini qoplab turgan kipriklarning va orqa lastinkaning tebranib harakat qilishi natijasida suv oqimi halqumga kiradi. Suv bilan halqum bo'shlig'iga mayda dengiz organizmlari ham kirib, endostil tubiga cho'kadi. Bu yerda ular endostil tubidagi hujayralardan chiqadigan shilimshiq modda bilan bir-biriga yopishadi va endostil kipriklarining harakati natijasida qizilo'ngach teshigiga haydaladi.
Hazm bo'lmagan oziq qoldiqlari anal teshigi orqali jabraoldi bo'shlig'iga tushadi, u yerda umumiy suv oqimi bilan kloaka sifoni teshigidan tashqariga chiqariladi. Halqum nafas olish organi vazifasini ham bajaradi. Qon aylanish sistemasi. Assidiyalarning qon aylanish sistemasi tutash emas. Yuragi oshqozon oldida joylashgan muskulli xaltacha ichida turadi. Yuragining ikki tomonidan bittadan qon tomiri chiqadi. oldingisi jabra qon tomiri hisoblanib. halqumning ostki tomonidan o'tib, stigmalarga bir qancha mayda-mayda shoxchalar beradi. Keyingi qon tomiri ichak qon tomiri deyilib, ichki organlarga boradigan shoxchalarga boblinadi. Bu shoxchalar organlar orasiga o‘mashgan va maxsus devorlari bo'lmaydigan bo'shliqlar bilan qo'shiladi. Shuning uchun ham assidiyalarning qon aylanish sistemasi tutash emas.Assidiyalar yuragining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki,
qonni goh oldingi tomonga, goh orqa tomonga haydaydi. Shuning uchun ham ulaming har qaysi qon tomiri dam arteriya, dam vena qon tomiri vazifasini bajaradi.
Nerv sistemasi. Assidiyalarning markaziy nerv sistemasi, og'iz sifoni bilan kloaka sifoni o’rtasida joylashgan kichikroq nerv tugunchasidan iborat. Voyaga yetgan assidiyalarda. qamragichlarini hisobga olmaganda. tuyg'u funksiyasini bajaradigan hech qanday sezgi organlari yo'q. Nerv tugunchasining ichki bo‘shlig‘i, ya’ni nevroseli bo’lmaydi va yaxlit nerv massasidan iborat. Qalin devorli xalta-tunikaning ichida yupqa devorli ikkinchi xalta-mantiya bor. Barcha qobiqlilar singari. assidiyalarda ham qattiq skelet yo‘q. Mantiya og'iz va kloaka sifonlarining chetidagina tunika bilan qo‘shilgan. Assidiyalarda ayirish organlari rivojlanmagan. Ulaming tanasida hosil bo'lib turadigan dissimilyatsiya mahsulotlari ayrim hujayralar ichida to'planib turadi va organizmda qoladi. Jinsiy organlari. Assidiyalar germafrodit. Ulaming ikkita jinsiy bezi. ya'ni erkaklik va urg’ochilik jinsiy bezlari bo'lib, oshqozonning ustida joylashgan va bir-biriga taqalib turadi. Assidiyalar germafrodit bo’lgani bilan o‘z-o‘zini otalantira olmaydi, chunki bitta individda ham spermatazoid, ham tuxum hujayrasi baravar yetilmaydi, balki oldinma-keyin yetiladi. Yetilgan jinsiy mahsulotlar jinsiy kanallardan atrial bo'shliqqa tushadi. Suv oqimi bilan kirgan spermatazoidlar tuxumni shu yerda otalantiradi, so’ngra urug’langan tuxum kloaka sifoni orqali suvga chiqariladi. So'ngra embrión bo'yiga
cho'ziladi va asta-sekin rivojlanib har xil organlar, ya’ni xordalilarga xos boMgan markaziy nerv sistemasi yuzaga keladi. Keyin birlamchi ichakning ustki tomonida xorda hosil bo'ladi, tananing oldingi tomonida esa ogMz teshigi vujudga keladi. Assidiyalaming lichinkasi suvda erkin suzib yuradi. U tashqi tomondan itbaliqqa o‘xshab ketadi va uzunligi 0.5 mm gacha boradi. Assidiyalar lichinkasining ikki yoni qisilgan, uzun muskulli dumi bor, dumi yurdamida suvda tez suzadi. Dumining ichida haqiqiy W b . ’ Lichinkada ko'zcha va muvozanat saqlash organi statot 111 harn mavjud. Halqumi kichkina, jabra yoriqlari ham bir nechta S1S| s^emak. assidiyalar lichinkasi xordalilarga xos bo'lgan hamma X° °ktcrli belgilarga ega. Assidiyalar lichinkasi tuxumdan chiqqandan k ^ n bir necha soat o'tgach, yopishish so'rg'ichlari yordamida suv tidagi birorta supstratga yopishib. metamorfozni boshidan kechira 'Buncja üchinkaning dumi va dumidagi muskuli, xordasi. markaziy
nerv sistemasining ko'p qismi butunlay yo‘q bo'lib ketadi.