Bog'liq 22 to\'g\'ri tayyor Assidiyalar sinfi vakillarining tuzulishi, hayot kechirishi
1.2. Assidiyalar hayot kechirishi Qon aylanish tizimi. .Pardalilarning qon aylanish tizimi tutash emas. YUragi oshqozon oldiga o‘rnashgan. U muskulli xaltachadan iborat. YUrakning qarama-qarshi tomonlaridan ikkita qon tomiri chiqadi. Bulardan oldingisi jabra qon tomiri deb ataladi va stigmalarga mayda-mayda shoxchalar beradi. Keyingisi ichak qon tomiri deb ataladi va ichki organlarga boradi. Assidiya yuragining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u qonni dam u tomonga, dam bu tomonga qarab haydaydi. SHunday qilib, assidiyaning har qaysi qon tomiri dam arteriya vazifasini va dam vena vazifasini bajaradi.
Urchish organlari. Assidiyaning ikkita jinsiy bezi – erkaklik va urg‘ochilik bezlari oshqozonning ustiga joylashgan va bir-biriga taqalib turadi, pardalilarning hammasi germofroditdir. Jinsiy bezlari baravar etilmaganligi natijasida bitta assidiyaning o‘zi ham erkaklik, ham urg‘ochilik funksiyasini bajaradi. Jinsiy bezlarda pishib etishgan jinsiy xujayralar maxsus tuxum yo‘li yoki urug‘ yo‘li orqali atrial bo‘shliqqa ochiladi. Undan kloaka sifoni orqali tashqariga – suvga chiqariladi va suvda urug‘lanadi. Urug‘langan tuxum - zigotaning rivojlanishi natijasida lichinka etishib chiqadi. Lichinka voyaga etgan assidiyadan o‘zining tuzilishi bilan keskin farq qiladi. Lichinkaning keyingi qismida uzun dumi bo‘ladi. Dumi bo‘ylab xorda joylashadi. Xordaning oldingi usti tomonida nevrotseli bo‘lgan nerv nayi joylashadi. Lichinkaning halqumida ko‘p sonli jabra teshiklari joylashadi. Lichinka suvda erkin suzib yuradi va bo‘yi 0.5 mm cha keladi. Lichinka tezda suv osti jismlariga yopishib olib, regressiv metamorfoz davrini o‘z boshidan kechiradi. Dumi, unda joylashgan xordasi, nerv nayi yo‘qolib ketadi. Nerv nayining oldingi qismi nerv tugunchasiga aylanadi. Teri qoplag‘ichlari burmasidan atriopor hosil bo‘ladi. SHunday qilib, xordalilarga xos belgilarga ega bo‘lgan harakatchan lichinka asta-sekin o‘troq holda yashovchi, voyaga etgan assidiyaga aylanadi.
Jinssiz urchish vaqtida urg‘ochi assidiyaning qorin tomonida kurtak hosil qiluvchi kolbasimon bo‘rtma - stolonlar hosil bo‘ladi. Shu bo‘rtmalarda kurtaklar paydo bo‘ladi, barcha organlar shu kurtaklardan yuzaga keladi.
Assidiyalar sinfi uz ichiga 1000 ga yaqin turni oladi va uchta turkumga bo‘linadi: yakka assidiyalar, murakkab assidiyalar va olov tanlilar.
YAkka assidiyalar turkumi Monascidiae ning vakillari 2-3 mm dan 40-50 sm gacha balandlikda bo‘ladi. Bularni ichida harakatchan turlari ham uchraydi. Masalan, sharsimon assidiya – Waster ascidia suv tagi bo‘ylab harakat qiladi.
Kolonial assidiyalar – Synascidia ning kurtaklaridan rivojlangan assidiyalar ona assidiyalar bilan tutashgan bo‘ladi. Bu aloqalar turlicha bo‘ladi. Masalan, bir nechtasi tashqaridan umumiy parda bilan o‘rab olinadi va ularda bitta umumiy kloaka sifoni bo‘ladi. Urug‘lanish koloniyalar o‘rtasida sodir bo‘ladi. CHunki ona koloniya bilan qiz koloniya o‘rtasida urug‘lanish bo‘lmaydi.
Olov tanlilar turkumi – Pyrosomata ning vakillarida zigotadan assidiyasimon koloniya asoschisi rivojlanadi. Kurtaklanish yo‘li bilan undan to‘rtta olov tanlilardan tashkil topgan guruh hosil bo‘ladi va bu umumiy tunika bilan o‘ralgan bo‘ladi. Bu hayvonlarning koloniyadagi har-bir a’zolarining halqumini oldingi qismida yorituvchi xujayralar guruhi bo‘ladi. Bu hujayralarda yorug‘lik yaratuvchi simbiotik bakteriyalar yashaydi. Koloniyaning uzunligi odatda 20-40 sm bo‘lib, undagi har-bir olovtanning o‘lchami 3-5 mm ni tashkil qiladi. Ba’zi turlarining koloniyasini uzunligi 3-4 m ga etadi.
Assidiyalar barcha dengiz va okeanlarda tarqalgan. Odatda ular 50 m chuqurlikda, ba’zilari 2000-7000 m chuqurlikda ham tarqalgan. Ba’zi joylarda 1 m 2 joyda 8-10 ming donagacha yashaydi. 1 gektar joydan assidiyalardan 300 kg gacha kletchatka olish mumkin.
Salplar erkin suzib yurib, pelagik hayot kechiruvchi dengiz hayvonlaridir. Ular gavdasining shakli bodringa yoki bochkaga o‘xshaydi. Gavdasining oldingi uchiga og‘iz, orqa uchiga esa kloaka sifonlari o‘rnashgan. Butun gavdasi yupqa, tiniq parda bilan o‘ralgan, hayvonni halqa singari o‘rab olgan muskul lentalari shu tunikadan ko‘rinib turadi. Salplarning halqumi va jabra oldi bo‘shlig‘i gavdasini deyarlik to‘ldirib turadi. Bu bo‘shliqlarning o‘rtasida orqa o‘simta degan parda ajratib turadi. Bu pardada jabra teshiklari – stigmalar joylashadi. Hayvon ko‘rinib turgan muskul lentalarini oldindan orqaga qarab qisqartiradi va suvni kloaka sifonidan kuch bilan otib chiqaradi. O‘zi oldingi tomonga qarab harakat qiladi.
Salplarning yakka holda va koloniya bo‘lib hayot kechiradigan turlari mavjud. Bularda ko‘payish navbatlashib turadi. Jinsiz ko‘payishda yakka salp gavdasining orqa uchida maxsus o‘simta – stolon hosil bo‘ladi, bu stolondan jinsli qiz individlar ketma-ket kurtaklanib chiqib, zanjirsimon koloniya hosil qiladi. Ular o‘z gavdasining tuzilishi jihatidan ona individga o‘xshaydi, lekin undan maydaligi bilan farq qiladi. Ularning har birida ham tuxumdon, ham urug‘don bor. Lekin tuxum va urug‘ hujayralari bir vaqtda pishib etilmaydi. Ona individdagi urug‘langan tuxumdan yosh individ paydo bo‘ladi, u o‘sib, stolon hosil qiladi va bu sikl yana takrorlanadi.
Salplar sinfi 25 turni o‘z ichiga olib, ikkita turkumga bo‘linadi. Haqiqiy salplar turkumi – Desmomyaries ning ba’zi turlarining bo‘yi 5-15 sm gacha etadi.
Bochkalilar (bochenochnik) turkumi - Cyclomyaries uchun polimorf koloniya hosil qilish juda xarakterli bo‘lib, koloniyasining uzunligi 30-40 sm gacha etadi.
Salplar issiq dengiz suvlarida pelagik hayot kechiradi va 200-300 m chuqurlikda yashaydi.
3. Appendikulyariyalar sinfi - Appendiculariae
Bu sinf o‘z ichiga 60 ga yaqin hayvon turlarini oladi. Appendikulyariyalar suvda erkin suzib yuruvchi mayda hayvonlar bo‘lib, gavdasining uzunligi 0.5-3 mm, ba’zi turlari 1-2 sm gacha borishi mumkin. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra appendikulyariyalar assidiyalarning lichinkasiga o‘xshab ketadi. Ularning xordasi umrbod saqlanib qoladi va atrial bo‘shlig‘i bo‘lmaydi. Halqumining ustida ipsimon nerv tortmasi bor. Nerv tortmasidan dumining oxirigacha boradigan nerv tolasi chiqadi. Butun dumi bo‘ylab naysimon xorda joylashadi. Appendikulyariyalarning haqiqiy pardasi bo‘lmaydi. Mantiyaning ektodermal hujayralari ayirgan moddadan maxsus «uycha» hosil bo‘ladi. Bu boshqa pardalilarning tunikasiga mos keladi. Appendikulyariya «uycha»ning ichida dumini tebratib, suvni «uycha»ning oldingi teshigiga qarab haydaydi, suv appendikulyariyaning orqa teshigidan chiqib ketar ekan hayvonni oldinga qarab itaradi. 4-20 soat ichida «uycha» ifloslanadi. Bunda hayvon dumi bilan urib, «uycha» devorini teshadi va «uycha»dan chiqadi. Mantiyaning ektodermal hujayralari yana shilimshiq parda ishlab chiqa boshlaydi. Natijada 1-1.5 soat ichida hayvon yangi «uycha» yasaydi.
Appendikulyariyalar neotenik guruh hayvonlar bo‘lib, lichinkalik davrida ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lib, evolyusiya jarayonida etuklik davrini yo‘qotgan bo‘lishi mumkin.
Appendikulyariyalar deyarli hamma dengiz va okeanlarda tarqalgan.
Embrion rivojlanishi davrida bachadonda faqat sut emizuvchilarga xos bo’lgan bola o’rni, ya’ni yo’ldosh hosil bo’ladi. Yo’ldoshda g’ovak hosila- xorion shakllanadi. Xorion bachadon epiteliy to’qimasining g’ovak qismi bilan tutashuvchi tuklar- vorsinkalar hosil qiladi. Shu yerda bola va ona organizmining qon tomirlari chirmashadi. Shunday qilib embrion bilan ona organizmining qon aylanish sistemasi bog’lanadi. Natijada embrion tanasida gazlar almashinuvi, oziqlanish va almashinuv mahsulotlarining chiqarilishi ta’minlanadi. Yo’ldosh juda oddiy bo’lsada, xaltali hayvonlardan boshlanadi. Ularning xorionida vorsinkalar bo’lmaydi, xuddi tuxum qo’yuvchilar singari, bachadon va sariqdon qon tomirlari orasida bog’lanish bor. Xorion hamma vaqt bachadon devorlari bilan bog’liq bo’lgan vorsinkalar hosil qiladi. Ular uch xil: diffuz(kitsimonlarda, tuyoqlilarda, yarim maymunlarda). bo’lakchali(aksariyat kavsh qaytaruvchilarda).diskoidal(hashorotxo’rlar, kemiruvchilar, maymunlarda) plasenta farq qilinadi.
Skeleti. Lansetniklaming skcleti asosan xordadan iborat. Uning ikkala uchi ham ingichkalashgan bo'lib. lansetnik gavdasining bosh qismidan eng oxirgi uchigacha boradi. Xorda bosh qismi nerv navidan ham uzunroq, shuning uchun ham bu sinf xordaboshlilar (Cephalochorduta) deb ataladi. Xordani qalin biriktiruvchi to'qimali qavatmiosepta o'rab oigan, uning bir qancha o‘simtalari mioseptalar va teri ostidagi biriktiruvchi to'qimali qavat bilan bog'langan. Ayniqsa, jabra apparatining skeleti murakkab, u hujayrasiz tolali gorizontal va vertikal to'sinlardan iborat bo'lib. nozik panjaraga o'xshaydi. Zieh, dirildoq to'qimadan tashkil topgan ustunchalar suzgich qanotlarda tavanch vazifasini bajaradi. O'simta qamrag'ichlami va og‘iz oldi voronkasini ham shunday ustunchalar tutib turadi, ammo ular uzun va ingichkaroq bo'ladi. Ovqat hazm qilish sistemasi. Boshskdetsizlarda, jumladan lansetniklarda ovqat hazm qilish sistemasi kuchsiz diflerensiallangan nay bo ’lib, halqum va ichakdan iborat. Halqum devorida ko'plab jabra teshiklari mavjud. Tanasining oldingi qismi pastki tomonida 10-12 jutt paypaslagichlar bilan o'ralgan og'iz oldi teshigi bo'lib. u og'izga ochiladi. Undan keyin halqumning qorin tomonida endostil deb ataladigan uzun tamoveha joylashgan. Lndostil hujayralari shilimshiq ishlab chiqaradi. Kiprikchalaming harakati tufayli organik qoldiqlar va mayda organizmlar halqumga tushadi. üziq zarralari endostil ajratib chiqaradigan shilimshiqqa yopishib qoladi va o'rta ichakka o'tib hazm boMadi. O'rta ichakning oldingi tomoniga qarab ketgan o'simtasi jigar funksiyasini bajaradi. Anal teshigi qorin bo’limining keyingi qismida joylashgan. Shunday qilib. bosh skeletsizlaming hazm qilish sistemasi kam ixtisoslashgan bo'lganidan ular juda sodda usulda oziqlanadi. Nafas olish sistemasi. Lansetnik ichagining oldingi qismi tanasining o'rta qismigacha cho'zilgan halqumdan iborat. Halqum devorida juda ko'p (100 juftdan ortiq) jabra yoriqlari bor. Bu yoriqlar devori juda mayda kapillyar qon tomirlari bilan ta'minlangan. Jabra yoriqlari maxsusjabraoldi bo'shlig'iga. bu bo'shliq esa qorin tomonida tashqariga ochiladi. Jabraoldi bo‘shlig'i jabralarni zararlanishdan va qumga ko'milganida ifloslanishdan saqlaydi. Suv og'izoldi paypaslagichlari orqali dastlab og'iz bo'shlig'iga undan juda ko‘p kiprikchalar yordamida halqumga haydaladi va jabra
yoriqlari orqali jabraoldi bo'shlig'iga chiqib keiadi. Qon aylanish sistemasi. Lansetnikning qon aylanish sistemasi boshqa xordalilamiki singari yopiq bo'lib. ikkita yirik - orqa va qorin qon tomirlaridan hamda ulardan ketuvchi kichikroq tomirlardan iborat. Karbonat angidrid bilan to'yingan qon butun tanadan qorin qon
tomiriga yig'iladi va undan tananing oldingi tomoniga oqadi. Qorin qon tomiriaan jabralarga juda ko‘p mayda qon tomirlari keladi. Jabralarda sodir bo'ladigan gaz almashinuvi tufayli qon kislorod bilan boyiydi. Qon jabralardan ikkita orqa qon tomiriga oqib chiqadi. Bu tomirlar halqumdan o'tgach umumiy bitta tomirga birlashadi. Qon orqa tomirlardan boshlanadigan mayda tomirlar orqali tanadagi bar-
cha organlarga tarqaladi. Bosh skeletsizlarning qon aylanish sistemasi boshqa xordalilarga nisbatan ancha sodda tuzilgan. Yuragi bo'lmaydi. Yirik tomirlar devorining qisqarishi tufayli qon harakatga keladi. Tarkibida nafas olish pigmenti -gemoglobin bo’lmasligi tufayli bosh skeletsizlarning qoni rangsiz bo'ladi.
Ayirish sistemasi. Ayirish organlari metamer shaklidagi nefridiyalardan iborat bo'lib. 90 juftga yaqin qisqa naychalar halqum ustida joylashgan. Har bir naychaning bir tomonida bir necha teshikchalar bo'lib, u nefrostomalar bilan selomga ochiladi. ikkinchi tomoni bilan esa bir teshikcha orqali atrial bo'shliqqa solenotsitlar ochiladi.