14-yanvar vatan himoyachilari kuni bayram dasturi
Assalom, ey, Vatan sajdagoh,
Assalom, men tug’ilgan tuproq.
Assalom xur bo’ston – chamanim,
Jannatga monandim Vatanim!
2-o’quvchi: Assalom ona yurt tinchlik o’lkasi
Ta’rif tavsifingni yo’q nihoyasi
Yetti iqlim ichra tengi topilmas,
Tuproqlari zar vodiyiyu vohasi
3-o’quvchi: Assalomu alaykum qadami qutlug’ aziz mehmonlar, jonkuyar, mehri quyoshga teng ustozlar, bilimga , ilmga chanqoq o’quvchilar! Bugun O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganiga 24 yil to’lgani munosabati bilan tashkil etilgan “Tayanchim va suyanchim faxru iftixorimsan, muqaddas Vatan!” shiori ostidagi tantanaga hush kelibsiz.
Mana shu tantana munosabati bilan 3-D sinf o’quvchilari tayyorlagan bayram tabrigi hamda tadbirlarini tinglashga taklif etamiz. Marhamat!!!
2-B sinf o’g’il bolalari ijrosida raqsi
Elu yurtimning mustahkam qalqonlari,
Kursant, serjant, ofitser, generallari.
Tilaymiz omad bosgan yo’lingizga,
Sizdir har vaqt Vatan himoyachilari!
Maqtovga loyiqsiz, hurmatga loyiq,
Yurtimning o’g’loni- Vatanga sodiq.
Lochin nigoh, bobom Temur avlodi,
Mardona, alpqomat, zo’rlar zuryodi.
Qo’rquv neligin bilmaysiz also,
Vatanning tinchligin o’ylaysiz har on.
Yurtdoshning sha’niga yuqtirmaysiz gard,
Yurtboshim ishongan sizlar mard posbon.
Sizlar bor, ona yurt tinch, osoyishta,
Keksalar qo’llari doim duoda
Vatan sharafisiz, jasur o’g’lonlar,
Bayram muborak, ey, mardu maydonlar!
O’g’il bolalar raqsi: I.Farmonov askar qo’shig’i
Ruscha, inglizcha tabrik
2-b qizlar raqsi (doira)
Raqs : inglizcha vals
Vatanimiz mustaqilligini, yurtimiz xavfsizligini himoyalash, aholimizning tinch va osuda hayotiga qarshi qaratilgan har qanday tajovuz va g’arazli urinishlar oldini olish va bartaraf etishdek o’ta muhim hamda mas’uliyatli vazifani ado etayotgan Qurolli Kuchlarimizning o’rni va ahamiyati beqiyosdir.
2-O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 125-moddasida Qurolli Kuchlar Davlatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuzilishi belgilab qo’yilgan.
3-xalqimizning o’z kuchi, bilimi va salohiyatiga tayanib, belgilab olgan taraqqiyot yo’lini , hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaslik , hech qachon, hech kimdan kam bo’lmaslik ma’naviy tomondan ajdodlarimizning asriy orzu niyatlarini ro’yobga chiqarish, huquqini himoya qilishga Qurolli Kuchlarimiz xodimlari mas’uldirlar.
1-Istiqlol bergan bunday huquqlarni himoya qilolmaydigan xalq tom ma’noda mustaqil bo’lolmaydi.
2-darhaqiqat xalqimizning tinch hayotini, bunyodkorona mehnatini himoya qilish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy istiqlol g’oyalari ruhida tarbiyalashdek ustuvor maqsadlaridan ham baytamning mazmun mohiyatini anglab olish mumkin.
3-Aynan shuning uchun ham bugun Vatan himoyachilari kuni xalqimizning , o’sib kelayotgan yosh avlodning ko’nglidan tobora chuqurroq joy egallab bormoqda.
1-To’la ishonch bilan aytish mumkinki, bugun o’sib kelayotgan yoshlarimizdan ko’pchiligi kelajakda albatta, mardlar kasbini tanlab, yurtimiz osoyishtaligi yo’lida mustahkam qalqon bo’lishadi.
Gulsanam Mamazoitova qo’shig’i bilan yakunlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |