Suaxili tilini bilmaysiz lekin utildagi bir jumla mashhur multifilimni ko’p eshitganmiz va ishlatganmiz. U so’zning ma’nosi “xavotirsiz yaxshi yashash” degani. Savol: Bu qaysi jumla? Javob “Akuna matata”. Mashhur qirol sher multifmdan.
Qadimda ko’p davlatlarni shohlar boshqargan. Xozir ular yo’. Lekin Osiyoda bir shaharda biz tirik shohni uchratamiz. Savol: Bu qaysi Shahar? Javob: Samarqand shahri. Shohi Zinda
Odatda odamning yuragi 1 ta bo’ladi. Mantiqan o’ylab aytingchi, qanday odamda yurak 2 ta bo’ladi? Javob: Homiladorayollarda.
Lotin tili o’lik til xisoblansada biz juda ko’p foydalanamiz. Jumladan geografiya soxasida xam. Yer sharida ikki ta qita bor 1-qita nmi lotin tilida “kun chiqishi” 2-qita nomi lotincha “kun botishi” degan ma’noni anglatadi. Savol:bu qaysi qitalar? Javob 1-Osiyo 2-Yevropa
Mashxur futbol mutaxasisi o’tgan asrning 2 ta yirik futbol mamalakatiga ta’rif berayotib shunday fikrni aytgan edi. Angilyada futbol sport turi bo’lgani uchun sevishadi va o’ynashadi. Bu davlatda esa ochlikdan tishlari to’kilib ketmasligi uchun o’ynashadi”. Savol bu qaysi davlat Javob: Brazilya
AQSH Indiana Shtati Universitetining asosiy kutubxonasi har yili 1 dyumga (2.54 sm. ga) yer ostiga kirib ketmoqda. Sababi esa arxitektoe va quruvchilar qilgan xatodir. Diqqat savol: loyihalashtirilayotganda ular nimani hisobga olishmagan?
Javob: Kitoblar og’irligini
Chalg’ituvchi savol: Bir traktorchining ukasi bor ekan, ukasining akasi yo’q ekan. Mantiqiy fikrlab savolning javobini izohlab bering. Javob: Traktorchi ayol kishi edi
Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo agar biz yil bo’yi butun dunyodagi ularning yurgan “yo’li”ni hisoblab chiqsak, ular avtomobil va samolyotlar bosgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bu “mashina” nima ekanligini toping. Javob: Soat
O’zbekiston, Urugvay, BAA, AQSH, Ukraina, Uganda. Bu davlatlarni ingliz tilini ishlatgan holda bog’liqligini aniqlang. Javob: Bu davlat nomlari ingliz tilida bir xil U harfi bilan boshlanadi.
Ushbu mashxur qo‘shiq 1992 yil dunyo yuzini ko‘rdi, kompozitori Toni Britten ismli shaxs bo‘lgan bu qo‘shiq Londondagi avliyo Martin cherkovi xori tomonidan kuylangan. Qo‘shiq matni 3 xil tilda (ingliz, nemis ,frantsuz) yozilgan. Mazkur qo‘shiqda siz “eng kuchlilar”, “buyuk voqea”, “hammasi erkaklar” kabi so‘zlarni eshitishingiz mumkin. Gap qaysi qo‘shiq haqida ketmoqda? Javob: Yevropa Chempionlar Ligasi gimni
Kastor va Polidevk, Gerakl va Meleagr, Orfey, Peley va Telamon. Ularning boshqaruvchisi kim? Javob: Yason
Mashhur siyosatchi Otto fon Bismark shunday gap aytgan: Odamlar ovdan keyin, sayr vaqtida va undan oldin ko’proq yolg’on gapirishga moyil bo’ladilar. Savol, nimadan oldin? Javob: Saylovdan oldin.
Bu ro’yxat boshida Indoneziya turadi. 2-o’rinda Yaponiya. 3-o’rinda 2000 yilgacha Buyuk Britaniya turgan. Xozir Filippin 3-o’ringa ko’tarilib olgan. Savol, bu ro’yxat nimaga qarab tuzilgan? Javob: Orollar soni bo’yicha. Izoh: 2000 yili Buyuk Britaniyaning ba’zi mustamlakalari ozodlikka chiqqan.
Eyfel minorasi ichidagi esdalik sovg‘alari magazinidan savol muallifi esdalik sifatida Eyfel minorasi maketini sotib oladi. Esdalikdagi narx belgisini olib tashlagach bir yozuvga ko‘zi tushadi va xafa bo‘lib ketadi. U yerdagi yozuvni siz aniq qilib yozib bering. Javob: Made in China
Dunyoda o’qitiladigan fanlar ko’p. Har bir fan o’z ma’nosiga ega. Qaysi fan “Donolikni sevaman” ma’nosini bildiradi? Javob: Filosofiya – Falsafa
Mersedes kompaniyasi yangi rusumdagi jamoat avtobuslarni chiqara boshladi. Uning salonida maxsus tablo o’rnatilgan bo’lib, unda 3 raqam yo’lovchilarga ko’rsatilib turadi. 1. Aniq vaqt – ya’ni soat 2. Salondagi harorat – ya’ni temperatura. Xo’sh 3-raqam nimani ko’rsatib turadi? Javob: Avtobus tezligini (spidometr)
Mersedes kompaniyasi yangi rusumdagi jamoat avtobuslarni chiqara boshladi. Uning salonida maxsus tablo o’rnatilgan bo’lib, unda 3 raqam yo’lovchilarga ko’rsatilib turadi. 1. Aniq vaqt – ya’ni soat 2. Salondagi harorat – ya’ni temperatura. Xo’sh 3-raqam nimani ko’rsatib turadi? Javob: Avtobus tezligini (spidometr)
Yunon faylasufi Demokritning bir gapi bor: Agarda kimga yaxshi kuyov uchrasa unda u o’g’illi bo’ladi. Agar yomon kuyov uchrasa… Jumlani to’diring. Javob: Qizingdan ham ayrilasan
Shaxar nomlarini yozib oling: Xenchen, Yanchi, Anbyan, Finchjen, Yanchas... ularni nima birlashtirib turganligini yozib bering. Javob: Buyuk Xitoy Devori
Ma’lumki 19 asrda dunyodagi ko’pgina kuchli kapitalistik davlatlar singari Rossiyada ham temir rudasi qazib olish va temir quyish juda rivojlangan. Rossiyada ishlab chiqarilgan temirning 4 dan 3 qismi bitta narsa uchun ishlatilgan. Nima uchun? Javob: Temir yo’l qurishga