“Assalom, Bahor! Assalom, Navro’z!” tadbir ssenariysi
Tadbir karnay-surnaysadolari ostida boshlanadi.
1-B: Yurtim ilhomimga sarhashma o’zing
Birdek aziz menga yozing ham kuzing
Bu kun bahoringga she’r aytmoqchiman
Vatanim,muborak bo’lsin Navro’zing
2-B: Boshingda hurriyat quyoshing border
O’z Tug’ro,Bayrog’ing,Yurtboshing border
Maqsading,g’ayrating,bardoshing border
Vatanim,muborak bo’lsin Navro’zing.
1-B: Demak,bahor keldi!Assalomu alaykum mehribon,bag’ri keng ustozlar.
2-B: Assalom aziz tengdoshlar hamma-hammangizga Navro’z muborak
1-B: Ha o’lkada bahor.Butun borliq uyg’onmoqda.
2-B: Bu bahorning tarovati o’zgaha.Hatto quriyotgan orol ham bahor keldi deb umid bilan to’lg’onyapti.
1-B: Bahor keldi deb mustaqil yurtimning Xumo qushi balandparvoz etmoqda.
Yallamo yorim yallola yallolashaylik
Uchtama-to’rtta bir bo’lib suhbatlashaylik
Qozonlarda sumalak atrofida ko’p malak
Qiz bolalar o’ynasin boshiga taqib chambarak
Yallamo yorim yallola yallolashaylik
Uchtama-to’rtta bir bo’lib suhbatlashaylik
Keldi bahor jo’ralar,o’lkam yashnaydi bukun
Xandon otib yigit-qiz,o’nab quvnaydi bu kun.
Qo’shiq tugashi bilan davraga chiroyli musiqa ostida Bahoroy kirib keladi.
Bahoroy: Assalom azizlarim,assalom xalqim.Xudoga shukurlar bo’lsinkin yana diydor ko’rishdik.
-Xush kelibsiz Bahoroy qadamlaringizga xasanot.
-Bosgan izlaringizdan chechaklar unsin
-Bu yil mehnatkashlarning orzusi ushaladigan yil bo’lsin.Dilda armon bo;lib kelgan tugunlar yechiladigan yil bo’lsin.
-Bu yil “Sog’lom ona va bola yili” deb nomlandi.dunyodagi barcha onalar va bolalar sog’-omon bo’lishsin.bir paytda siz nega xomushsiz
1-B: Xoy dugonajon hamma xursandchilik qilayotgan bir paytda siz nega xomushsiz?
2-B: Bizku xursandchilik qilayapmiz,lekin manabu bolalar uyidagi qizning onasiga yozayotga xatini bir eshiting.
Mungli musiqa ostida qiz xatini o’qiydi.
Qiz: “-Salom onajon!Mana yana sizga o’z qo’llarim bilan xat yozayapman.Onajon kechameni tug’ilgan kunim edi.Tarbiyachimiz xuddi o’z qizlaridek meni erkalab tabrikladilar.Men esa sizni kutdim.Kelmadingiz.Bu yer juda yaxshi,leki o’z uyimni,sizni sog’indim.Jon oyijon meni olib keting.hamma ishlaringizni qilaman,gapingizni ikki qilmayman.faqat olib ketsangiz bas.Yoningizda bo’lay.Yo’llaringizga ko’z tikib qoluvchi qizingiz”.
Qiz yana mungli musiqa ostida chiqib ketadi.
-Ha juda ayanchli hol.O’zbek xalqiga nomunosib ish.Men shunday onalarni insofgha chaqirib qolaman.onalar gulday farzandlarini hech qachon bag’rilaridan qo’ymasinlar.
-Nafaqat onalarni,balki farzandlarni ham insofga chaqirsak yomon bo’lmas edi.
Manabu qariyalar uyidagi mushttipar bir onaning o’g’liga xat yozayotgan xolatga bir qarang.
Mungli musiqa ostida ona xatini o’qiydi.
Ona: “-Ko’zimning nuri,belimning quvvati o’g’limga.Eson-omon uyribsanmi?Seni Navro’z bayrami bilan tabriklayman.O’g’lim,seni,nevaralarimni juda sog’indim.Bilaman seni ishing og’ir.Meni kelib ko’rib ketishga vaqting yo’q.Lekin nevaralarimni yubor bir ko’ray.Ularni ko’rsam seni ko’rganday bo’laman.Iltimosimni yerda qoldirma o’g’lim.Ikki kunlik umrim bormi-yo’qmi bilmayman.Duoi joningni qilib qoluvchi,mehribon onang”.
Ona yana mungli musiqa ostida chiqib ketadi.
-Ona! Tunlarni tonglarga ulab aytgan allasi uchun,o’zi yemay yedirgani, ichmay ichirgani uchun olgan mukofoti shumi?
-Afsuski oramizda shunday insonlar yo’q emas.Istardimki munis onajonlarimiz.mehribon otajonlarimiz namisha o’z uylarida,oila davrasida bo’lsinlar.
1-B: Navro’z bayrami yasharish,yarashish bayrami.Parchalangan oilalar yana but bo’lsin.Farzandlar o’z ota-onalari bag’rida,ota-onalar esa o’z farzandalari,oilalari bag’rida bo’lsinlar.
2-B: Bayram bahona barcha ginalar unut bo’lsin.Hammaning yuzlarida kugu,tabassum balqib tursin.
O’quvchilar tomonidan yana she’rlar tinglanadi.
Fasllarning kelinhagisan bahor
Ta’rifingni kuylay shodon,baxtiyor.
Adirlaring go’zal,ko’rkam lolazor
Xush kelibsan diyorimga gul-bahor
Cho’qqilari qorli,ulkan tog’laring
Chiroyingga chiroy qo’shar bog’laring
Nech mahzun ko’ngillarni chog’lading
Xush kelibsan diyorimga gul-bahor.
Seni qumsab murg’ak dilim shodlanar
Kelganingda borliq nurga burkanar.
Nafosatni gullar sendan o’rganar
Xush kelibsan diyorimga gul-bahor.
Avval yuraginga mo’ralaydi u
So’nra kurtaklarga o’rgatadi so’z
Zaminning ko’zidan qochadi uyqu
Demak bahor keldi,kelmoqda Navro’z.
Qishning ahvoliga boqib hoynahoy
Yum-yum yosh to’kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy
Demak bahor keldi,kelmoqda Navro’z.
Ona bag’ri kabi iliqdir olam
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig’ g‘am
Demak bahor keldi,lelmoqda Navzo’z.
Davraga karnay-surnay sadosi ostida Navzo’z,Dehqonbobo,Cho’ponbobolar krirb keladilar.
Xoy-xoy xaloyiq ko’zlaringni och
Topgan-tutganingni el boshiga soch.
Xoy bolakay yo’llarimdan qoch
Navro’zi olam tashrif buyurdilar.
El boshiga baxt keldi
Yangi orzu taxt keldi.
Xalqqa boylik naqd keldi
Navro’zi olam tashrif buyurdilar.
Bahoroy: -Assalomu alaykum Navro’z.Xalqimga xuh kelding.
Navro’z: -Assalom Bahoroy,assalom xalqim.
1-B: -Siz kelguncha Bahoroy yurtimizgayaxshilik urug’larini qadab bo’ldilar.
Navro’z:-Rahmat,Bahoroy.Elimni yaxshilik,mehr-shavqat sari yetaklaganingiz ucun,oradagi ginalarni unutibn birdamlaika chaqirganingiz uchun,elimni gullab-yashnashi yo’lida qilgan mehnatingiz uchun katta rahnat.
-Inson mehnati bilan ulug’.Xursandchilik o’z yo’liga,hamma bir yoqadan bosh chiqarib,ishga kirishsin.To’rimi Dehqonbobo?
Dehqonbobo: Albatta.xalqimizni meva-cheva,poliz ekinlari bilan ta’minlashdek xayrli ishga bel bog’laganlarning bilagi kuchga to’lsin.To’g’rimi Cho’ponbobo?
Cho’ponbobo: Albatta.Yaylovlarda,tog’u toshlarda tinim bilmay tunlarni tonglarga ulab,xalqini go’sht va sut mahsulaotlari bilan boqish ilinjida mehnat qilayotganlarning otarlariga xudo baraka bersin,o’zlariga esa kuch-quvvat ato etsin.
Navro’z: Har bir insin kamida bitta ko’chat ekib,uni parvarish qilsin.Qani bo’lmasa keling o’zimiz hammaga o’rnak bo’laylik.
Navro’z, Dehqonbobo, Cho’ponbobolar bigalikda ko’chat o’tqazadilar.
1-B: Yilning 12 ta vazmin qizlari
Kelayotir bizdan hol so’ramoqqa
Bo’linishib ular 4 ta faslga
Shaylandilar dil izhor etmoqqa.
12 ta o’quvchi 12 oy to’g’risida chiroyli she’r aytadilar. Yanvar,fevral,mart,aprel,may,iyun.iyul,avgust,sentabr,oktabr,noyabr,dekabr.
She’rlar tugashi bilan 4 ta qiz ishtirokida “Bahor” qo’shig’iga chiroyli raqs ko’rsatadilar.
1-B: Bahor marosmu-tadbirlari yoshlarni ezguliklar sari chorlar ekan.
2-B: Birdamlikka,ahillikka,totuvlikka chorlar ekan.
1-B: Xalqimga bayram yarashar.Do’stlar qanday yurtda bayram,to’yu-tomosha nishonlanadi?
Hamma birgalikda: Tinchlik hukmron bo’lga yurtda.
2-B: Ilohim yurtimiz tinch bo’lsinu,bizlar bayrmlar,to’yu-tomosholar nishonlab charchmaylik.
1-B: Azizlarim,Navro’z ulgusi-bu mehr ekan.Keling bayram bahona bir-birimizga kulib,mehr bilan boqaylik.
2-B: Darhaqiqat,Navro’zda insonlar bir-birlariga yaxshi tilaklar bildiradilar, qarindoshlaridan xabar oladilar.Saxovatpesha yurtboshimiz ko’magida qriyalar uyida,mehribonlik uylarida turli xayriya tadbirlari o’tkaziladi.Xullas hammangizga yna bir bor bayram muborak.
1-B: Shuning bilan “Assalom Bahor! Assalom Navro’z” nomli kamtarona tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |