Ass. Uzoqov Yusub Axror og‘li tkti shaxrisabz filiali o‘qituvchisi ass. Raxmonov Erkin Komil o‘g‘li



Download 22,88 Kb.
bet1/2
Sana24.10.2022
Hajmi22,88 Kb.
#855773
  1   2
Bog'liq
Turdiyev (1)


OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHDA ISHLATILADIGAN BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALAR VA ULARNING BUGUNGI KUNDAGI ISTIQBOLI
ass. Turdiyev Bobomurod Xayrilloyevich
TKTI Yangiyer filiali o‘qituvchisi
ass. Uzoqov Yusub Axror og‘li
TKTI Shaxrisabz filiali o‘qituvchisi
ass. Raxmonov Erkin Komil o‘g‘li
TKTI Shaxrisabz filiali o‘qituvchisi

Biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchalari (BFQ) yoki food supllement, ozuqaviy dori-darmonlar, parafarmasevtika zamonaviy tibbiyotga nisbatan yaqinda kiritilgan atamalardir. Ammo profilaktik va davolash maqsadlarida o‘simlik va hayvonlardan olingan shofabaxsh tarkibiy qismlari qadimdan foydalanish ma’lum bo‘lgan. Misr, Tibet, Hindiston va Sharqning boshqa mamlakatlarida ham yangi davrga qadar o‘simlik va hayvonlardan tayyorlangan preparatlar yordamida turli kasalliklarni davolashning mutanosib tizimlari ishlab chiqilgan [1,2,3].


O‘simliklardan olingan biologik faol moddalarning tabiiy majmuasi muhim afzalliklarga ega, chunki bu avvalo biron bir o‘zga xos biologik filtrdan o‘tgan va natijada organizm uchun eng maqbulligi bilan ajralib turadi. Qolaversa sun’iy aralashmalar oziqaviy qiymatini boyituvchi qo‘shimchalar ishlab chiqishda butun hayotning asosini tashkil etuvchi ko‘plab elementlar orasidagi sinergistik va antagonistik ta’sirlarning xilma-xilligini fiziologik ahamiyati to‘g‘risida yetarli ma’lumot yo‘qligi sababli erishish qiyin. O‘simliklarning muhim afzalligi shundaki, ularda biologik faol moddalar organik moddalar ichida bog‘langan holda joylashgan, ya’ni eng qulay va o‘zlashtiriladigan shaklda, shuningdek, umuman olganda yovvoyi tabiatning tasnifiga xosdir [4,5].
O‘simliklarning xilma-xilligi ular tabiatdagi turli xil kimyoviy birikmalarni juda ko‘p miqdorda sintez qila olishlari bilan ajralib turadi. Ularni aksariyati fiziologik faollik bilan ajralib turadi, ular inson organizmida charchoqni kamaytirishga, tananing infeksiyalarga va atrof muhitning boshqa zararli ta’siriga tabiiy qarshiligini oshirishga, tetiklashtirishga, diqqatni jamlashga va moslashtirish ta’sirini namoyon etish imkoniyatini berishi o‘rganilgan. Ammo ular bu xususiyatlarni biologik faol moddalar - BFM nomi bilan amalga oshiradi [6].
Muxim oziqa qo‘shimchalar, oziq-ovqat mahsulotlarning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan zarur biologik faol moddalardir. Bular: vitaminlar yoki ularning yaqin avlodlari, w-3 oilasining yuqori to‘yinmagan yog kislotalari, makro- va mikroelementlar, almashinmaydigan aminokislotalar, mono- va disakaridlar, oziq-ovqat tolasidir. BFQ qo‘shimchalarini iste’mol qilish - birlamchi va ikkilamchi profilaktik ozuqaviy dori-darmonlarni samarali shakli hamda ateroskleroz, malign neoplazmalar, immunitet tanqisligi holatlari kabi kasalliklarni davolashda yordam beradi [7].
Parafarmasevtik dorilar - bu aniq farmakologik faolligi bo‘lgan biologik faol moddalardir. Ular organizmni profilaktika, davolashga yordamchi, organizmning funksional faolligini va ularning fiziologik holatini yaxshilaydi. Ushbu moddalar, qoyida tariqasida, oziq-ovqat mahsulotlarining ahamiyatsiz darajadagi tarkibiy qismi bo‘lib, organik kislotalar, bioflavonoidlar, kofein, biogen aminlar, tartibga soluvchi di-oligopeptidlar, bir nechta oligosaxaridlar va ko‘plab tabiiy mahsulotlardan iborat [7].
Bir qator parafarmasevtik biologik faol qo‘shimchalarni keng qo‘llanilishi insonning tabiat bilan uyg‘unlikka qaytishigi va o‘sib borayotgan texnogen, fizik, kimyoviy va hissiy stresslar sharoitida o‘zining moslashuvchan imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirishga yordam berishi aniqlangan.
Bugungi kunda inson organizmi normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan biologik faol moddalar yetarlimasligi ular tozalangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishi sabablidir. Parhezbop oziq-ovqat mahsulotlar na oqsillar, yog‘lar, uglevodlar miqdoriga mos bo‘lishi kerak, uni biologik faol moddalar (BFM) bilan muvozanatlash xam lozim. Biologik faol moddalarning insonlar iste’moli jarayonini nazorat qilish mamlakat aholisini sog‘lomlashtirishning kuchli vositasi bo‘lishi mumkin.
Oziq-ovqat qo‘shimchalarini oziq-ovqat bo‘lmagan yoki tabiiy (BFM) komplekslari sifatida sog‘liqni saqlash va mustahkamlash maqsadida qo‘llash g‘oyasi keng tan olingan va farmakologiya va fiziologiya mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan [8,9].
Oziq-ovqat qo‘shimchalarini rivojlanishi bilan ovqatlanish odati va shu bilan bir qatorda shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarini individuallashtirish bilan bog‘liq muammolar har tomonlama o‘rganilishi taklif qilindi. Kelajakda maxsus oziq-ovqat mahsulotlari bilan bir qatorda sog‘liqni saqlash vositalarini ham keng qamrovli tartibga soluvchi mahsulotlar ishlar chiqarish nazarda tutilmoqda. Avitsena o‘zining asarlarida "dorivor oziq-ovqat" va "oziq-ovqat dori-darmonlari" haqida yozgan. Sharqiy tibbiyotda dorilar keng tarqalgan bo‘lib, ularning tarkibiga ko‘plab oziq-ovqat o‘simliklari kiradi. Ehtimol, valeologik mahsulotlar tanaga umumiy, nospesifik ta’sir ko‘rsatadigan vositaga aylanadi va oziq-ovqat mahsulotlari guruhi va dorilar guruhi o‘rtasida oraliq pozitsiyani egallaydi [10].
Hozirgi vaqtda o‘simliklar nafaqat oziq-ovqat manbalari deb qaraladi, balki insonning ekologik moslashuvi uchun zarur va tizimli ma’lumot tashuvchisi sifatida ham ko‘rib chiqilmoqda. Bu biogen o‘simlik qo‘shimchalari bilan himoya oziq-ovqat mahsulotlarini yaratishga qiziqishni ortishi bilan izohlanadi [11].

Download 22,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish