“Asrga tatiguvlik kun”va “Telba” asari tahlili



Download 126,82 Kb.
Sana21.03.2023
Hajmi126,82 Kb.
#920504
Bog'liq
Xasanova Robiya(asar tahlili)

“Asrga tatigulik kun” asari tahlili

Tayyorladi:1911-guruh talabasi

Xasanova Robiyaxon

Chingiz Aytmatov

Chingiz Toʻraqulovich Aytmatov -Qirgʻiziston xalq yozuvchisi (1968). Qirg'izistondagi Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug'ilgan. Qirgʻiziston Fanlar Akademiyasi akademigi (1974). Qirgʻiziston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan (1953). 1956 – 1958-yillari Moskvadagi yozuvchilar uyushmasi Oliy adabiyot kursi tinglovchisi. Asarlarini qirgʻiz va rus tilida yozadi. Ilk hikoyalari 1950-yillarda bosilgan. „Bay-damtol sohillarida“ (1955), „Yuzma-yuz“ (1957) asarlari oʻtkir syujet, kuchli ichki ruhiy ziddiyatlarga boy. „Jamila“ (1958), „Sarvqomat dilbarim“ (1961), „Boʻtakoʻz“, „Birinchi muallim“ (1962), „Momo yer“, „Somon yoʻli“ (1963), „Alvido, Gulsari“ (1966) kabi qissalarida muhabbat mavzui katta ehtiros bilan ta-rannum etilgan. Chingiz Aytmatovning „Togʻ va choʻl qissalari“ turkumiga kirgan asarlari yuksak baholandi.

  • Chingiz Toʻraqulovich Aytmatov -Qirgʻiziston xalq yozuvchisi (1968). Qirg'izistondagi Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug'ilgan. Qirgʻiziston Fanlar Akademiyasi akademigi (1974). Qirgʻiziston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan (1953). 1956 – 1958-yillari Moskvadagi yozuvchilar uyushmasi Oliy adabiyot kursi tinglovchisi. Asarlarini qirgʻiz va rus tilida yozadi. Ilk hikoyalari 1950-yillarda bosilgan. „Bay-damtol sohillarida“ (1955), „Yuzma-yuz“ (1957) asarlari oʻtkir syujet, kuchli ichki ruhiy ziddiyatlarga boy. „Jamila“ (1958), „Sarvqomat dilbarim“ (1961), „Boʻtakoʻz“, „Birinchi muallim“ (1962), „Momo yer“, „Somon yoʻli“ (1963), „Alvido, Gulsari“ (1966) kabi qissalarida muhabbat mavzui katta ehtiros bilan ta-rannum etilgan. Chingiz Aytmatovning „Togʻ va choʻl qissalari“ turkumiga kirgan asarlari yuksak baholandi.

Asar haqida qisqacha ma’lumot

  • „Asrga tatigulik kun“— sovet-qirgʻiz adibi Chingiz Aytmatovning ilk romani. Birinchi marta 1980-yilda „Noviy mir“ jurnalida rus tilida nashr etilgan. Asar dunyoning koʻplab tillariga tarjima qilingan. Oʻzbek tilida soʻnggi marta Asil Rashidov tarjimasi bilan 2018-yilda Yoshlar nashriyot uyida 10000 nusxali qattiq muqovada nashr etilgan

Asarning asosiy g’oyasi

  • “Asrga tatigulik kun” asarining asosiy g’oyasi ajdodlardan qolgan urf-odatlar,udum-marosimlarning,ota-onaga bo’lgan mehr,kattalarga bo’lgan hurmatning hozirgi kunda kamayib borayotgani tufayli hozirgi yosh avlodni tarbiyaga chaqirish.Asar qahramonlari orqali ularga hayot saboqlarini anglatishdan iboratdir.

Obrazlarning qiyosiy tahlili

  • “Asrga tatigulik kun” romanidagi asosiy obrazlar:Kazangap-oqil, Edigey- sobit, Nayman ona- buyuk jabrdida, Oyzoda- mushtipar, Sobitjon-vaysaqi, letenant Tansiqboyev-g`irt to`pori .Asarning bosh qahramoni Edigey Bo’ron o’ta qatiyatli,so’zidan qaytmaydigan,qilaman degan ishini qilmasdan qo’ymaydigan,biroz qo’rsroq,qaysar,qiziqqon, tartibli inson.Nayman ona ramziy obraz.

Asardagi portretning qiyosiy tahlili

  • Qoshlari chimirilib, qansharidagi ajini bo‘rtib chiqqan. Tabiatan qo‘rsroq, qiziqqonroq edi u - shuning uchun ham uni «Bo‘ron» deb atashadi-da.
  • Soch-soqoli moshguruch, hatto qoshlarigacha oq oralagan. Afti-angori o‘zgargan bo’lsa ham, shuncha yoshga kirib, qaddi-bastini unchalik yo‘qotmagan edi. Qarilik ham qanday kelganini bilmay qoldi - aw al mo‘ylov, so'ng soqol qo‘ydi. Endi esa soqol-mo‘ylovsiz yurishni tasavvur ham qilolmaydi, go‘yo yalang‘och yurganday sezadi o‘zini

Asardagi Peyzajning qiyosiy tahlili

  • Bu o‘lkalarda poyezdlar mashriqdan mag‘ribga tomon,
  • mag‘ribdan mashriqqa tomon paydar-pay qatnab turadi...

    Temir yo‘lning ikkala tomonida yovshanzor bilan qoplangan hayhotday dashtlik - Sario‘zak, o‘rtacho‘l yastanib

    yotadi.

    Har qanday masofa Grinvich meridianidan oichangani

    singari bu yerlarda masofa temir yo‘lga nisbatan o‘lchanadi.

    Poyezdlar esa mashriqdan mag‘ribga tomon, mag‘ribdan mashriqqa tomon paydar-pay qatnab turadi...

  • Noyabrning oxirlari,ilmiliq kunlar.Havo shunchalar tumanli va rutubatli ediki,tong bazo’r ko’zini ochdi

Asardagi detallarning qiyosiy tahlili

  • Temir yo’l asosiy detal “Asrga tatigulik kun”asarida.

Asardagi mavjud xalq og’zaki ijodi namunalarining tahlili

  • Nayman ona rivoyati berilgan.Rivoyatga ko’ra ona Jungchanglar tomonidan manqurtga aylantirilgan bolasini qiidirgani boradi va uni topadi lekin bola o’z onasini tanimaydi.O’z onasini o’ldiradi.Nayman ona esa qushga aylanib uchib ketadi.(“Asrga tatigulik kun”)

Asardagi eng yaxshi aforizmlarning qiyosiy tahlili

  • “Chinorning shoxi sinsa ham, o’zi sinmasin” “Asrga tatigulik kun”asarida ishlatilgan bu ibora Edigey bo’ronga nisbatan aytilgan.U urushdaligida farzandi qizamiqdan o’ladi,lekin bu haqida Edigeyga habar berishmaydi.

Xulosa

  • Bu asar roman janrida yozilgan.Temir yo’l,poyezd detallari uchraydi.Lekin farqi shundaki “Asrga tatigulik kun” sharqona asar albatta.Bizgacha yetib kelgan qadryatlarni ulug’lash,hurmat,mehr oqibat g’oyalari ilgari surilgan.

Download 126,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish