HISOBOT
Men Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti kompyuter injiniringi fakulteti 2
bosqich 215-19 guruh talabasi Otaqulov Tohirbek Otabek o‘g‘li
“ASR KIMYO INVEST” MCHJ da 21.06.2021y – 31.07.2021y
oralig‘ida amaliyot o‘tadim. Amaliyot davrida korxona
tomonidan tayinlangan shaxsning ko‘rsatmalariga binoan ish
olib bordim.
Maktab tomonidan amaliyot dasturini bajarish uchun zaruriy sharoit
yaratib berildi, boshqa ishlarga jalb qilinmadim. Amaliyot
rahbarligiga yuqori malakali shaxslar tayinlandi. Amaliyot
o‘tkazishda korxona ish faoliyati bilan to‘liq tanishtirish amalga
oshirildi.
Korxonada amaliyot o‘tashning 1-kunida korxonadagi
kompyuterdagi windows operatsion dasturini o‘rnatdim.
WINDOWS 98 operatsion tizimini o’rnatish uchun eng kamida 16
Mb operativ xotira, 120 Mb dan 295 Mb gacha qattiq diskda bo’sh
joy bo’lishi lozim. Agar WINDOWS ning imkoniyatlaridan
foydalanmoqchi bo’lsangiz, Pentium kompyuterlariga WINDOWS
tizimini o’rnatganingiz ma’qul. Operatsion tizim
-
bu maxsus dastur
bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish,
kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi
qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni
o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini
ta‘minlash. Windows (Windows ,,oynalar’’ degan ma'noni anglatadi)
Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo`lib, maxsus
tayyorgarlikka ega bo`lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun
mo`ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi-
kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish uchun
oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng
imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir.
WINDOWS operatsion
tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega:
-
ko’p vazifalilik ya’ni WINDOWS muhitiga o’tgandan
keyin bir vaqtning o’zida bir necha dasturlarda ishlash
imkoniyati paydo bo’ladi. Masalan hujjatlar tahrirlash,
rasmlar chizish, hujjatlarni bosmaga berish, musiqa
eshitish va hokozo.
-
Ma’lumotlar buferidan (cho’ntagidan) foydalanish
imkoniyati, ya’ni bemalol grafik muharriridagi yoki
electron jadvaldagi ma’lumotlarni boshqa dasturlarga
qo’yish yoki aksincha.
-
Windows muhitida ishlaydigan barcha dasturlarning
shriftlari, drayverlarining printerdan foydalanish va
boshqarish tugmalarining bir xilligi foydalanuvchiga bitta
dasturda ishlaganda ikkinchisiga ishlashga oson ko’nikish
hosil qilish imkonini beradi.
-
WINDOWS operatsion tizimida kompyuter tarmoqlaridan
foydalanish juda qulay, masalan lokal kompyuter
tarmog’ida ishlash uchun tarmoqli muhit (сетевое
окружение) yorlig’ini ishlatish yetarli.
-
Foydalanuvchi interfeysining yagonaligi,
ya’ni
WINDOWS muhitida oddiydan tortib murakkabgacha
dasturlarning barchasida muloqat oynalarining,
menyularining, vositalar panelining va boshqalarning
yagona ko’rinishga ega ekanligi va hokozo imkoniyatlar
aytish mumkin.
-
Universal grafika-WINDOWS dasturlarining qurilmalarga
va dastur ta’minotiga bog’liqsizligini ta’minlaydi.
-
Ma’lumotlar
almashuvi-
Windows dasturlararo
ma’lumotlar almashish imkoniyatiga ega.
-
Windows muhitida electron pochta
va faksdan
foydalanish mumkin va hokozo.
Do'stlaringiz bilan baham: |